O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi 
Tasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida umurt-qali hayvonlar va odam 
ichagida parazitlik qiladi. Ularning lichinkasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tana bo‘ 
shlig‘i va ichki organlarida parazitlik qiladi.
Tuzilishi.
Tanasi ko‘pincha uzun tasmasimon bo‘lib, ko‘p sonli bo‘g‘imlar– 
proglottid-larga bo‘lingan. Tanasining oldingi qismi kichik boshcha- skoleksni hosil qiladi. 
Tananing skoleksdan keyingi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan qismi boyin deyiladi, undan keyinda 
esa proglottidlar joylashgan. 
Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo‘ladi. Yopishuv organi 
monogeniyalarnikiga o‘xshash so‘rg‘ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat 
bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tasmasimon chuvalchanglar boshchasining uchida har xil 
shakldagi ilmoqchalar ham bo‘ladi. Ba‘zan ilmoqchalar xartumda joylashgan bo‘ladi. Ba‘zan 
xartum to‘rtta bo‘lib, juda ko‘p ilmoqlar bilan ta‘minlangan. 
Tasmasimon chuvalchanglar hazm kilish sistemasi reduktsiyaga uchragan. Ular ichak 
bo‘ shlig‘ida hazm bo‘ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so‘rib oladi. 
Mikrotrixiyalarga ega bo‘lgan tegument bunga imkon beradi. 
Ayirish sistemasi
protonefridiy tipdagi buyraklar tana bo‘ ylab o‘tadigan ikkita ayirish 
naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi, oldingi bosh qismiga 
yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismida tashqariga ochiladi. 
Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o‘zaro ko‘ndalang naylar orqali qo‘shilib, 
narvon ko‘ rinishga ega bo‘ladi. 


Nerv sistemasi
kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylardan 
va ulardan tana boylab orqaga ketadigan nerv stvollaridan iborat. 
Jinsiy sistemasi
germafrodit, so‘ rg‘ichlilarga o‘xshash tuzilgan. Ko‘pchilik 
tasmasimonlar tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan, jinsiy organlar har bir bo‘g‘imda takrorlanadi. 
Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlar jinsiy sistemasi 
(Caryophyllaeus)
takrorlanmaydi. 
 
Q
oramol tasmasimoni - Taeniarhynchus saginatus
tanasining boyindan keyin 
joylashgan yosh bo‘g‘imlarida jinsiy organlar rivojlanmagan. Bunday organlar tanasi o‘rta 
qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlanadi. Erkaklik jinsiy organlari parenximada 
sochilgan juda ko‘p urug‘donlar, ulardan boshlanadigan urug‘ chiqarish naylari va naychalar 
hosil qiladigan umumiy urug‘ yo‘lidan iborat. Urug‘ yo‘li bo‘ g‘im chetida joylashgan 
qo‘shilish organi ichidan o‘tadi. Ko‘shilish organi muskulli naydan iborat bo‘lib, yon 
tomondagi chuqurcha- 
jinsiy kloakaga
kirib turadi (55-rasm). 
Urg‘ochilik jinsiy organlari shoxlangan bitta tuxumdon va undan chiqadigan tuxum 
yo‘lidan iborat. Tuxum yo‘li va bo‘g‘imning keyingi qismida joylashgan to‘rga o‘xshash 
sariqdon yo‘li 
ootipga
ochiladi. Ootipdan boshlanadigan ikkita naydan biri yon tomonga 
yo‘nalib, jinsiy qin - kloakaga ochiladi. Ootipdan boshlanadigan ancha keng uchi berk ikkinchi 
nay oldinga yo‘nalgan bo‘lib, 
bachadon
deyiladi. Yetilgan tuxum va spermatozoidlar ootipga 
tushadi. Tuxum hujayra ootipda urug‘lanib, qobiqqa o‘raladi. Tuxumga to‘lgan bachadon 
kengayib, bo‘ g‘imning hamma qismini egallab oladi (55-rasm). Jinsiy sistemaning boshqa 
qismlari esa asta-sekin yo‘qolib boradi. Tuxumga to‘lgan bunday bo‘g‘imlar "yetilgan" 
deyiladi. Etilgan bo‘ g‘imlar chuvalchang tanasi keyingi qismidan bir nechtadan uzilib ichakka 
tushadi va axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Qoramol tasmasimoni juda serpusht bo‘ladi. 
Parazit ichakda 18-20 yil yashab, har yili 600 mln gacha, hayoti davomida 11 mld ga yaqin 
tuxum qo‘ yadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish