O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Nemirtinalar 
(Nemertini)
 tipi 
Nemertinalar - asosan dengizlarda erkin hayot kechiradigan, qisman, parazit yashaydigan 
chuvalchanglar. Tanasi hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida halqa va boylama 
muskullar joylashgan. Tanasi oldingi uchida maxsus xaltachaga kirib turadigan uzun xartumi 
bor. Xartum o‘ljasini tutish uchun zarur. Tana bo‘ shlig‘i bo‘lmaydi, ichki organlar oralig‘i pa-
renxima bilan to‘lgan. Hazm qilish sistemasi oldingi, o‘rta va keyingi ichakdan iborat. Qon 
aylanish va protonefridiy tipidagi ayirish sistemasi rivojlangan. Nerv sistemasi ortogon tipida 
tuzilgan. Nemertinalar - ayrim jinsli. Jinsiy sistemasi, sodda tuzilgan xaltachalar shaklidagi 
follikulalardan iborat. Jinsiy yo‘ llar va qo‘ shilish organi bo‘lmaydi. Nemertinalarning 750 ga 
yaqin turi bor. Bu tipga nemertinalar (
Nemertini
) sinfi kiradi. 
Tashqi tuzilishi.
Tanasi cho‘ ziq, odatda silindr shaklida, ba‘zan dorzoventral (orqa-qorin) 
yo‘nalishida yassilashgan. Kattaligi 1-2 sm dan 2 m gacha, ba‘zan 30 m ga yetadi. Ko‘pchiligi 
qoramtir tusli, ba‘zi vakillari yashil, qizil, pushti yoki chipor tusda bo‘ladi. Og‘iz teshigi tanasi 
oldingi qismining. qorin tomonida joylashgan. Tanasining eng uchki qiyemida joylashgan 
teshigidan uzun xartumini damba-dam chiqarib turadi (72-rasm). Tanasi hilpillovchi epiteliy 
bilan qoplangan. Epiteliy ostida bazal membrana, uning ostida esa muskullar joylashgan. Bir 
guruh nemertinalarda muskullar tashqi halqa va ichki boylama qavatlardan iborat. Boshqalarida 
esa halqa muskullar bilan epiteliy orasida yana bitta boylama muskullar qavati joylashgan. 
Bundan tasqari orqa-qorin muskullar boylami ham rivojlangan. Ichki organlari oralig‘i g‘ovak 
parenxima bilan to‘lgan. 
Ichki tuzilishi.
Ichagi to‘g‘ri naysimon, tana boylab joylashgan. Oldingi ichak 
qizilo‘ngach deyiladi. O‘ rta ichak ikki yonida xaltasimon
 
cho‘ntakchalar bo‘ladi. Keyingi ichak 
ektodermadan kelib chiqqan bo‘lib, anal teshigiga ochiladi. 


Nemertinalar – yirtqich, chuvalchanglar, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqa mayda 
hayvonlar bilan oziqlanadi. O‘ ljani tanasi orqa tomonida maxsus qin ichiga joylashgan xartumi 
bilan tutadi. Lekin xartum hazm qilish nayi bilan bog‘lanmagan. Qin muskullari qisqarganida 
xartum qayta ag‘darilib tashqariga chiqariladi. Xartum hujum qilish va himoyalanish organi 
hisoblanadi. Ba‘zi nemertinalar xartumida ninaga o‘xshash o‘tkir stileti bor. Qurollanmagan 
nemertinalar xartumi zaharli sekret ishlab chiqaradi.
Qon aylanish sistemasi
ilk bor paydo bo‘lgan, ancha sodda tuzilgan. Asosiy qon tomirlari 
uchta; ulardan biri- 
orqa qon tomiri
ichak ustida, boshqa ikkita yon tomiri tanasi ikki yonida 
joylashgan. Qon tomirlari tana oldingi uchida o‘zaro tutashgan. Yirik qon tomirlari ko‘ndalang 
tomirlar orqali o‘zaro tutashgan bo‘ladi. Qon oziq moddalar va kislorodni organlar va 
to‘qimalarga tashiydi. 
Ayirish sistemasi
protonefridiy tipida tuzilgan; tanasi oldingi qismi ikki yonida 
joylashgan ikkita naydan iborat. Naylardan juda ko‘p mayda naychalar tana boylab tarqalgan. 
Naychalar kiprikli xujayralar bilan tugaydi. Modda almashinuv mahsulotlari qondan ayirish 
naychalariga diffuziya orqali o‘tadi. 
Nerv sistemasi
yaxshi rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi ikki juft miya gangliylari va 
ular bilan bog‘langan nerv stvollaridan iborat. Bir juft serebral gangliy xartum qini ustida, 
ikkinchi jufti qinning ostida joylashgan. Odatda miya ustida 2,4 ta yoki undan ko‘proq 
invertirlangan ko‘zchalar yorug‘likni sezadi. 
Jinsiy sistemasi
ancha sodda tuzilgan. Ayrim jinsli, tuxumlari suvda urug‘lanadi. 
Ko‘pchilik nemertinalar tuxumidan shakli kaskaga o‘xshash kiprikli 
pilidiy
lichinkasi chiqadi.
Chuchuk suvda yashovchi bitta turidan tashqari barcha nemertinalar dengiz sohili yaqinida suv 
tubida, ayrim turlari suvda suzib yuradi. Suvda suzuvchi turlarining tanasi kalta, keyingi qismi 
kengayib suzgichga aylangan. Ayrim nemertinalar krablar va mollyuskalarda parazitlik kiladi. 
Shimoliy dengizlarda ikki pallali mollyuskalar mantiya bo‘shlig‘ida parazitlik qiladigan 
Malacobdella
ning yaxshi rivojlangan so‘rg‘ichi bor (74-rasm). 
Nemertinalar- kiprikli chuvalchanglar singari tana bo‘shlig‘i rivojlanmagan 
parenximatoz hayvonlar. Pilidiy lichinkasi ham ko‘p shoxli kiprikli chuvalchanglar myullerov 
lichinkasiga o‘xshaydi. Bu dalillar ularni ko‘p shoxli kiprikli chuvalchanglardan kelib 
chiqqanligini isbotlaydi
11

Tikanboshlilar 
(Acanthocephales)
tipi
 
Tikanboshlilarga 500 ga yaqin parazit turlar kiradi. Voyaga yetgan davrida umurtqali 
hayvonlar ichagida parazitlik qiladi. Tanasi oldingi uchi xartumga o‘xshash yopishuv organiga 
aylangan. Tana qoplag‘ichi yupqa kutikula va gipodermadan iborat. Hazm qilish, qon aylanish 
va nafas olish sistemalari bo‘lmaydi. Tikanboshlilar- ayrim jinsli. Jinsiy sistemasining chiqarish 
yo‘li ko‘pincha ayirish sistemasi yo‘li bilan umumiy nayga qo‘shilib ketgan. Metamorfoz orqali 
rivojlanadi. Hayot sikli xo‘ jayin almashinish orqali boradi.
11

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish