2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va myetodlari
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali о‘tkazilishi uning tashkil etilish
darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni о‘tkazishning myetodlariga bog’liq.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga kо‘ra uning quyidagi turlari
mavjud:
umumdavlat Moliyaviy nazorati;
idoraviy Moliyaviy nazorat;
xо‘jalik ichidagi Moliyaviy nazorat;
jamoatchilik Moliyaviy nazorati;
mustaqil Moliyaviy nazorat.
Umumdavlat Moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (pryezidyent, hukumat, Oliy
majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qо‘mitasi, Davlat bojxona qо‘mitasi va boshqalar)
tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi Moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning
tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bо‘yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini
ta’minlashdan iborat.
Idoraviy Moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa
tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, Shu idoraga bо‘ysunuvchi korxona, tashkilot va
muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
Xо‘jalik ichidagi Moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va Moliyaviy
xizmatlari tomonidan о‘tkaziladi. Bu yerda Moliyaviy nazoratning ob’yekti sifatida korxona,
tashkilot va muassasalarning xо‘jalik va Moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi.
Jamoatchilik Moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazoratning ob’yekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi.
Mustaqil Moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar
tomonidan о‘tkaziladi.
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bо‘yicha klassifikasiya qilish qabul
qilingan:
amalga oshirilish ryeglamyenti;
о‘tkazilish vaqti;
nazoratning sub’yektlari;
nazoratning ob’yektlari.
Amalga oshirilish ryeglamyenti bо‘yicha Moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan
iborat bо‘lishi mumkin:
majburiy (tashqi);
tashabbuskorli (ichki).
YUridik va jismoniy shaxslarning Moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat
qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar
tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli
foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning Moliya-buxgaltyeriya hisobotlari
ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tyegishli bо‘lishi mumkin.
Tashabbuskorli (ichki) Moliyaviy nazorat Moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasa-da,
taktik va stratyegik maqsadlarga erishishda Moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi
hisoblanadi.
О‘tkazilish vaqti bо‘yicha Moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
dastlabki;
joriy (opyerativ);
navbatdagi (kyelgusi, sо‘nggi).
Dastlabki Moliyaviy nazorat Moliyaviy opyerasiyalarning sodir bо‘lishidan oldin amalga
oshiriladi va Moliyaviy xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish yoki ularni ogohlantirishda
muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larning notyejamli va
nosamarali sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning Moliyaviy jihatdan asoslangan
bо‘lishini kо‘zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy
tarqqiyotining makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni
va nobyudjet fondlarining Moliyaviy Rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini kо‘rsatish
mumkin. Mikrodarajada esa ular Moliyaviy Rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari,
biznyes-Rejalarning Moliyaviy bо‘limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat
tо‘g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bо‘lishi mumkin.
Joriy (opyerativ) Moliyaviy nazorat pul bitimlari, Moliyaviy opyerasiyalar, ssuda va
subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bо‘lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy
nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin
bо‘lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, Moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul
hisob-kitoblarining о‘z vaqtida amalga oshirilishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu yerda
buxgaltyeriya xizmatlari katta rol о‘ynaydi.
Navbatdagi (kyelgusi, sо‘nggi) Moliyaviy nazorat Moliyaviy hisobot va buxgaltyeriya
hujjatlarini tahlil va taftish qilish yо‘li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy
sub’yektlar Moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan Moliyaviy stratyegiya amalga
oshirilganligining samaradorligini, Moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan
qiyoslanishini va h.k.larni baholashga mо‘ljallangan.
Nazoratning sub’yeklari bо‘yicha Moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bо‘lishi
mumkin:
Pryezidyent Moliyaviy nazorati;
hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining
Moliyaviy nazorati;
ijroiya hokimiyat organlari Moliyaviy nazorati;
Moliya-kredit organlarining Moliyaviy nazorati;
firmaviy-ichki Moliyaviy nazorat;
auditorlik Moliyaviy nazorati;
va boshqalar.
Nazoratning ob’yektlariga muvofiq ravishda Moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari
mavjud:
byudjet Moliyaviy nazorati;
nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat;
soliqlar bо‘yicha amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat;
valYuta opyerasiyalari ustidan amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat;
kredit opyerasiyalari bо‘yicha Moliyaviy nazorat;
sug’urta faoliyati bо‘yicha Moliyaviy nazorat;
investision faoliyat bо‘yicha amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat;
pul massasi ustida amlga oshiriladigan Moliyaviy nazorat;
va boshqalar.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi myetodlaridan
foydalaniladi:
tekshiruv;
tadqiq etish;
nadzor (nazorat);
Moliyaviy holat tahlili;
kuzatish (monitoring);
taftish.
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatning
alohida masalalari bо‘yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida Moliyaviy intizomning
buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida choralar belgilanadi.
Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi.
Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, matyerial, yoqilg’i va enyergiyalarning sarflanish
hajmlari nazorat tarzida о‘lchanadi. Shuningdyek, tadqiq etish sо‘rash, kuzatish va inspyeksiya
qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Nadzor (nazorat) Moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug’urta,
investision, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’yektlar ustidan nazorat
organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U buzilishi litsenziyaning chaqirib
olinishiga olib kyeladigan о‘rnatilgan (belgilangan) qoidalar va normativlarga rioya qilinishi
ustidan nazoratni kо‘zda tutadi.
Iqtisodiy tahlil Moliyaviy nazoratni amalga oshirish myetodi sifatida xо‘jalik
faoliyatining natijalari, Moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali
foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik Moliyaviy va buxgaltyeriya
hisobotlarini dyetallashtirilgan tarzda о‘rganishni kо‘zda tutadi.
Taftish Moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan myetodi sanalib, nazoratning
haqiqiy va hujjatli usullarini qо‘llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va
muassasalar Moliya-xо‘jalik faoliyatini о‘zaro bog’langan komplyeks tekshiruvidan iboratdir.
Taftish taftish qilinayotgan ob’yekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilmalarni topish uchun,
ya’ni sodir etilgan xо‘jalik opyerasiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy
samaradorligini, Moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgaltyeriya hisobi va hisoboti
ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Sub’yekt xо‘jalik faoliyatini qamrab olishning tо‘liqligiga qarab taftishning quyidagi
turlari bо‘lishimumkin:
tо‘liq;
qisman;
mavzuli;
komplyeksli.
Tо‘liq taftish nazorat ob’yekti Moliya-xо‘jalik faoliyatining barcha tomonlarini
tekshirishni kо‘zda tutadi.
Qisman taftish xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt Moliya-xо‘jalik faoliyatining ayrim qismlari
yoki tomonlarini tekshirish uchun о‘tkaziladi.
Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati bо‘yicha
ma’lum bir mavzuga bag’ishlab о‘tkaziladiki, bu narsa ularga xos bо‘lgan tipik kamchiliklar va
buzilmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bо‘yicha tyegishli choralarning qо‘llanilishiga
imkon beradi.
Komplyeksli taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa faoliyatining barcha
tomonlarini qamrab oladigan va eng tо‘liq bо‘lgan taftish bо‘lib, u nazorat sub’yektining
xо‘jalik va Moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va Moliyaviy resurslarning butligi va ulardan
samarali foydalanish masalalari, buxgaltyeriya hisobi va hisobotining holati va sifati kabi
masalalarni о‘z ichiga oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik masalalarni tekshirish uchun
tyegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, о‘z navbatida, komplyeksli taftish natijalarining
tо‘liqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi.
Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalarining qamralib olinishi darajasiga kо‘ra taftishlar
quyidagi uch guruhga bо‘linadi:
yoppasiga taftish;
tanlanma taftish;
kombinasiyalashtirilgan taftish.
YOppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma’lum bir
qismidagi barcha opyerasiyalarning tekshirilishini taqoza etadi.
Tanlanma taftish u yoki bu vaqt oralig’ida birlamchi hujjatlar bir qismini tekshirishdan
iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga
tekshiruvga о‘tiladi.
Kombinasiyalashtirilgan taftish bir qismning yoppasiga, boshqa bir qismni esa tanlanma
myetod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa Yuqori darajadagi hujjatlarning aylanishi
bilan xarakterlanadigan va yirik xо‘jalik opyerasiyalarini amalga oshiruvchi sub’yektlar
faoliyatini taftish qilishga imkon beradi.
О‘tkazilgan taftish asosida akt rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklarni bartaraf etish,
moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |