Tashqi tuzilishi.
Tanasi duksimon, gavdaa va xartumdan iborat. Xartumining ichi kovak,
qo‘lqop barmoklari singari teskari ag‘darilib chiqarilishi va kirishi mumkin (73-rasm). Parazit
xartum devorida lmoqlari yordamida xo‘jayini ichagiga yopishib oladi. Retraktor muskullar
yordamida xartum maxsus qin ichiga tortiladi. Tanasi yupqa kutikula bilan qoplangan. Kutikula
ostidagi gipoderma embrion ektodermasi hujayralarining qo‘ shilib ketishi natijasida hosil
bo‘ladi. Gipodermada zaxira oziq modda - glikogen to‘planadi. Xartum bilan tanasi chegarasida
joylashgan lemniskalar deb ataladigan bir juft o‘simtalarning vazifasi aniq ma‘lum emas. Teri-
muskul xaltasi tashqi halqa va ichki boylama muskullardan iborat. Bu xalta keng tana
bo‘shlig‘ini o‘rab turadi.
Ichki tuzilishi.
Tikanboshlilar- haqiqiy parazitlar, lekin hazm sistemasi bo‘lmaydi. Ular
tanasi yuzasidagi poralar orqali xo‘jayini ichagida hazm bo‘lishga tayyor bo‘lgan oziq
moddalarni shimib oladi.
Ayirish organlari
odatda rivojlangan. Gigant tikanbosh Macracanthorhyn-chus
hirudinaceus)ning ayirish organi birmuncha o‘zgargan protonefridiydan iborat. Siydik yo‘li
jinsiy yo‘li bilan birlashib ketgan. Tikanboshlilar- ayrim jinsli. Hayot sikli metamorfoz va
xo‘jayin almashtirish bilan bog‘liq. Lichinkasi tuxum ichida rivojlanadi. Shunday tuxumlar
oraliq xo‘jayin tanasiga o‘tganida ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkasi tanasi cho‘ziq, oldingi
qismida juda ko‘p ilmoqchalari bo‘ladi. Suv qushlari, amfibiyalar, boshqa suvda yashovchi
umurtqalilarning parazit nemertinalari uchun oraliq xo‘jayin mayda qisqichbaqasimonlar,
quruqlikda yashovchi umurtqalilar parazitlari uchun esa hasharotlar hisoblanadi. Balikdar
paraziti
Echinorhynchus salmonis
tuxumlari yonlab suzarlarda, cho‘chqalar paraziti gigant tikan-
bosh tuxumlari esa may qo‘ ng‘izi va bronza qo‘ng‘izi lichinkalarida rivojlanadi.
Lichinka oraliq xo‘jayin ichagidan uning tana bo‘shlig‘iga o‘tib, ilmoqchalarini tashlaydi.
Lichinka metamorfoz orqali rivojlanib, yosh tikanboshni hosil qiladi. Oraliq xo‘jayinni asosiy
xo‘jayin yeganida parazit asosiy xo‘jayin ichagida kapsuladan chiqa-di. Uning xartumi ag‘darilib
chiqadi va xo‘jayin ichagi devoriga yopishib olib, voyaga yetadi. Tikanboshlilar umurtqali
hayvonlarga katta ziyon keltiradi. Uzunligi 25 sm ga yaqin bo‘lgan gigant tikanbosh, asosan
cho‘chqalar ichagida parazitlik qilib, ichak devorini yaralaydi. Cho‘chqaroqdagi qo‘ng‘iz
lichinkalarini yeb, parazitni yuqtiradi. Ba‘zi turlari chuchuk suv baliqlariga va suv qushlariga
zarar keltiradi.
Tikanboshlilarning kelib chiqishi
to‘g‘risida umumiy fikr yo‘q. Tanasining silindrsimon
shakli, gipodermasining tuzilishi, birlamchi tana bo‘shlig‘i, ayrim jinsli bo‘lishi bilan ular
nematodalarga o‘xshaydi, lekin ulardan gipodermasida lakunlar va protonefridiylarning bo‘lishi
hamda jinsiy sistemasining tuzilishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: