O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

komissura
bilan 
bog‘lanadi. Bunday nerv sistema nerv narvoni deyiladi. Ko‘pchilik ko‘ ptuklilarda nerv stvollari 
yanada ko‘proq yaqinlashib, har bir segmentdagi gangliylar birga qo‘ shilib ketadi. Nerv stvollari 
alohida bo‘lib qoladi yoki birga qo‘shilib ketadi. Bunday nerv sistemasi qorin nerv zanjiri 
deyiladi. Markaziy nerv sistemasidan turli organlarga juda ko‘p nervlar chiqadi. Bosh miyadan 
antennalar, palpalar va ko‘zlarga; qorin nerv zanjiri gangliylaridan ugla segmentda joylashgan 
organlarga nervlar chiqadi. 


Sezgi organlari erkin faol yashovchi turlarda yaxshi rivojlangan. Sezgir hujayralar terida 
ko‘p bo‘ladi. Antennalar, palpalar, prostomiumdagi kiprikli chuqurchalar, parapodiylardagi 
moylovlar maxsus sezgi organlari hisoblanadi. Ayrim o‘troq yashovchi ko‘ptuklilarda tanasining 
oldingi segmentlarida 1-5 ta yoki undan ko‘proq muvozanat sakdash organi - statotsistlari 
bo‘ladi.
Ko‘zlar deyarli hamma ko‘ptuklilarda bo‘ladi, ko‘pincha, prostomiumning tepa qismida 2 
yoki 4 ta bo‘lib joylashgan. Oddiy hollarda ko‘zlar ektodermadan hosil bo‘ladigan qadahsimon 
chuqurchalardan iborat. Chuqurcha tubidagi epiteliy to‘rparda vazifasini bajaradi. To‘rparda ikki 
xil hujayralardan iborat. Ulardan bir xili 
retinal hujayralar
bo‘lib, ularda yorug‘likka sezgir 
tayoqchalar joylashgan. Retinal xujayralardan bosh miyaga nerv tolalari chiqadi. Ko‘pchilik 
ko‘ptuklilar ko‘zi ancha murakkablashgan, teridan ajralgan yopiq qo‘z pufagini hosil qiladi. 
Pufakda qavariq ko‘z gavhari va shishasimon tana joylashgan. Ko‘zlar invertirlanmagan (teskari 
ag‘darilmagan) deyiladi. Boshdagi ko‘ zlar bilan birga yoki ular reduktsiyaga uchraganida 
tananing boshqa qismida ham ko‘zlar hosil bo‘lishi mumkin. Nay ichida yashaydigan ko‘ 
ptuklilar ko‘zlari jabraga aylangan palpalarda, Orqasi bilan o‘rmalaydigan turlarda orqa 
chiqaruv teshigi yaqinida joylashgan. 
Jinsiy sistemasi va ko’ payishi.
Jinsiy organlari sodda tuzilgan. Ko‘ ptuklilar ayrim jinsli, 
lekin jinsiy dimorfizm rivojlanmagan. Jinsiy bezlar oldingi va oxirgisidan tashqari hamma bo‘ 
g‘imlada yoki faqat ayrim jinsiy bo‘ g‘imlarda shakllanadi. Gonadalar dastlab juda yupqa 
peritoneal epiteliy bilan qoplangan. Yetilgan gonadalarning epiteliysi yorilib, jinsiy xujayralar 
selom suyuqligiga chiqadi. Ayrim ko‘ ptuklilarning jinsiy yo‘ li bo‘ lmaydi. Jinsiy hujayralar 
tana devorini yorib tashqariga chiqadi. Ko‘ pchilik ko‘ ptuklilarning jinsiy voronkasi siydik nayi 
bilan qo‘ shilgan; nefridiyalar ayirish va jinsiy xujayralarni chiqarish funksiyasini bajaradi. 
Tuxumlar tashqi muhitda urug‘lanadi. 
Bir qancha ko‘ ptuklilarda jinsiy hujayralarning yetilishi oldidan jinssiz ko‘payish sodir 
bo‘ladi. Bu jarayon jinsiy yetilgan bo‘g‘im parapodiysi va qillarining kuchli rivojlanishi, 
ichakning reduktsiyaga uchrashi va tana rangi o‘zgarib, tananing keyingi 
epitok
qismini hosil 
bo‘lishidan boshlanadi. Chuvalchang tanasi epitok qismi qolgan 
atok 
qismidan keskin ajralib 
turadi. Ayrim ko‘ptuklilar jinsiy voyaga yetgan epitok davrida okean tubidan ko‘plab suv 
yuzasiga ko‘tarilib, ko‘payishga kirishadi (80-rasm). Tuxumlarga to‘lgan chuvalchanglar 
mahalliy aholi va dengiz hayvonlari uchun to‘ yimli oziq bo‘ladi. Bir qancha ko‘ptuklilar tanasi 
keyingi epitok qismi atok qismidan uziladi. Uzilgan joydan bosh, jinssiz atok qismidan
yetishmagan keyingi bo‘ g‘imlar hosil bo‘ladi.
Ayrim ko‘ ptuklilarning epitok qismi atok qismidan ajralmasdan avval bosh qismini 
hosil qilishi, atok esa keyingi bo‘gimni regeneratsiya qilishi mumkin (
Autolytus
va 
Myrianida
). 
Ba‘zan shakllangan birinchi individ ajralguncha uning oldida boshqa yangi individlar hosil 
bo‘ladi. Natijada birdaniga bir nechta, ba‘zan 30 gacha jinsiy individlardan iborat muvaqqat 
zanjir hosil bo‘ladi (81-rasm). So‘ngra jinsiy individlar ajralib ketib, jinsiy ko‘payishga 
kirishishadi. 
Rivojlanishi. Ko‘ptuklilar tuxumi to‘liq, lekin notekis maydalanadi. Tuxumdan ko‘ 
ptuklilar uchun xos bo‘ lgan troxofora lichinkasi chiqadi. Lichinka tanasi yumaloq yoki 
noksimon bo‘lib, uning tepasida bir dasta uzun kipriklardan iborat kokili bor. Lichinka tanasini 


bir qator kipriklar belbog‘ shaklida o‘rab turadi. Og‘iz teshigidan oldinda joylashgan belbog‘ 
prototrox deyiladi. Ichagi oldingi, o‘rta va orqa ichakdan iborat. Ichak bilan tana devori o‘rtasida 
birlamchi tana bo‘shlig‘i bo‘ladi. Ichakning ikki yonida bir juft metanefridiylar joylashgan. 
Birmuncha vaqtdan so‘ ng troxofora metamorfozga kirishadi. Uning keyingi qismi cho‘zilib, bir 
necha bo‘g‘imni hosil kiladi. Bo‘g‘imlarda parapodiylar, qillar yoki kiprikli belbog‘lar rivoj-
lanadi. Shu usulda birlamchi bo‘ shlikli segmentsiz troxofora segmentli metatroxoforaga 
aylanadi. Metatroxofora biroz suzib yurib, suv tubida hayot kechirishga o‘tgach. Uning 
hujayralari to‘xtovsiz bo‘linib yangi tana bo‘g‘imlarini hosil qiladi. Birlamchi tana bo‘shlig‘i 
selom bilan almashinadi. Bo‘g‘imlarda parapodiylar, ektoderma hisobidan nerv stvollari, sezgi 
organlari, nerv gangliylari hosil bo‘ladi.
Ekologiyasi. Ko‘ptuklilar - turlarga eng boy halqali chuvalchanglar sinfi. Asosan 
dengizlarda yashovchi 5300 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular orasida suvda suzuvchi, dengiz 
tubida o‘rmalab yoki balchiqqa ko‘milib oluvchi hamda ingichka nay ichida o‘troq yashovchi 
turlari bor. Ayrim turlari parazit hayot kechiradi. Ko‘ptuklilarning bir necha turi chuchuk suv 
havzalarida tarqalgan. 
Ko‘ ptuklilarning kattaligi bir necha mm dan 3 m gacha bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari sohil 
yaqinida suv tubida, ko‘ pincha 1000 m ga yaqin, ba‘zan 8000 m gacha chuqurlikda uchraydi. 
Planktonda yashaydigan turlari tanasi shaffof bo‘ladi. Suv tubida tarqalgan turlari suv o‘ tlari 
orasida o‘ rmalab yuradi; qum yoki loyni kavlab kirib oladi. Qum chuvalchangi xuddi shunday 
hayot kechiradi. Dengiz tubida maxsus naychalarda yashaydigan o‘ troq ko‘ptuklilar ayniqsa 
xilma-xil bo‘ladi. 
Amaliy ahamiyati. Ko‘ ptuklilarning ayrim turlari, masalan, palolo - 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish