pixsiz nasllari bilan almashinadi. Bunday mavsumiy nasl almashinish siklomorfoz deyiladi.
Og‘izaylangichlilarning rivojlanishi o‘zgarishsiz boradi. Organlari xuddi nematodalarniki singari
doimiy, cheklangan sondagi hujayralardan iborat. Shuning uchun ham og‘izaylangichlilarda
regeneratsiya qobiliyati rivojlanmagan.
Og‘izaylangichlilar qurg‘oqchilikka juda chidamli bo‘ladi. ular nam tanqisligida anabioz
holatga o‘ tadi. Ular quruq holatda bir necha yil anabioz holatida bo‘lib, ehtiyotlik bilan ho‘
llanganda yana qayta jonlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: