O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Monogeniyalar (
Monogeniodea
) sinfi 
Monogeniyalar, ya‘ni ko‘p so‘rg‘ichlilar baliqlar terisi va jabralarida yashaydigan 
ektoparazitlar. Ba‘zan ular suvda ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar qovug‘i 
va boshka organlarida parazitlik qiladi. 
Tuzilishi.
Monogeniyalar tanasi cho‘ ziq va yassi bo‘lib, keyingi tomonida yopishuv 
diski joylashgan (53-rasm). Diskda xo‘jayin tanasiga yopishish uchun zarur bo‘ lgan bir qancha 
ilmoqlar, so‘rg‘ichlar yoki ikki tavaqali klapanlar bo‘ladi. Bunday yopishuv organlari ularni tez 
harakatlanadigan baliqdar tanasiga yopishib olishga yordam beradi. Monogeniyalar tanasi 
oldingi tomonida ham uncha katta bo‘ lmagan so‘ rg‘ichlari bo‘ladi. So‘rg‘ichlarga yopishqoq 
suyuqlik ajratadigan bir hujayrali bezlar yo‘li ochiladi. So‘rg‘ichlar parazitni xo‘jayini tanasiga 
yopishib turishi uchun xizmat qiladi. 
Jinsiy sistemasi germafrodit. Urug‘donlari bitta yoki ko‘p, tuxumdoni bitta. 
Ko’ payishi.
Hayot siklila xo‘jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo‘lmaydi. Baqa 
ko‘ p so‘ rg‘ichlisi polistoma (Polystoma integerrium) voyaga yetgan davrida baqa qovug‘ida 
yashaydi. Uning ko‘ payishi baqalarning ko‘payishi bilan bir vaqtda boshlanadi. Parazit baqa 
qovug‘idan uning kloakasiga o‘tib, urug‘langan tuxumlarini suvga tashlaydi. Tuxumdan 
chiqqan juda mayda kiprikli lichinkalarning 16 ta mayda ilmoqchalari bo‘ ladi. Lichinkalar 
itbaliq jabralariga yopishib olib, kipriklarini tashlaydi. Ular tanasi keyingi qismida ikkita yirik 
ilmoq va so‘rg‘ichlar hosil bo‘ladi. Voyaga yetgan parazit qoygan tuxumlardan lichinkalarning 
ikkinchi nasli rivojlanadi., Itbaliq jabralar baqaga aylanish davrida yo‘qolib ketishi sabidan 
itbaliq baqaga aylanishga ulgurmaydi. Shuning uchun parazit xo‘ jayin terisi orqali uning 
kloakasiga va undan siydik pufagiga o‘tib oladi. Lichinka endi uch yildan so‘ng, ya‘ni baqa 
voyaga yetishi bilan birga voyaga yetadi. 
Karpsimon baliqdar paraziti 
daktilogirus -Dactylogyrus vastator
(53-rasmga 
qarang)ning rivojlanishi boshqacharoq boradi. Uning uzunligi 1-3 mm, baliqlar jabrasida 


parazitlik qilib, o‘sha joyga tuxum qoyadi. 
Girodaktilus -Gyrodactylus
ko‘p so‘rg‘ichli tirik 
tug‘adi. Uning bachadonida partenogenetik yo‘l bilan bitta embrion shakllanadi. Bu embrion 
voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, keyingisi ichida esa uchinchi, uchinchisi 
ichida to‘ rtinchisi shakllanadi. 
Monogeniyalar germafrodit bo‘lib, ular o‘z-o‘zini urug‘lantiradi. Shuning bilan birga 
ayrim turlarida o‘z-o‘zini urug‘lantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar ham rivojlangan. 
Masalan, 
spaynik- Diplozoon paradoxum
(56-rasm) ayrim jinsli, yosh davrida erkagi 
urg‘ochisidan alohida yashaydi. Keyinroq parazitlar qorin so‘ rg‘ichlari orqali bir-biriga 
yopishib olishadi. Parazitlardan birining urug‘ yo‘li ikkinchisi tuxum yo‘liga ochilishi tufayli 
ular bir-birini urug‘lantiradi.
Ahamiyati
. Monogeniyalar baliqchilikka katta ziyon keltiradi. Ular orasida ayniqsa, 
chuchuk suv baliqdari jabrasida parazitlik qiladigan Dactylogyridae oilasi vakillari katta 
patogen ahamiyatga ega. Ular teridagi shilimshiq modda va epiteliy, ba‘zan qon bilan 
oziqdanib, baliqlarni yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gyrodactylidae oilasi 
vakillari ham katta ziyon keltiradi. Volga daryosida osetrsimon baliqdarga 
nitsha - Nitzchia 
sturionis
katta ziyon keltiradi. Bu parazit iqlimlashtirilgan sevryuga balig‘i bilan Orol 
dengiziga kelib qolgan va mahalliy osetrsimon baliqlarda (baqra) parazitlik qilishga o‘ tgan. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish