1. Ichaksizlar (Aeoela) turkumi.
Tuban tuzilgan, asosan dengizlarda yashovchi
mayda chuvalchanglar. Ichagi va protonefridiylari bo‘lmaydi; nerv va jinsiy sistemasi sodda
tuzilgan. Parenxi-masi hazm qilish vazifasini bajaradi.
2
. Makrostomidlar (Makrostomida) turkumi.
Dengiz va chuchuk suvlarda yashaydi.
Sodda tuzilgan, ichagi xaltaga o‘xshab kengaygan. Bu turkum vakillari yuqorida
ko‘rsatilganidek jinssiz ko‘ndalang bo‘linish orqali ko‘payadi.
3. To‟g‟ri ichaklilar (Rhabdocoela) turkumi.
Juda mayda (0,5-5 mm) chuvalchanglar.
Tanasi bir oz yassi, asosan silindrsimon; ichagi naysimon, uchi berk bo‘ ladi. Og‘iz teshigi
tanasi oldingi qismida joylashgan. Ayirish sistemasi bir juft naychalardan iborat. Chuchuk suv,
dengiz va quruqlikda uchraydi. Ayrim turlari mollyuskalar va boshqa umurtqasizlarda
parazitlik qiladi. To‘g‘ri ichaklilar chuvalchanglarning kelib chiqishini tushuntirishda
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |