Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va



MOLIYA
FANIDAN MA’RUZA 
MATNLARI
 
 
 
1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari 
Reja: 
 
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. 
2. Moliyaning funksiyalari. 
3. Takror ishlab chiqarish va Moliya. 
4. Moliya genezisi (taraqqiyoti). 
 
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
 
 
О‘zining lо‘g’aviy ma’nosi jihatidan “Moliya” sо‘zi “daromad” yoki “tо‘lov” degan 
ma’nolarni anglatadi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan 
ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. 
Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) nye’matlarni taqsimlash va qayta 
taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish 
munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’yektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning 
о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana Shu munosabatlar “Moliya” tuShunchasi orqali 
ifodalangan. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash
jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. 
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari 
shakllarining о‘zgarishiga olib kyeldi – ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq 
bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolavyerdi. 
Zamonaviy tasavvurdagi “Moliya” tuShunchasini davlat xazinasining alohidalaShuvi va 
Davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin. 
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionyerlik shaklidagi) milliy va 
transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik 
masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari о‘rtasida pul 
mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash myetodlari hamda usullarining 
takomillaShuviga 
olib 
kyeldi. 
Tovarlar 
harakatidan 
alohidalashgan 
(ajralgan) 
pul 
mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’yektlar о‘rtasida 
YAIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning о‘zida, ularning 
har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab 
chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu Moliyaviy 
munosabatlarning sohasidir. 
Shunday qilib, Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-
pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli 
jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy 
kategoriya sifatida ham Moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va 
davlatning paydo bо‘lishi bilan bog’liq. 


Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning 
funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul 
mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan iqtisodiy
(Moliyaviy) munosabatlarga Moliya deyiladi. 
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi Shundan iboratki, YAIMni 
qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag’lari 
fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida 
tuziladigan pul mablag’lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik sub’yektlari darajasida 
tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xо‘jalik sub’yektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul 
mablag’lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda ryeglamyentasiya
qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa Moliyaviy munosabatlarning yana bir 
farqlanuvchi xarakterli belgiga ega ekanligini kо‘rsatadi. 
YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) 
daromadi, dividyentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini 
(ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa 
tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini 
shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish 
bilan bog’liq bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham Moliyaviy munosabatlarning alohida 
sohasini tashkil etadi. 
Shunday qilib, quyidagilar Moliyaning xarakterli belgilaridir: 

qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bо‘lmasdan, aksincha, real pullarning 
harakatiga bog’liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznyesni Yuritish etikasiga 
asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi; 

pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega ekanligi; 

markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga kyeltirish). 
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli 
va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday о‘rinni 
egallaganligiga bog’liq. Bir vaqtning о‘zida Moliya puldan о‘zining mazmuni va bajaradigan 
funksiyalari bо‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalyent bо‘lib, uning yordamida 
umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari о‘lchansa, Moliya esa yalpi ichki 
mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy 
instrumyenti, pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni 
amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina 
davlat va korxonalarning pul mablag’lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki 
Moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish Moliyaning nima 
uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi. 
Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: 

tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizasiya qilish 
jarayonida korxonalar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; 

markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida 
korxonalar va ularning Yuqori organlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; 

byudjet tizimiga soliqlarni tо‘lash va xarajatlarni byudjetdan Moliyalashtirish davomida 
korxona va davlat о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; 

soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlarni tо‘lash jarayonida davlat va fuqarolar о‘rtasida 
vujudga kyeladigan pul munosabatlari; 

tо‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va 
nobyudjet fondlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; 

byudjet tizimining alohida bug’inlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari; 

sug’urta badallarini tо‘lash va zararlarni qoplash, sug’urta hodisasi rо‘y bergan paytda 
aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari о‘rtasida vujudga 
kyeladigan pul munosabatlari; 



korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. 
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bо‘lib mamlakatning MD 
hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni 
kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining -
istye’mol fondi va jamg’arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning 
rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi Shuning uchun ham 
barcha mamlakatlarda MD statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir. 
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bо‘lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan 
foydalanishning ajratib bо‘lmaydigan bog’lovchi bug’ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish
taqsimlash va istye’molga ta’sir etib, ob’yektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish 
munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. 
Zamonaviy 
iqtisodiyot 
davlat 
Moliyasisiz 
faoliyat kо‘rsataolmaydi. Tarixiy 
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat 
tomonidan Moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning qator 
yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bо‘lgan korxonalar (pochta, telyegraf va boshqalar) 
ana Shular jumlasidandir. 
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining 
darajasini va ularning xо‘jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini 
ifodalaydi. 
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli Moliyaning ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi 
iqtisodiy о‘sish, YAIM va MD kо‘payishi (oshib borishi) sharoitida Moliya о‘zining
muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini 
va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasini yanada ortishini rag’batlantiradi. 
Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi sharoitida 
Moliyaning holati (ahvoli) keskin yomonlashadi. Bu narsa, о‘z navbatida, davlat ichki va tashqi 
qarzlari hisobidan Moliyalashtiriladigan byudjet defisitining kattaligida, pul emissiyasida, davlat 
qarzining ortishi va unga xizmat qilish bо‘yicha xarajatlarning kо‘payishida namoyon bо‘ladi. 
Bularning barchasi inflyasiyaning kuchayishiga, xо‘jalik aloqalarining buzilishiga, о‘zaro 
notо‘lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bо‘lishiga, bartyerli bitimlarning 
kо‘payishiga, soliqlarni byudjet undirish borasida qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat 
xarajatlarining о‘z vaqtida Moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining 
pasayishiga olib kyeladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va sosial munosabatlarda ishlab chiqarish 
real sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
О‘zining moddiy mazmuniga kо‘ra Moliya pul mablag’larining maqsadli fondlarini ifoda 
etib, ularning jami (yig’indisi), oxir oqibatda, mamlakatning Moliyaviy resurslarini tashkil etadi.
Mamlakat Moliyaviy resurslari о‘sishining asosiy sharti MDning ortishi (kо‘payishi)dir. Bir 
vaqtning о‘zida, “Moliya” va “Moliyaviy resurslar” tyeng kuchli bо‘lmagan tuShunchalar 
hisoblanadi. Moliyaviy resurslar о‘z-о‘zicha Moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning 
ichki mazmuni va ijtimoiy mо‘ljallanganligini ochaolmaydi. Moliya fani resurslarning о‘zini
emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga kyeladigan 
ijtimoiy munosabatlarni о‘rganadi. Bu fan Moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini 
tadqiq etadi. 
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, kо‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga 
oshiriladigan (Yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) Moliyaviy siyosatga ham bog’liq 
bо‘ladi. 
Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi 
taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. 
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Davlat kimning hisobidan 
Moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag’lardan foydalanadi?” 
degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bо‘ladi. 
Taqsimlash jarayonlari faqatgina Moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy
kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. 


Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MDning taqsimlanishidan oldin 
tovar realizasiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizasiyasidan kelib tushishi 
mumkin bо‘lgan pul mablag’larining о‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari 
uchun boshlang’ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bо‘lgan talab va taklifni 
tartibga soladi va Shu orqali takror ishlab chiqarishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pyensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini 
aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan kо‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni 
tartibga solmasa, sosial tо‘lovlarni korryektirovka (о‘zgartirishga) qilishga va minimal ish haqini 
oshirishga majbur bо‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda kо‘p mamlakatlarida davlat sosial 
ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini korryektirovka qilayotir (о‘zgartirayotir). 
Baho, Shuningdyek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat 
tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari kо‘plab tovar guruhlari 
bо‘yicha sotib olish olish bahosi bо‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi 
normativ baholar bо‘yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan 
taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. 
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. 
Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat 
qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus Moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan 
ssuda fondining harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof kо‘rinishda tuShuniladigan kredit 
davlatga bevosita bog’liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada 
aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar о‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab 
chiqarishni modernizasiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning 
о‘zida, kredit - byudjet defisiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib 
tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bо‘lgan paytda)
qoplashning muhim shakli. О‘z navbatida, agar byudjet mablag’lari tijorat banklarining hisob 
varaqlarida saqlanayotgan bо‘lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir. 
Kredit Moliyadan (Moliyalashtirishdan) о‘zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan 
farqlanadi. Bir vaqtning о‘zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining harakatlanishini 
ifodalaydi hamda kredit va Moliya pul munosabatlarining chyegarasidan (ramkasidan) chyetga 
chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining 
bо‘sh pul mablag’larini akkumulyasiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, 
haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj syezgan korxonalarga beradilar. Agar Moliya 
qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini 
ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan о‘rnatilgan foizlarni tо‘lagan 
holda qaytarilishi kerak. 
YUqorida kyeltirib о‘tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bо‘lib, 
ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada 
asoslangan tarzda pulli tо‘lanma, ya’ni pul dyeb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul 
bо‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. 
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga 
berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining qо‘llanishini taqozo etadi. Biroq, 
bundan tashqari, soliq bizga tyegishli bо‘lgan daromad va ish haqining bir qismidir. О‘z 
navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bо‘yicha opyerasiyalar ham davlat 
daromadlarining manbai hisoblanadi.
YUqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-
birlaridan о‘zlarining funksiyalari va mо‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda 
kategoriyalarga tyegishli bо‘lgan barcha belgilarning majmui kо‘rib chiqilsagina ularni farqlash 
mumkin. Xususan, noekvivalyent xarakterga ega bо‘lgan va davlatning mavjudligi natijasida 
vujudga kyeladigan jamiyatdagi pul munosabatlari davlat Moliyasi deyiladi. Taqsimlash 
sohasidan tashqarida Moliya mavjud bо‘lmaydi. Agar Moliya qayta taqsimlash sohasiga о‘tsa, u 
boshqa iqtisodiy kategoriyalarning belgilarini о‘zida mujassam etadi. 



Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish