O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi 
Kiprikli chuvalchanglarning tana yuzasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan cho‘ziq 
bargsimon shaklda bo‘ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi, ayrim turlari 
qurukdikda ham uchraydi. 
Teri-muskul xaltasi.
Kiprikli chuvalchanglar tanasi uzunligi bir necha mm dan bir 
necha sm gacha yetadi. Ayrim turlari (masalan,oq planariya) tanasining oldingi qismida 
paypaslagichga o‘xshash kalta o‘simtalari bo‘ladi. Tanasi silindrsimon kiprikli epiteliy bilan 
qoplangan. Ba′zan sitoplazmaning yadro joylashgan bir qismi parenximaga chuqur botib kirishi 
tufayli hujayralar orasida chegara yo‘ qoladi. Bu xildagi tana qoplag‘ichi 
botib kirgan epiteliy
deyiladi. 
Epiteliy hujayralari orasida va parenximada yakka yoki to‘p bo‘lib ―teri bezlari‖ deb 
ataladigan qadahsimon hujayralar joylashgan. Ulardan bir xili- tayoqchasimon rabditlar hayvon 
ta‘sirlanganida tashqariga otilib chiqib, tana sirtini himoya qiladigan qobiq hosil qiladi. Epiteliy 
ostida elastik 
bazal membrana
, uning ostida esa halqa va buylama muskullar qavati hamda 


tolalari o‘ zaro kesishgan diagonal muskullar joylashgan. Epiteliy va muskul qavatlari 
birgalikda 
teri-muskul xaltasini
hosil qiladi(45-rasm). 
Hazm qilish sistemasi
halkumdan va uchi berk o‘ rta ichakdan iborat. Hazm bo‘ lmagan 
oziq qoldiqlari og‘iz orqali chiqarib yuboriladi. Ko‘pchilik turlari yirtqich bo‘lib, har xil mayda 
hayvonlar bilan oziqlanadi. Og‘iz teshigi qorin tomonining o‘rtasida, tanasining oldingi yoki 
keyingi uchiga yaqin joyda joylashgan (46-rasm). Mayda vakillarining o‘rta ichagi uchi berk 
oddiy xaltaga yoki nayga o‘xshaydi. Yirik vakillarining ichagi shoxlangan. Ko‘p shoxlilarning 
halqumi oshqozonga ochiladi, oshqozondan esa har tomonga ichak shoxlari taraladi. Uch 
shoxlilarda esa halkumdan birdaniga ichakning uchta shoxi boshlanadi, ulardan biri oldinga, 
ikkitasi orqaga taraladi. Bu shoxlar o‘z navbatida yana bir necha marta shoxlanib
parenximadaga barcha to‘qima hamda organlarga yetib boradi. Ichak oziq moddalarni barcha 
to‘qimalarga etkazib beradi. Oziq bo‘shliqichlilar singari hujayra ichida fagotsitoz orqali hazm 
bo‘ ladi. 
Nafas olish va qon aylanish organlari bo‘lmaydi. Kiprikli chuvalchanglar tanasiga suvda 
erigan kislorod butun tana yuzasi orqali diffuziya yo‘li bilan o‘tadi. 
Ayirish sistemasi.
Maxsus ayirish sistemasi kiprikli chuvalchanglarda birinchi marta 
paydo bo‘ladi. Bu sistema tana boylab o‘tadigan ikki yoki bir nechta umumiy naylardan va 
ularning parenximaga ko‘p marta shoxlanishi natijasida hosil bo‘lgan‘ juda ingichka 
naychalardan iborat. Naychalar uchida yulduzsimon kiprikli hujayralar joylashgan.
Kipriklarning ishlashi yonib turgan sham shulasini shamolda hilpirashiga o‘xshaydi. Shu 
sababdan ular ―hilpirovchi hujayralar‖ deyiladi. Kipriklar suvda erigan ayirish mahsulotlarini 
naylarga haydaydi. Bunday ayirish sistemasi 
protonefridiylar
, ya′ni oddiy buyraklar deyiladi. 
Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish organi bo‘lmaydi, ayirish 
mahsulotlarini 
amyobotsitlar 
tanadan olib chiqib ketadi. 
Nerv sistemasi.
Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari tana oldingi qismida to‘ planib, 
qo‘sh tugunlar - 
miya gangliysini
hosil qiladi (46, 47-rasmlar). Gangliydan orqa tomonga nerv 
stvollari ketadi. Stvollar nerv tolalaridan va ular bo‘ ylab joylashgan nerv hujayralaridan iborat. 
Ayrim ichaksiz kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi bo‘shliq ichlilarga o‘ xshab diffuz 
(tarqoq) joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Boylama nerv stvollari ko‘ndalang komissuralar 
bilan qo‘shilib, narvonga o‘xshash shaklga ega bo‘ladi. Nerv sistemasining barcha yassi 
chuvalchanglarga xos bo‘ lgan bu tipi 
ortogon 
deyiladi. 
Sezgi organlari.
Kiprikli chuvalchanglarning sezgi a‘zolari kuchsiz rivojlangan. Tuyg‘u 
vazifasini teri, ayrim vakillarida esa tana oldingi qismida joylashgan bir juft o‘simtalari 
bajaradi. Mexanik va kimyoviy ta‘sirni tana boylab tarqalgan harakatsiz kiprikchalar sezadi. Bu 
kiprikchalar xuddi bo‘ shliqichlilar knidotse-liga o‘ xshash tuzilgan, lekin nerv hujayralari bilan 
bog‘langanligi bilan ulardan farq qiladi. Nerv hujayralarining o‘simtasi miya gangliysi bilan 
bog‘langan. Bunday sezgi a‘zolarini sensillalar deyiladi (48-rasm). 
Ko‘ zlari bitta yoki bir necha hujayradan hosil bo‘lgan pigmentli qadahchadan iborat. 
Hujayralardan chiqadigan nerv tolalari ko‘rish nervlariga birlashib, miya gangliysiga boradi. 
Pigmentli qadahning botiq tomoni tashqariga o‘girilgan. Yorug‘lik retseptor hujayra tanasidan 
o‘ tib, uning yorug‘likka sezgir qismiga tushadi. Bunday ko‘zlar teskari ag‘darilgan, ya‘ni 
invertirlangan
deyiladi. 


Jinsiy sistemasi
germafrodit, odatda murakkab tuzilgan. Ko‘pchilik chuvalchanglarda 
jinsiy bezlar yaxshi rivojlangan va xilma-xil tuzilgan. Quyida ko‘p shoxli va uch shoxli 
chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi keltirilgan. Erkaklik jinsiy sistemasi parenximada 
yoyilib joylashgan juda ko‘p mayda pufakchalar, urug‘ naychalari va tana ikki yonida 
joylashgan urug‘ yo‘lidan iborat. Ikkita urug‘ yo‘ li qo‘shilib, urug‘ to‘kuvchi nayni hosil 
qiladi. Bu nay kuyikish organi orqali kloakaga ochiladi. Kloakaga urg‘ochilikorganlari nayi 
ham ochiladi. 
Urg‘ochilik jinsiy sistemasi har xil sondagi tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan ikkita 
tuxum yo‘li, jinsiy qin va juda ko‘p sariqdonlardan iborat. Sariqdonlar rivojlanayotgan embrion 
uchun oziq modda bo‘lib, ularning nayi tuxum yo‘ liga ochiladi. Sariqdon hujayralari 
urug‘lanish xususiyatini yo‘qotgan tuxum hosil qiluvchi ootsitlar hisoblanadi. Urg‘ochilik 
jinsiy bezlari va ko‘pincha urug‘ qabul qilgich yo‘li ham kloakaga ochiladi. Tuxum hujayra 
tuxum yo‘lida urug‘lanib, sariq modda va qobiq bilan o‘raladi. Tuxumning bunday tuzilishi 
boshqa yassi chuvalchanglarga ham xos bo‘ladi. 
Ko’payishi va rivojlanishi.
Ko‘pchilik kiprikli chuvalchanglar faqat jinsiy yo‘ l bilan 
ko‘ payadi. Har xil sistematik guruhlarning embrional rivojlanishi turlicha bo‘ladi. Odatda 
tuxum hujayrasi to‘liq, lekin notekis bo‘linadi. 
Ko‘ p shoxlangan ichakli dengiz kiprikli chuvalchanglari metamorfoz orqali rivojlanadi. 
Tuxumdan chiqqan Myullerov lichinkasi (49-rasm) voyaga yetgan davridan keskin farq kidali. 
Lichinkaning tanasi tuxumsimon, ichagi xaltaga o‘xshash bo‘ladi. Dastlab lichinka radial 
simmetriyaga xos belgilarga ega bo‘ladi. Lichinka tanasining o‘rta qismida, ya‘ni og‘iz 
teshigidan oldinroqda 8 ta eshkaksimon uzun o‘simtalar osilib turadi. O‘simtalar qirrasida uzun 
kipriklar joylashgan. Lichinka kipriklar yordamida planktonda suzib yuradi; mayda 
chuvalchangga aylangandan so‘ng suv tubiga cho‘kadi. Birqancha turlari o‘zgarishsiz 
rivojlanadi. 
Makrostomidlar
turkumi vakillari ko‘ndalang bo‘linish orqali ko‘payadi. Kiprikli 
chuvalchanglar 12 turkumga bo‘linadi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish