O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Hazm qilishva nafas olish sistemasi. 
Hazm qilish sistemasi peristomiumning qorin 
tomonida joylashgan og‘izdan boshlanadi. Ichagi ektodermal oldingi, endodermal o‘rta va 
ektodermal orqa ichakdan iborat. Oldingi ichak ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i va muskulli halqumga 
bo‘linadi. Ko‘pchilik yirtqich ko‘ptuklilarning halqum devori kutikulasi qalinlashib, o‘tkir xitin 
tishchalar, ya‘ni jag‘ plastinkalarni hosil kiladi. Halqum ag‘darilib tashqariga chiqariladi va o‘ lja 
tutib olinadi. Yirtqich bo‘ lmagan turlarda halqum kuchsiz rivojlangan. O‘ rta ichak to‘g‘ri 
naydan iborat. Orqa ichak kalta bo‘ladi. Kezib yuruvchi ko‘ptuklilar asosan yirtqich bo‘lib, 
mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi. O‘troq yashovchilar suvdag‘i organik moddalar va mayda 
organizmlar bilan oziqlanadi. Ularda oziqni yig‘ish va uni og‘iz tomonga haydash vazifasini 
boshdagi uzun patsimon o‘simtalari (palpalar) bajaradi. Bu o‘simtalar nafas olish organi - 
jabralar ham hisoblanadi. Nafas olish organlari har xil tuzilgan. Sodda tuzilgan vakillari teri 
yuzasi orqali nafas oladi. Ko‘pchilik ko‘ptuklilar parapodiylarning bir qismi, masalan, orqa mo‘ 
ylovi jabraga aylanadi. Jabraga qon tomirlari kiradi. Uning devori orqali suvda erigan kislorod 
qonga o‘tadi. Jabralar patsimon, bargsmon yoki shoxlangan bo‘lib, tananing muayyan bir 
qismida, masalan, boshida yoki parapodiylarda hosil bo‘ladi. 
Qon aylanish sistemasi
tananing orqa va qorin tomoni boylab joylashgan qon 
tomirlaridan iborat. Orqa qon tomirlari ichak ustidan, qorin qon tomirlari esa ichak ostidan 
o‘tadi. Qon tomirlari bo‘shlig‘i birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘i hisoblanadi. Ikkala qon tomir-
lari ham peritoneal epiteliy ostidan o‘tadigan mayda tomirlar, lakunlar hamda selom devorini 


aylanib o‘tadigan halqa tomirlar bilan bog‘langan. Halqa tomirlar har bir segmentda bittadan, 
ba‘zan bir nechtadan bo‘lib joylashadi. Qon halqa tomirlar orqali jabralarga va teriga boradi; 
jabralardan va moddalar almashinuvi mahsulotlaridan qonni tozalovchi nefridiylardan qaytadi. 
Qon tomirlari organlarda juda mayda ingichka kapillyarlarni hosil kiladi. Qon aylanish sistemasi 
yopiq, chunki yirik qon tomirlaridan to‘qimalarga qon olib boruvchi kapillyarlar to‘ g‘ridan-
to‘g‘ri kon olib keluvchi tomirlarga ulanib ketadi. Qon faqat qon tomirlari ichida oqadi. Orqa 
qon tomirining ritmik qisqarishi tufayli qon orqa qon tomiri boylab orqadan oldinga, qorin 
tomirlarida esa oldindan orqaga oqadi. Tana oldingi qismida ichak atrofida joylashgan halqa qon 
tomirlari orqali qon orqa tomirdan qorin tomiriga, tananing keyingi qismidagi xuddi shunday 
tomirlar orqali qon qorin tomiridan orqa tomiriga o‘tadi. 
Halqali chuvalchanglar qoni odatda qizil rangli bo‘ladi. Kizil rang umurtqali 
hayvonlardagi singari qon tarkibida temir birikmasining bo‘lishi bilan bog‘liq. Lekin halqali 
chuvalchanglarda bu modda umurtkalilar singari qon xujayrasi tarkibida emas, balki plazmada 
erigan holda bo‘ladi. 
Ayirish sistemasi -
metanefridiylar
. Odatda har bir tana segmentida bir juftdan nefridiylar 
joylashgan. Shuning uchun halqali chuvalchanglar ayirish sistemasini bo‘g‘imlarda joylashgan 
organlar - 
metanefridiylar
deyiladi. Nefridiyning ichki uchi selom bo‘shlig‘i orqa devori yonida 
turadi. Uning nayi dissepimentni teshib keyingi segment bo‘shlig‘iga o‘tadi va tana yon 
tomonidan tashqariga ochiladi. Tuban halqalilarda ayirish funksiyasini protonefridiylar bajarasdi. 
Bunday hollarda ayirish nayining ichki uchida to‘g‘nog‘ichga o‘xshash bir dasta xivchinli 
hujayralar, ya‘ni, 
solenotsitlar
joylashgan. Solenotsitlar ham hilpillovchi hujayralar singari 
osmoregulyatsiya vazifasini bajaradi. Almashinuv mahsulotlari protonefridiy asosiy nayidan 
chiqib ketadi. Ko‘pchilik chuvalchanglarda solenotsitlar reduktsiyaga uchrab, ularning o‘rniga 
kipriklar bilan o‘ralgan selomga ochiladigan teshikcha paydo bo‘ladi. Shunday qilib 
protonefridiy metanefridiyga aylanadi. O‘troq ko‘ptuklilarda ayiruv naylari qisqarib, bir necha 
bo‘g‘imlarda saqlanib qolgan. Ayrim peritoneal hujayralar ham ayirish funktsiyasini bajaradi. 
Qon tomirlari devoridagi sariq modda almashinuvining suvda erimaydigan mahsulotlari (guanin, 
ya‘ni siydik kislotasi tuzlari) dan iborat. Xlorogen hujayralar deb ataladigan bu hujayralar 
ekskret moddalar bilan to‘lgach, halok bo‘ladi. Ularning ichidagi moddalar esa tana suyuqligiga 
o‘tib, u yerdan nefridiylar orqali tashqariga chiqariladi. 
Nerv sistemasi va sezgi organlari. Nerv sistemasining markaziy qismi bir juft bosh 
gangliylari, ulardan chiqib, halqumni aylanib o‘tadigan ikkita halqum atrofi konnektivalar va bir 
juft qorin nerv stvolidan iborat. Ikkita har xil gangliylarni birlashtiradigan nerv stvollari 
konnektivalar, bitta segmentdagi gangliylarni birlashtiradigan nerv stvollari esa komissuralar 
bo‘ladi. Tuban ko‘ptuklilarda qorin nerv stvollari birbiridan uzoqroq turadi, ularning nerv 
hujayralari bir tekis joylashgan. Birmuncha murakkab tuzilgan ko‘ptuklilarda qorin nerv stvollari 
o‘zaro yaqinlashgan bo‘lib, ularda har bir segment qarshisida bittadan nerv hujayralar to‘ plami, 
ya‘ni ganglioz hujayralar paydo bo‘ladi. Ikkala gangliyalar ko‘ndalang bog‘- 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish