O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Eunice virides
oziq-
ovqat sifatida foydalaniladi. Suv tubida yashaydigan turlari ovlanadigan baliqlar, qisqichbaqalar 
va boshqa hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Ko‘ptuklilardan 
Nereis diversicolor
1939-1940 
yillarda Qora dengizdan Kaspiy dengiziga introduktsiya qilingan. 
Ko‘ ptuklilar daydilar va o‘troq yashovchilar kenja sinflariga bo‘linadi. 
Daydib yuruvchi koptuklilar (Errantia) kenja sinfi. Bu kenja sinfga bosh qismi - 
prostomium yaxshi rivojlangan, tana bo‘g‘imlari birmuncha gomonom bo‘lgan chuvalchanglar 
kiradi. Ko‘pchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz sichqoni (
Aphrodite
) tanasi qalin va uzun 
qillar bilan qoplangan. Tanasi shaffof, ko‘zlari yirik bo‘ladi. Nereis turlari jinsiy voyaga yetgan 
epitok davriga ega. 
O‘troq yashovchi ko‘ptuklilar (Sedentaria) kenja sinfi. Boshi kuchsiz rivojlangan yoki 
reduktsiyaga uchragan. Parapodiylari kuchsiz rivojlangan. Tanasi ko‘pincha bir nechta 
geteronom segmentlardan iborat. Jabralari tanasining ma‘lum qismida, asosan boshida 
joylashgan. Odatda nay ichida yashaydi. 
Chaetopterus
ko‘ptuklisi tunda shulalanadi. 
Qumchuvalchang 
Arenicola marina
tanasi 30 sm gacha, qumda uya qazib yashaydi. 
Serpula 
va 
spirorbus 
ohak nay ichida yashaydi. 
Amfitrit 
va 
Sabellariya 
bosh qismida uzun jabra o‘simtalari 
bo‘ladi. 
Kamtuklilar 
(Oligochaeta)
sinfi
 


Kamtuklilar tana o‘ simtalari (parapodiy, palpa, jabralar) yo‘qolib ketgan halqali 
chuvalchanglardan iborat. Kamtuklilarda parapodiylar o‘rniga faqat ularning qillari sakdanib 
qoladi. Jinsiy sistemasi germafrodit. Jinsiy bezlari tanasining bir necha oldingi segmentlarida 
joylashgan. Ular chuchuk suv va tuproqda yashaydi. 3400 ga yaqin turlari ma‘lum. 
Tashqi tuzilishi. Tanasi bir oz yassilashgan silindr shaklida, uzunligi 0,5 mm dan 3 m 
gacha. Tanasi oldingi bo‘g‘imi prostomium harakatchan, unda o‘simtalar bo‘lmaydi. Tanasi 30-
40 tadan 600 tagacha segmentdan tashkil topgan, faqat ayrim turlarida 7-9 segment bo‘ladi. 
Kamtuklilarda prostomiumdan tashqari hamma tana segmentlarida to‘rt tutamdan (2 tadan qorin 
va yon) qillar bo‘ladi. Tutamdagi qillar soni kamtuklilarda bir xil bo‘lmaydi. Yomg‘ir 
chuvalchangida har bir tutamda bir juftdan, ya‘ni bitta segmentda 4 juftdan qillar bo‘ladi. 
Qillarning joyi parapodiylarning orqa va qorin bo‘laklari o‘rniga mos keladi (84-rasm). 
Kamtuklilar tanasi keyingi anal qismi - pigidiumda anal teshigi joylashgan. 
Kamtuklilar teri-muskul xaltasining tuzilishi ko‘ptuklilarga o‘xshaydi. Ulardan orqa 
mezenteriysining bo‘lmasligi, segmentlari orasida teri ustiga selom suyuqligi chiqarib turadigan 
mayda teshikchalarning bo‘lishi bilan farq qiladi. Ularning teri epiteliysi hujayralari orasida bezli 
hujayralar ko‘p bo‘ladi. Hujayralar teri yuzasiga shilimshiq modda ishlab chiqaradi. Bezli 
hujayralar yomg‘ir chuvalchangining 31-37 bo‘g‘imlari yo‘g‘onlashudan hosil bo‘lgan 
belbog‘ida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Ko‘payish davrida bu bezlar suyuqligidan pilla hosil bo‘ladi. 
Ichki tuzilishi. Hazm qilish sistemasi ixtisoslashgan halqum, qizilo‘ngach, muskulli 
oshqozon, o‘rta va orqa ichakdan borat (85-rasm). Yomg‘ir chuvalchangining qizilo‘ngachi 
kengayib, jig‘ildonni hosil qiladi. Qizilo‘ngachga uch juft morrenov bezlarining yo‘li ochiladi. 
Bezlar ajratib chiqaradigan ohak chuvalchang ozig‘i tarkibidagi gumus kislotani 
neytrallashtiradi. O‘rta ichakning ustki qismi uning bo‘shlig‘iga botib kirib, tiflozolni hosil 
qiladi. Tiflozol ichakning ichki hazm qilish yuzasini kengaytiridi. 
Qon aylanish sistemasi
ko‘ptuklilarga o‘xshaydi. Qonni qon tomirlarida oqishini orqa va 
halqum atrofi halqa qon tomirlari ta‘minlab turadi. Kamtuklilar terisi orqali nafas oladi. Terida 
kapillyar qon tomirlari qalin tur hosil qiladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish