O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Parazit nematodalarning xilma-xilligi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Parazit nematodalarning xilma-xilligi. 
Nematodalar tabiatda keng tarkalgan. Ular 
orasida tuproq va suv havzalarida erkin yashaydigan turlari ko‘pchilikni tashqil etadi. Erkin 
yashovchi nematodalar odatda mikroskopik (0,8-1 mm) kattalikda, ayrim turlari 2-3 sm keladi. 
Nematodalar orasida 3000 dan ortiq turlari odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi. 
Ko‘pchilik parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan yirik, ba‘zan 1 m gacha, 
kas‘halotlar yo‘ldoshi paraziti 
Placentonema gigantissima
hatto 8 m ga yetadi. 
Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides)
erkagi uryuchisidan kaltaroq (15—25 sm), 
ancha xipcha va dumi qorin tomonga egilgan. Urg‘ochisining tanasi uzunroq (20—40 sm) va 
yo‘g‘on bo‘ladi. Odam askaridasi Yer yuzining deyarli barcha hududlarida tarqalgan. Ayrim 
mamlakatlar (masalan, Yaponiya) aholisining ko‘ pchiligi askarida bilan zararlangan. Chunki bu 
mamlakatlarda odam axlatini organik o‘g‘it sifatida sabzavot va poliz ekiladigan maydonlarga 
sepiladi. 
Odam ichagidan chiqqan askarida tuxumlari nam muhitga tushganida bir oy davomida 
ular ichida lichinkalar rivojlanadi. Bunday tuxumlar zararli, ya‘ni, 
invaziyali
deyiladi. Tuxumlar 
iflos suv, sabzavot va mevalar bilan odam ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. 
Lichinkalar ichak devorini teshib qonga o‘tadi; qon orqali o‘pka alveolalariga borib qoladi. Bu 
davrda ular alveolalar devorini yallig‘lantirib, zotiljam kasaliga o‘xshash yo‘tal paydo qiladi, 
ba‘zan o‘pkadan qon ketadi. Yo‘talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali og‘iz 
bo‘shligiga, u yerdan so‘lak bilan birga ichakka tushadi. Ana shunday murakkab migratsiyadan 
so‘ng lichinkalar ichakka qaytib kelib, rivojlana boshlaydi. 
Askarida bilan zararlanganda odamning qorni og‘rib, ishtahasi yo‘qoladi, kamqonlik 
paydo bo‘ladi. Askaridalar juda ko‘p bo‘lganida ichak bo‘shlig‘ini bekitib qoyib, peritonit paydo 
qilishi, ba′zan oshqozon va halqum orqali bolalar og‘iz va burun bo‘shlig‘iga, hatto nafas
yo‘liga o‘tib, bo‘g‘ib qoyishi mumkin. 
Bolalar gijjasi
(Enterobius vermicularis)
mayda 5- 10 mm uzunlikdagi parazit. Erkagi 
tanasining keyingi uchi spiral buralgan, urg‘ochisiniki bigizga o‘xshash o‘tkirlashgan (66-rasm). 


Gijja asosan bolalarning ingichka va yo‘g‘on ichagi bo‘shlig‘ida yashaydi. Urg‘ochisi 
urug‘langandan so‘ng orqa ichakning keyingi qismiga chiqib oladi. Tuxu-mini orqa chiqaruv 
teshigi atrofidagi teriga qoyadi. Tuxum ichida tez kunda lichinkalar rivojlanadi. Ana shunday 
tuxumlar iflos qo‘l va oziq-ovqat bilan yana ichakka tushib qolganida ulardan lichinkalar 
chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini qichitib, kishini juda bezovta qiladi. 
Qilbosh gijja - Trichocephalis trichiurus
uzunligi 35—50 mm, ko‘richakda, ba‘zan 
yo‘g‘on ichakda yashaydi. Tanasining ipga o‘xshash ingichkalashgan oldingi qismi orqali ichak 
devorining shilimshiq qavatiga kirib oladi (66-rasm). Odam qilbosh chuvalchang tuxumlari bilan 
ifloslangan suv va oziq-ovqatdan zararlanadi. Bu chuvalchang ayrim mamlakatlarda (masalan, 
Italiyada) ancha keng tarqalgan, lekin odam sog‘lig‘iga katta ziyon keltirmaydi. 
O’n ikki barmoq ichak qiyshiqboshi yoki svaynik-Ancylostoma duodenale
mayda (10-18 
mm), qizg‘ish chuvalchang, subtropik va tropik o‘lkalar va Janubiy Yevropada tarqalgan. Parazit 
ta‘sirida organizmda anemiya paydo bo‘ladi, svaynikning og‘iz bo‘shlig‘ida xitin tishchalari 
bo‘ladi. Parazit tishchalar yordamida ichak devoriga yopishib, ichak epiteliysi bilan oziqlanadi. 
Tuxumlari axlat bilan zax joylarga yoki suvga tushganida ulardan bir sutka davomida lichinkalar 
chiqadi. Lichinkalar ikki marta tullagach, invaziyali bo‘lib, qoladi. 
Trixina- Trichinella spiralis
hayotining bir qismini ichakda, qolgan qismini muskul 
to‘qimasida o‘tkazadi. Trixina ko‘pchilik sutemizuvchirni zararlaydi. Voyaga yetgan trixina 
ingichka ichakda yashaydi. Urg‘ochisi ichak bo‘ shlig‘iga tirik lichinkalar tug‘adi. Lichinkalar 
limfa, so‘ngra qon tomirlari orqali tananing har xil joylariga borib qoladi. Lichinkalar ko‘ 
ndalang targ‘il muskul tolalariga o‘tib, 2 haftagacha oziqlanib, spiral buraladi va kapsulaga 
o‘raladi. Bir yildan so‘ng devoriga ohak modda to‘plangan kapsula oqish tusga kiradi. Odam va 
hayvonlar kapsulali go‘ shtni yeb zararlanadi. Odam trixina uchun yopiq xo‘jayin hisoblanadi. 
Cho‘chqalar kasal kalamushlarni, kalamushlar esa boshqa kasal kalamushlarni yeb zararlanadi. 
Rishta- Dracunculus medinensis
tropik va subtropik o‘ lkalarda tarqalgan. Tanasi ipga o‘ 
xshash, uzunligi 32-100 sm. Rishta oyoq, ba‘zan qo‘ l terisi ostidagi biriktiruvchi to‘qimada 
parazitlik qiladi (67-rasm). Terining rishta bilan zararlangan joyida ho‘l yara paydo bo‘ladi. 
Yaradan rishtaning bir uchi chiqib turadi. Tanasining qolgan qismi yara ostida kalavaga o‘ xshab 
o‘ ralib yotadi. Rishta tirik lichinkalar tug‘ib ko‘ payadi. Rishta bilan zararlangan odam yarasini 
suvda yuvadigan bo‘ lsa, lichinkalar suvga tushib, ularni sikloplar yutib yuboradi. Odam yoki 
hayvonlar siklopli suvni ichganida rishta lichinkasini yuqtiradi. Odam tanasida lichinka bir yil 
davomida voyaga yetadi. 
Aholini vodoprovodlar orqali ichimlik suv bilan ta‘minlash va boshqa ko‘rilgan chora-
tad-birlar tufayli O‘zbekistonda rishta aholi o‘rtasida tugatilgan. Rishta bilan zararlanish yovvoyi 
hayvonlar o‘ rtasida saqlanib qolgan. 
Bankroft ipchasi- Wuchereria bancrofti
subtropik va tropik o‘lkalarda tarqalgan. 
Odamlarda 
elifantiazis - fil kasalligi
paydo qiladi. Voyaga yetgan parazit limfatik bezlar va 
tomirlarda yashaydi. Limfa yo‘li bekilib qolishi tufayli limfa to‘xtab qolib, zararlangan joy juda 
yo‘g‘onlashib ketadi (67-rasm). Urg‘ochi nematoda limfa tomirlarida juda ko‘p tirik lichinkalar 
tug‘adi. "Kechki mikrofillariy" deb ataladigan lichinkalar kunduzi ichki organlarga o‘tib oladi, 
faqat kechasi periferik tomirlarda paydo bo‘ ladi. Kechqurun yoki kechasi chivinlar qon so‘ 
rganida lichinkalar ularning oshqozoniga va undan tana bo‘shlig‘iga o‘tib olib, chivin xartumi 


asosida to‘ planadi. Chivin qon so‘rish uchun terini teshganida ular teri ustiga chiqadi. So‘ngra 
o‘ zlari xo‘ jayin tanasiga kiradi. 
Bo’rtma nematodalari (Meloidogyne)
- o‘simliklarning yerostki qismlari (ildizi, 
tuganagi)da parazitlik qiladi (68-rasm). O‘simlikning nematoda zararlagan qismida har xil 
bo‘rtmalar paydo bo‘ladi. Bo‘ rtma nematodalarida jinsiy dimorfizm juda yaxshi rivojlangan, 
voyaga yetgan erkagi ipsimon, uzunligi 1,5—2 mm bo‘lib, oziqdanmaydi, tuproqda yashaydi. 
Urg‘ochilari noksimon shaklda, maxsus stilet yordamida o‘simlik hujayralarini so‘rib 
oziqdanadi. Urg‘ochi nematoda maxsus tuxum xalta - ootekaga yuztaga yaqin tuxum qoyadi. 
Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, o‘simlik ildizini zararlaydi. Qulay sharoitda yil davomida 
nematodalarning bir necha nasli rivojlanadi. 
Bug’doy nematodasi - Anguina tritici
bug‘doy va ayrim boshoqli ekinlarga ziyon 
keltiradi. Zararlangan bug‘doy boshoqlarida don o‘rniga nematodaning bo‘rtmasi hosil bo‘ladi. 
Bo‘ rtma ichida 15-17 minggacha anabioz holatidagi lichinkalar bo‘ladi. Quruq donda lichin-
kalar 20 yilgacha tirik saklanishi mumkin. 
Kartoshka nematodasi - Ditylenchus destructor
kartoshkaning ildizi va tuganagiga ziyon 
keltiradi. Zararlangan o‘simlik hosili kamayib ketadi; tuganagi qorayib, po‘sti ko‘chadi va tez 
chiriy boshlaydi. O‘simliklarning parazit nematodalari tuproq, turli ko‘chatlar va suv orqali 
tarqaladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish