Qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi
Ko‘pchilik qorinoyoqlilar dengizlarda, bir qancha turlari chuchuk suv xavzalari va
quruqlikda yashaydi. Ular orasida parazit turlari ham bor. Qorinoyoqlilar oldjabralilar,
orqajabralilar va o‘pkalilar kenja sinflariga ajratiladi.
Qorinoyoqlilar tanasi asimmetrik tuzilgan. Bosh qismi tanasidan ajralgan. Keng va yassi
oyog‘i tovonga o‘xshaydi (93-rasm). Chig‘anog‘i yaxlit, ayrim vakillarida reduktsiyaga
uchragan. Qorinoyoqlilarning asimmetrik tuzilishi tanasi o‘ng tomonida joylashgan mantiya
kompleksi organlarining reduktsiyaga uchrashi, ichki xaltasining chig‘anoq shakliga mos spiral
buralganligi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |