O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ayirish organlari
har bo‘g‘imda bir juftdan joylashgan metanefridiylardan iborat. O‘rta 
ichak va qon tomirlarini sirtdan qoplab turadigan xloragogen hujayralar ham ayirish 
funktsiyasini bajaradi. Xloragogen hujayralarda tana bo‘shlig‘idagi qattiq ayirish mahsulotlari 
to‘planadi. Bu hujayralar mahsulotlari tana bo‘ shlig‘iga tushib, maxsus teshik orqali chiqarib 
yuboriladi. 
Nerv sistemasi
boshqa halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash bir juft halqumusti 
gangliylar, halqum atrofi konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Sezgi organlari kuchsiz 
rivojlangan. Ko‘zlar bo‘lmaydi, yomg‘ir chuvalchanglari terisi yuzasida yorug‘likka juda sezgir 
hujayralar bo‘ladi. 
Jinsiy sistemasi
germafrodit bo‘ lib, tananing oldingi qismida joylashgan. Tananing 10-11 
bo‘imlarga mos keladigan qismida ikki juft urug‘donlar bor. Urug‘donlar uch juft 
urug‘xaltalarida joylashgan. Urug‘hujayralar urug‘ kapsulalaridan urug‘ xaltachalariga tushadi. 
Bu yerda yetilgandan so‘ ng yana urug‘ yo‘liga keladi. Kapsulalardan tananing har bir tomoniga 
bittadan urug‘ yo‘li ketadi. Urug‘ yo‘llari 15-bo‘g‘imda tashqariga ochiladi. 


Urg‘ochilik jinsiy bezlari tanasining 13 va 14-bo‘gi‘mlarda joylashgan mayda 
tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan tuxum yo‘llari, 9 va 10-bo‘imlarda joylashgan urug‘qabul 
qilgichdan iborat. Funktsional jihatdan belbog‘chadagi bir hujayrali bezlarni ham urg‘ochilik 
jinsiy sistemasiga kiritish mumkin. Bu bezlar ishlab chiqadigan suyuqlik pilla hosil qiladi. 
Suyuqlik tarkibidagi oqsil modda esa rivojlanayotgan embrion uchun oziq bo‘ladi. 
Kamtuklilarning urug‘lanishi ikki hayvon o‘ rtasida urug‘ hujayralar almashinuvidan 
iborat. Buning uchun ikkita chuvalchang qorin tomoni bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ularning 
bosh tomoni bir-biriga qaragan bo‘ladi. Chuvalchanglar belbog‘chasi ishlab chiqargan shilimshiq 
moddasi ular tanasini ikkita mufta shaklida o‘rab oladi. Bir chuvalchang ajralib chiqargan urug‘ 
hujayralar maxsus tarnovcha orqali ikkinchi chuvalchang muftachasiga, undan urug‘ qabul 
qilgichga o‘tadi. Shundan so‘ ng chuvalchanglar ajralib ketadi. Chuvalchang harakatlanganida 
muftacha uning bosh tomoniga siljiy boshlaydi. Muftachaga 14-bo g‘imdagi urg‘ochilik jinsiy 
teshigidan tuxum xujayralar, 9 va 10-segmentdagi urug‘ qabul qilgich teshigidan urug‘ 
hujayralar tushadi. Muftacha ichida tuxum hujayralar urug‘lanadi. Muftacha chuvalchang bosh 
tomonidan siljib tuproqqa tushadi; uning ikki uchi tortilib bekiladi va devori qalinlashib pillaga 
aylanadi. Tuxumlar pilla ichida rivojlanadi. 
Ayrim kamtuklilarda jinssiz ko‘payish ham sodir bo‘ladi. 
Arxitomiya
deb ataladigan 
bunday ko‘payishda chuvalchang tanasi ikkiga bo‘linadi. Oldingi bo‘lakda tananing yetishmagan 
orqa qismi, keyingi bo‘lakda oldingi qismi shakllanadi. Yomg‘ir chuvalchangi 
Lumbricus 
variegatus
va 
enxitreidlar
xuddi shunday ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishining 
paratomiya
xili 
stilyariyalarda kuzatiladi. Paratomiya xuddi kiprikli chuvalchanglarning jinssiz ko‘p marta 
ko‘ndalangiga bo‘linishiga o‘xshaydi. 
Rivojlanishi. Kamtuklilar metamorfozsiz rivojlanadi. Tuxumlari pilla ichida rivojlanadi. 
Pilladan yosh chuvalchang chiqadi. Tuban kamtuklilar pillasida birdaniga bir necha tuxum 
rivojlanadi. Yuksak kamtuklilar (
Lumbrocomorpha
turkumi) pillasida oqsilli suyuqlik bor, 
tuxumida oqsil kam bo‘ladi. Embrion suyuqlikdagi oqsilni yutadi. Shu sababdan ularning 
tuxumdan chiqqan murtagi "yashirin embrion" deyiladi. Embrion pilla ichida bir necha 
metamorfozdan so‘ng voyaga yetgan chuvalchangga aylanadi. Kamtuklilar ham ko‘ptuklilar 
singari regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. 
Ekologiyasi. Kamtuklilar asosan chuchuk suvlar va tuproqda, ba‘zan dengizda hayot 
kechiradi. Chuchuk suv kamtuklilari suv tubida o‘rmalab yuradi yoki loyqada qazilgan inda 
hayot kechiradi. O‘troq yashovchi kamtuklilarning (Tubifex, 86-rasm) tanasi faqat keyingi qismi 
loydan chiqib turadi. Ular tanasi keyingi qismini tebratib, nafas olishni kuchaytiradi. Quruqlik 
kamtuklilari tuproqda in qazib, yashaydi. Indan faqat yomg‘irdan so‘ ng yoki kechasi nam 
havoda yoki salqinda chiqadi. Kamtuklilar har xil chiriyotgan organik qoldiqdar, jumladan, 
o‘simlik qoldiqlari va chirindiga boy tuproq bilan oziqlanadi. 
Amaliy ahamiyati. Yomg‘ir chuvalchanglari va enxitreidlar tuproq unumdorligiga katta 
ta‘sir ko‘rsatadi. Ch.Darvin yomg‘ir chuvalchanglarining tuproq hosildorligini oshirishdagi 
ahamiyatiga katta baho bergan. Ular tuproqni qazib, o‘simlik ildizlarini tuproqqa chuqur kirishga 
imkon beradi, unga suv va havo kirishini yaxshilaydi. Chuvalchanglar faoliyati tufayli tuproq 
qatlamlari aralashadi va yumshaydi. Bir kvadrat metr joydagi chuvalchanglar bir yil da-vomida 4 
kg tuproqni, xuddi shu muddatda 1 ga maydondagi chuvalchanglar esa 10 t dan 30 t gacha 


tuproqni yer yuzasiga chiqarishi mumkin. Yomg‘ir chuvalchanglari o‘simlik qoldiqlarini inlariga 
tashib, ularning chirishini tezlashtiradi, tuproqqa ijobiy ta‘sir kiladi. Ular tuproqni ichagidan 
o‘tkazib, koprolitlar holida chiqaradi. Koprolitlar tuproqni strukturali, donador qiladi, 
yemirilishdan saqlaydi, unga nam shimilishini yaxshilaydi. 
Chuchuk suv kamtuklilari (
Tubifex
) o‘z ichagidan ko‘p miqdorda loyqani o‘tkazib, suv 
havzalarini chiriyotgan organik qoldiklardan tozalaydi. Kamtuklilar baliqlarning ozig‘i sifatida 
ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Qizil chuvalchang akvarium baliqlariga oziq sifatida, 
eyzeniya chuvalchangi (
Eisenia
) biogumus olish uchun maxsus ko‘paytiriladi. 
Klassifikatsiyasi. Kamtuklilar sinfi ikkita turkumga bo‘linadi. 
Naydomorflar (Naidomorpha) turkumi turlari asosan chuchuv suv havzalarida hayot 
kechiradi. Qizil chuvalchang - 
Tubifex
organik qoldikdar bilan ifloslangan ko‘lmak va sekin 
okadigan suv havzalarida ko‘p uchraydi. Stylaria (86-rasm). Aeolosoma planktonda, enxitreidlar 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish