O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ko‟ payishi va rivojlanishi.
Tasmasimon chuvalchanglar har xil usulda urug‘lanadi. 
Xo‘jayin ichagida bir necha chuvalchang bo‘lganida ular bir-birini urug‘lantiradi. Xo‘jayin 
ichagida faqat bitta chuvalchang bo‘ lganida har xil proglottidlar bir-birini urug‘lantirishi, hatto 
bitta proglottid ham o‘z-o‘ziini urug‘lantirishi mumkin. 
Lichinkalarning rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi. Qoramol va cho‘chqa 
tasmasimon chuvalchangi lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchang 
(Diphyllobothrium latum)
lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatda tuxumdan olti 
ilmoqli lichinka - 
onkosfera 
chiqadi (56-rasm). Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi 
xo‘jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo‘ 
jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkosfera lichinkasi 
yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-xashak bilan oraliq xo‘jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan 
chiqqan onkosfera ilmoqlar yordamida ichak yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema 
yoki qon tomirlariga, undan esa har xil ichki organlar, ko‘proq jigar, ba′zan o‘pka, miya yoki 
boshqa organlarga o‘tib oladi. Bu organlarda onkosfera pu-faksimon finna davriga aylanadi. 
Finna tasmasimon chuvalchanglarning invaziyali (yuqumli) davri hisoblanadi. Tasmasimon 
chuvalchanglarning finnalari sestitserk, protserkoid, plerotserkoid, senur yoki exinokokk deb 
ataladi (57-rasm). 


Sistitserk 
ichi suyuqlik bilan to‘lgan mosh kattaligidagi pufakdan iborat. Pufak 
devorining bir cheti pufak bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘ladi. Bu joyda lichinkaning to‘rt 
so‘rg‘ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna 
faqat asosiy xo‘jayini, ya‘ni odam ichagiga tushgandan so‘ng rivojdanib voyaga yetadi. Yaxshi 
pishirilmagan finnali go‘sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha 
tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va boyinchasi tez o‘sa boshlaydi. 
Boyincha keyingi qismi ko‘ndalangiga bo‘linish orqali yangi bo‘g‘imlar chiqarib, uzun 
proglottidlar zanjiri hosil qiladi. Shunday qilib qoramol tasmasimon chuvalchangi rivojlanishi 
xo‘jayin almashinishi va murakkab o‘zgarishlar, ya‘ni onkosferani finnaga va finnani voyaga 
yetgan parazitga aylanishi orqali boradi.
Cho‘ chqa tasmasimon chuvalchangi (
Taenia solium
)ning rivojlanishi ham xuddi shu 
tarzda sodir bo‘ladi. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivojlanishi esa ikkita oraliq xo‘jayin 
orqali boradi. Odam ichagidan chiqadigan tuxumdan suvda sirti kipriklar bilan qoplangan olti 
ilmoqli lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiyni siklop yutganida u ichakda kipriklarini 
tashlaydi, ichak devori orqali siklop tana bo‘shlig‘iga o‘tib, chuvalchangsimon mayda lichinka- 
protserkoidga aylanadi. Lichinkaning keyingi qismida sharsimon o‘simtasi bo‘ladi. 
O‘simtaning shakli monogeniyalarning yopishuv serkomerasiga o‘xshab ketadi, unda oltita 
ilmoqcha joylashgan. Kasallangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba‘zi losossimon baliqlar 
yeydigan bo‘lsa, protserkoid baliqning tana bo‘shlig‘i, tuxumdoni, muskullari va boshqa 
organlariga o‘tib olib, serkomera-sini tashlaydi va o‘sib plerotserkoidga aylanadi (57-rasm). 
Plerotserkoid 1- 1,5 sm uzunlikda, tanasi oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon so‘ 
rg‘ichlari bo‘ ladi. Plerotserkoid invaziyali (yuquvchi) davr - 
finnaga
mos keladi. Zararlangan 
baliq go‘shtini odam, it yoki mushuk yeganida, lichinka ular ichagiga yopishib olib, 10-12 m 
gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi. 
Qoy miya qurti (Milticeps multiceps) asosiy xo‘jayini, asosan cho‘pon itlari, 
oraliqxo‘jayini qoy va boshqa ba‘zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuval-
changning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bo‘lib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya 
qurtining pufaksimon finnasi yong‘okdan yoki undan kattaroq bo‘ lib, senur deyiladi. Senur 
devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo‘ladi. Bunday pufak qoy va boshqa hayvonlar 
miyasi yarim sharlaridan birida hosil bo‘ lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana 
boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik "gir aylanma" yoki "tentak kasalligi" deyiladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish