Ichki tuzilishi.
Hazm qilish sistemasi
oldingi, o‘rta va orqa ichakdan iborat (88-rasm).
Og‘iz oldingi so‘rg‘ichi tubida joylashgan bo‘ lib og‘iz bo‘shlig‘iga, keyin halqumga ochiladi.
Xartumli zuluklarda halqum muskulli nay, ya‘ni xartumni hosil qiladi. Xartum og‘izdan
chiqarilib, o‘ljasini tutish uchun xizmat qiladi. Jag‘li zuluklarning og‘iz bo‘shlig‘ida 3 ta (l-orqa,
2-yon) valiklar bor. Valiklar qirralaridagi xitinli tishchalar birgalikda arraga o‘xshash jag‘ni hosil
qiladi. Zuluk oziqlanganida jag‘lar xo‘jayin tanasini teshib, uch nurli jarohat paydo qiladi. Zuluk
shu jarohatdan qon so‘rib oladi. Halqumga bir xujayrali so‘lak bezlari yo‘li ochiladi. Tibbiyot
zulugi bezlari suyuqligidagi girudin oqsili qonni ivib qolishiga yo‘l qoymaydi. Girudin tufayli
zuluk qoldirgan jarohatdan uzoq vaqt davomida qon oqib turadi. Zuluk so‘rgan qon bir necha oy
davomida ivimasdan konservalangan holda saqlanadi. Halqum ingichka qizilo‘ngach orqali o‘rta
ichakka ochiladi. O‘rta ichak bir juft (tibbiyot zulugida 10-11 juft) yon o‘ simtalar, ya‘ni
xaltachalar hosil kiladi. Ulardan eng so‘ nggi juft o‘ simtasi juda keng bo‘lib, tananing
oxirigacha yetadi. Oziq ichakning oxirgi xaltachalari asosida joylashgan bo‘limi orqali qonga
so‘riladi. Orqa ichak to‘g‘ri nayta o‘xshash bo‘ladi. Parazit zuluklar qon so‘radi. Ayrim erkin
yashovchi zuluklar har xil umurtqasizlar (mollyuskalar, chuvalchanglar) bilan oziqlanadi.
Nafas olish organlari
odatda bo‘ lmaydi. Faqat ayrim dengiz zuluklari (Branchellion)
turlari tanasining yon tomonida tashqi jabralar bo‘ ladi. Boshqa zuluklar teri orqali nafas oladi
12
.
Haqiqiy qon aylanish sistemasi faqat qildor va xartumli zuluklarda bor. Bunday sistema
kamtukli chuvalchanglarnikiga o‘ xshash bo‘ladi. Biroq xartumli zuluklardayoq qon aylanish
sistemasi funktsiyasining bir qismi selom qoldig‘i bilan bog‘lanadi. Jag‘li zuluklarda haqiqiy qon
aylanish sistemasi vazifasini selom qoldig‘i bajaradi. Sodda tuzilgan qildor zuluklar tanasining
markaziy qismini selom egallaydi. Unda ichak, nerv zanjiri, orqa va qorin qon tomirlari
joylashadi (89-rasm). Xartumli zuluklarda selomdan faqat 4 ta tana boylab o‘tadigan naylar,
ya‘ni lakunlar (bittadan orqa va qorin, ikkita yon) saqlanib qoladi. Orqa lakun orqali orqa qon
tomiri, qorin lakun orqali qorin qon tomiri, uning ostida esa qorin nerv zanjiri o‘tadi. Yon
lakunlar qalin muskulli bo‘ladi. Yon lakunlar devori qisqarishi tufayli zuluk tanasida selom
suyuqligi aylanadi. Xartumli zuluklarda orqa va qorin lakunlaridagi qon tomirlari butunlay
yo‘qolib, selomi qoldig‘i, ya‘ni lakunar sistema qon tomiri funktsiyasini o‘taydi. Lakun
suyuqligi ham qon xususiyatlariga ega bo‘lib, qizil rangga bo‘ yalgan qon tarkibida gemoglobin
va amyoboid hujayralar bo‘ladi.
Ayirish sistemasi
ancha o‘zgargan metanefridiylardan iborat. Ayirish nayi metamer
joylashgan, faqat oldingi va keyingi segmentlarida bo‘lmaydi. Masalan, tanasi 33 segmentdan
iborat meditsina zulugida hammasi bo‘lib 17 juft metanefridiylar bo‘ladi. Zuluklar metanefri-diy
nayining ichki uchi berk bo‘ladi. Nefridiylar devoridan suyuqlik diffuziyalanib o‘tadi.
Nerv sistemasi
boshqa halqalilarnikiga o‘xshaydi. Qorin nerv zanjirida 20 yoki undan
ko‘proq gangliy bor.Halqumosti gantliysi to‘rtta, eng oxirgi gangliy esa 7 ta oddiy
gangliylarning qo‘shilishidan hosil bo‘ ladi.Zuluklarning sezgi organlari har bir segmentda bir
qator ko‘ndalang bo‘lib joylashgan "kadahsimon organlar"dan iborat. Bu organlar kimyoviy
sezgi vazifasini bajarishi mumkin. Teri ostida sirtdan qora pigment bilan o‘ralgan ko‘z qadahi
bo‘ladi. Ko‘zlar faqat yorug‘lik bilan qorong‘ilikni farq qila oladi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: