Sezgi organlari.
Tuproqda erkin yashovchi va parazit nematodalarning sezgi organlari
yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg‘u organlari vazifasini papillalar shaklidagi sezgi
do‘mboqchalari yoki qillar bajaradi. Papillalar og‘iz atrofi va erkak nematodalar dumida
joylashgan. Boshining ikki yonida qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga o‘xshash
amfidlar- kimyoviy sezgi organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda
yaxshi rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog‘dan iborat oddiy ko‘zcha ham
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |