Yassi chuvalchanglar filogeniyasi.
Yassi chuvalchanglar orasida ichaksiz kiprikli
chuvalchanglar eng sodda tuzilgan. Kipriklilar gipotetik planulasimon bo‘shliqichlilardan kelib
chiqqan.
Ichaksizlardan
to‘g‘ri
ichaklilar
kelib
chiqqan
bo‘lishi
kerak.
Yassi
chuvalchanglarning boshqa hamma guruxlari filogenetik jihatdan to‘g‘ri ichaklilar bilan
boglangan. Hozirgi parazit yassi chuvalchanglar filogenetik jihatdan to‘g‘ri ichaklilarning
ajdodlari bilan bog‘langan. Qadimgi to‘g‘ri ichaklilar evolyutsiyasi uch yo‘nalishda borgan.
Ularning biridan hozirgi to‘g‘ri ichaklilar, qolgan ikkitasidan parazit yassi chuvalchanglar kelib
chiqqan.
Erkin yashovchi hayvonlarning parazitlikka o‘tishi bir necha yo‘ldan borgan bo‘lishi
mumkin. Bu jihatdan kvartirantlik deb ataladigan simbiotik munosabat diqqatga sazovor.
Kvartirantlikda hayvonlardan kichikrog‘i yirikrog‘i tanasidan pana joy sifatida foydalangan.
Hozirgi monogeniyalarni kiprikli chuvalchanglarga o‘xshaydigan ajdodi ana shunday kvartirant
bo‘lgan. Ular baliqlar jabrasi, terisi yoki suzgichlariga yopishib olib, dastlab yuqoridan
tushadigan mayda organizmlar yoki baliq tanasidan ajraladigan shilimshiq modda bilan
oziqlangan; keyinchalik xo‘jayini qoni va tanasi to‘ qimalari bilan oziqlanishga o‘ tib,
parazitga aylangan.
Ayrim hollarda ektoparazitlik ichki parazitlikning paydo bo‘lishiga olib kelishi ham
mumkin. Bu jarayonni tushuntirishda baqa so‘rg‘ichlisini misol keltirish mumkin. Hozirgi
monogeniyalar orasida ham baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi va qizil o‘ngachida parazitlik
qiladigan turlari bor. Ehtimol, evolyutsiya davomida dastlab jabralarda parazitlik qilgan hayvon
asta-sekin og‘iz bo‘ shlig‘i orqali ichak bo‘shlig‘ida parazitlik qilishga o‘tgan bo‘lishi mumkin.
Ana shu yo‘l bilan qadimgi monogeniyalardan tasmasimonlar va sestodsimonlar kelib chiqqan.
Endoparazit hayot kechirishga o‘tish hayvon tuzilishining yanada soddalashuvi, ya‘ni ichak va
sezgi
a‘zolarining
yo‘qolishiga,
jinsiy
organlarning
yanada
kuchliroq
rivojlanib,
serpushtlikning ortishiga sabab bo‘ lgan. Individlar sonining ortishi, ba‘zan pedagenezning
paydo bo‘ lishi bilan bog‘liq (exinokokk, miya qurti). Evolyutsiya davomida ayrim
sestodsimonlarning oraliq xo‘jayini paydo bo‘lgan. Ektoparazitlarning tarqalishida oraliq
xo‘jayin katta ahamiyatga ega emas. Shuning uchun ularning hayot siklida oraliq xo‘jayin
bo‘lmaydi.
So‘rg‘ichlilar evolyutsiyasi simbiotik munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, tasmasimon
chuvalchanglarga nisbatan boshqacha borgan. Hozirgi so‘rg‘ichlilar hayot sikli mollyuskalar
bilan bog‘likligi nazarda tutiladigan bo‘ lsa, ularning evolyutsiyasi qadimgi erkin yashovchi
kipriklilarning mollyuskalar bilan simbiotik munosabatlariga borib taqaladi. So‘rg‘ichlilarning
to‘g‘ri ichakli kipriklilarga o‘xshash lichinkasi suv tubidagi toshlar ostida yashagan yoki
mollyuskalar chig‘anog‘idan pana joy sifatida foydalangan. Chuvalchang chig‘anoqdan jabra
bo‘shlig‘iga kvartirantlikka, asta-sekin mustaqil oziqlanishdan parazit yashashga o‘ tgan. Ilgari
xo‘ jayin tanasidan chiqib, tashqi muhitda voyaga yetadigan parazit, endi undan chiqmasdan
ko‘payishga va rivojlanishga o‘tadi; parazit hayoti geterogeniya xususiyatiga, ya‘ni, ikki xil
10
Do'stlaringiz bilan baham: |