Kinorinxlar - dengiz hayvonlari; suv o‘tlari ustida, suv tubida yashaydi. 100 ga yaqin turi
bor. Tana uzunligi 0,18-1 mm bo‘ lib,
kichikroq bosh, kalta bo‘
yin va uzun gavdadan iborat;
sirtdan tig‘iz xitin plastinkalardan iborat sovut bilan qoplangan.
Plastinkalar chuvalchang
tanasini sirtdan bir necha bo‘g‘im (zonit)larga ajratib turadi. Shuning
uchun kinorinxlar tanasi
bo‘ g‘imlarga bo‘linganga o‘xshaydi. Tanasining tashqi metameriyasi ichki tuzilishiga ta‘sir
qilmasligi tufayli haqiqiy tana halqalari rivojlanmagan. Boshida bir necha qator pixlari ilmoqqa
o‘xshab orqaga egilgan. Tanasi qolgan qismi, ayniqsa, keyingi tomonida xitin qil va pixlar ko‘p
bo‘ladi (70-rasm).
Muskullar to‘ p bo‘ lib joylashganligi tufayli teri- muskul xaltasi hosil bo‘ lmaydi. Barcha
muskullari ko‘ ndalang -targ‘il muskullardan iborat bo‘ lishi bilan
kinorinxlar boshqa tuban
chuvalchanglardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: