4. Moliya genezisi (taraqqiyoti)
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar (tuzumlar) bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari
bilan farqlanadi. О‘z navbatida, yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. YAngi ishlab chiqarish munosabatlariga
davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida olingan davlatda о‘zgarishlar Yuqoridagidyek
kyetma-kyetlikda va bog’liqlikda sodir bо‘lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy
qonuniyat xususiy holatlarga bog’liq bо‘lmaydi. Har bir ijtimoiy formasiya va Shunga muvofiq
ravishda, Shu formasiyadagi (tuzumdagi) davlatga ma’lum bir Moliyaviy tuzilma javob beradi
(mos kyeladi). Turli ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarda (tuzumlarda) Moliyaning farqlanishi
quyidagi sabablar bilan belgilanadi:
har qanday ijtimoiy formasiyaga (tuzumga) jamiyatning о‘z sinfiy tuzilmasi mos kyeladi.
Bunda Moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga
qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;
har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada (tuzumda) Moliya hukmron sinfning
manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bо‘ysunadi;
ishlab chiqarishning yangi usuli xо‘jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga
kyeltiradi. Masalan, quldorlik va fyeodal formasiyalarda (tuzumlarda) natural
munosabatlar xos bо‘lgan bо‘lsa, Shunga mos ravishda davlat daromadlarini
shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xо‘jalik tovar-pul
munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul
shaklida amalga oshiriladi;
agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va
sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, Shu vazifalarga Moliya ham xizmat qiladi;
XX asr tajribasi ogohlantiradi (о‘qitadi, ta’lim beradi, tarbiyalaydi):
-
aniq sinflarga bо‘lingan davlat mavjud bо‘lmaydi;
-
turli ijtimoiy tuzilmaga ega bо‘lgan davlatlar bir tarixiy davrda bо‘lishi mumkin;
-
bir ijtimoiy-tarixiy formasiyadan (tuzumdan) ikkinchisiga о‘tish asrlar davomida
sodir bо‘lishi mumkin;
-
faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki Moliyaning ham eksport
qilinish ehtimoli mavjud.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda
ham pul о‘zining barcha funksiyalarini bajaraolmagan. Shunga mos ravishda pul
munosabatlarining tizimi sifatida Moliya ham eng umumiylik kasb etaolmagan. Ibtidoiy-jamoa
tuzumining xо‘jalik tuzilmasi tо‘g’risida aniq ma’lumotlar mavjud bо‘lmaganligi uchun gumon
(taxmin) qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yо‘q bо‘lganligi uchun ana Shunday
davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish ham bо‘lmagan. Davlat apparatining
shakllanishi, unga tyegishli bо‘lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qо‘shinlarga
asos solinishi, yо‘l qurilishining jorish etilishi bilan Moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik
davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontribusiyalar, harbiy о‘ljalar, natural soliqlar va
boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir
guruhlari pul kо‘rinishidagi soliqlarni tо‘lagan bо‘lishi mumkin. Shunday bо‘lishiga
qaramasdan, quldorlik formasiyasiyasida (tuzumida) pul kо‘rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik
xarakteriga ega edi. Xuddi Shuningdyek, natural xо‘jalik Yuritishga asoslangan fyeodalizmda
ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilishi mumkin emas edi.
Shuni idrok etish (tuShunish) eng muhimki, jamiyatning tovar-pul munosabatlariga
о‘tishi munosabati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida Moliya umumiylik xarakteriga ega bо‘ladi.
Biroq, hatto ana Shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulsiz xarakterga ega
bо‘lgan myetodlari saqlanib qolishi mumkin. Buning mumtoz misoli sifatida yoppasiga harbiy
majburiyatni kо‘rsatib о‘tish mumkin.
Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat о‘z funksiyalarini amalga
oshirish uchun zarur bо‘lgan fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini
yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan
foydalanishning shakllari va myetodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq, fondlarni
shakllantirishning manbalari cheklangan va hyech bir davlat о‘z ehtiyojlarini qondirish uchun
daromadlarning yangi manbalarini ixtiro qilish mumkin emas. Bu yerda gap undirishning
shakllari tо‘g’risida emas, balki uning ob’yektlari tо‘g’risida kyetayapti. Ana Shunday ob’yektlar
sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari tо‘g’risida
gapiriladigan bо‘lsa, u holda hatto antik gryek davlatlaridayoq tо‘g’ri (bevosita) soliqlar bilan
birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bо‘lgan. Tо‘g’ri (bevosita) soliqlar yer va mol
egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar
bojxona bojlari va savdoga soliq shakllarida maydonga chiqqan.
Rim impyeriyasida armiyada pulli tо‘lanmalar (yollanmalar va ofisyerlar uchun) joriy
etilgan. Bu va Shunga о‘xshash boshqa ehtiyojlar (tamoshalarni tashkil etish, ishsiz fuqarolarga
yordam kо‘rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun ham harbiy о‘ljalar
va kontribusiyalarga qо‘shimcha ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish
uchun tо‘lanadigan soliq ana Shunday soliqlarning dastlabkisidir. Nooziq-ovqat buYumlarini
sotganlik uchun (1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar davrida har bir fuqaro mol-
mulkdan undiriladigan favqulodda soliqni ham tо‘lagan. 5% miqdorida undiriladigan myerosdan
olinadigan soliq joriy etilgan. Ijtimoiy tuzum sifatida fyeodalizm yo qullarga egalik qilish, yo
patriarxal tuzum asosida rivojlangan. Biroq bu yerga xususiy egalik va dyehqonlarning
kryepostnoyligiga (biriktirilganligiga) asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir kо‘rsatmagan.
Kryepostnoy (biriktirilgan) dyehqonlar bо‘lmagan joyda fyeodalizm ham mavjud bо‘lmagan.
Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning funksiyalari
fyeodallarning ta’siri ostida belgilangan. Fyeodal о‘zi egalik qiladigan joy chyegaralari doirasida
о‘z soliqlarining tizimini joriy etgan. Markaziy hokimiyat xо‘jalik hayotiga, xususan, aholini
soliqqa tortish masalalarini faqat fyeodal bilan muvofiqlashtirilgan chyegara doirasida
aralaShuvi mumkin edi. Yevropada fyeodal bо‘linuvchanlikka birinchi marta salb Yurishlari
orqali kelib chiqqan risarliklarning kuchsizlanishi oqibatida barham berilgan
1
. Alohida olingan
davlatlar о‘rtasidagi urushlar boshqalarga nisbatan urushlar tufayli boyigan mamlakatlarda
qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. YEr egalarini saqlashga sarf qilingan tо‘lanmalardan
tashqari dyehqonlar yо‘llar, qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog’liq
bо‘lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bо‘lganlar. Hunarmandlar fyeodal va shahar
hokimiyatlariga soliqlarni faqat о‘zlarining buYumlari bilan emas, balki pullari bilan ham
tо‘laganlar. Savdogarlar fyeodalga sovg’alar va daromadlaridan tо‘lovlardan tashqari tranzit va
boshqa bojlarni tо‘laganlar.
О‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor о‘z soliqlari va о‘lponlarini joriy etgan. Hatto
davlatning ichida ham soliq va о‘lponlarni unifikasiya qilish tо‘g’risida gap bо‘lmagan.
AbsolYutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi pulli soliqlarga
о‘tishga sabab bо‘ldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha Yuqori bо‘lsa, pulli soliqlarning
salmog’i ham Shuncha katta bо‘la borgan. Fyeodalizmning о‘rta va sо‘nggi davrlariga xos
bо‘lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining mavjudligini e’tirof etish mumkin.
Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan summani tо‘lab, daromadlarning katta
qismini о‘z ixtiyorlariga qoldirganlar. Shuning uchun ham sotib oluvchilar, savdogarlar,
hunarmandlar fyeodal munosabatlarni burjua munosabatlariga aylantirishda eng asosiy
manfaatdorlar shaklida maydonga chiqqanlar.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qо‘lida katta miqdordagi pul
resurslarining tо‘planishga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi
mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va
pryefyeryensiyalari, tо‘siqli bojxona bojlari va soliq immunityetlari kapitalning jamg’arilishiga
olib kyeldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg’arilgan kapital endigina tug’ilib
kyelayotgan sanoat sari yо‘l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga о‘z ta’sirini
1
Афсуски, Ўрта Осиёдаги вазият баъзи бир объектив ва субъектив сабабларга кўра
тегишли мутахассислар томонидан етарли даражада тадқиқ этилмаганлиги ва мавжуд
манбалар устида ишлашнинг жуда мураккаблиги муносабати билан масаланинг бу
жиҳатларига ўз Ватанимиз мисолида тўхталиб ўтишга имконимиз йўқ. Қўлланманинг
кейинги нашрларида бунга барҳам беришга ҳаракат қиламиз ва уни тегишли ишончли
материаллар билан бойитиб, тўлдирамиз.
kо‘rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz fyeodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy
inshootlar, flotni qurishning buYurtmachisi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq tizimi orqali
qayta taqsimlab kapitalning sanoatda tо‘planishiga (jamg’arilishiga) olib kyeldi (imkon berdi).
Kapitalning jamg’arilishiga sanoatning rivojlanishini rag’batlantirgan, burjuaziyaning
mustahkamlanishiga sharoit yaratib bergan mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi.
SHaharlar va sanoatning rivojlanishi ishchi kuchi oqimini talab etgan. Ishchilar
salmog’ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib borishi jamiyatdagi natural munosabatlarni
qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga о‘z ta’sirini
kо‘rsatdi. Burjuaziya tomonidan hokimiyatning qо‘lga kiritilishi monarxiyaning yemirilishi yoki
uning hokimiyatchilik vakolatlaridan mahrum bо‘lganligini anglatadi. Hokimiyat tyepasiga
kelib, burjuaziya “soliq zulmi”ni pasaytirishga emas, balki fyeodallarga tyegishli bо‘lgan
imtiyozlarga barham berishga va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga Yuklashga intildi.
Davlatdagi umumiy soliq Yuki yengillashmaydi. Turlicha tarzda ta’sir etadigan omillarning
ta’siri ostida burjuaziya kapitalni yanada jamg’arish va о‘z foydasini yanada о‘stirish uchun
о‘zini tyegishli imkoniyatlar bilan ta’minladi.
Kapitallar harakatidagi milliy chyegaralarga barham berilishi bilan banklar, birjalar va
mustamlkachilik urushlari bunday vaziyatning instrumyentlari bshlib qoldi. Burjuaziya
ekspluatasiya qilishning butun og’irligini bosb olingan mustamlakalar ishchilari gardaniga
Yuklab, о‘z mamlakatlari ishchilarining ashaddiy himoyachilariga aylandi. О‘z daromadlari
uchun ishchilar sinfining qarshi kurashi burjuaziya qо‘lida kapitalning yanada
konsyentrasiyalaShuviga (tо‘planishiga) imkon beruvchi yangi Moliyaviy institutlarning paydo
bо‘lishiga olib kyeldi. Bu yerda gap tibbiy va sosial sug’urta, mol-mulk va hayot sug’urtasi
tizimlari tо‘g’risida kyetayapti. Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli soliqlarning juda
katta qismini о‘z qо‘liga qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga
buYurtmalar orqali tо‘playdi (konsyentrasiya qiladi).
Xususiy-tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning taraqqiy etishi
bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va Shu asosda kapitalning rivojlangan
mamlakatlarda konsyentrasiyalaShuvi kuzatiladi. Na faqat soliq imtiyozlari va hukumat
buYurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, norentabelli korxonalar va butun
tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish infratuzilmani Moliyalashtirish va h.k.lar orqali davlat
har doim milliy burjuaziyaning pozisiyalarini mustahkamlashda hal qiluvchi rolni о‘ynaydi.
Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnasiya davrlarida soliqlar, kreditlar va buYurtmalar
bilan manipulyasiya qilish asosida о‘zining tartibga soluvchilik (ryegulyatorlik) rolini
faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 1929 yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSH
hukumatining Yurgizgan siyosatini kо‘rsatish mumkin.
Bugun kundalik turmushga “finansi” (“Moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallifni
aniqlash juda murakkab. Bu atamaning birinchi muallifi sifatida 1577 yilda “Respublika
xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Bodyenni qoldirish (hisoblash)
mumkin. Undan sо‘ng bu atama dunyoning barcha boshqa tillariga kirib borgan. Biroq ayrim
adabiyotlarda bu atamaning lotin tilidan olinganligi tо‘g’risida isbotlanmagan qarashlar ham
mavjud. Bu nashrda «finansi» («Moliya») atamasi davlat va takror ishlab chiqarish
munosabatlarining boshqa sub’yektlari о‘rtasidagi munosabatlar tizimini ifodalash uchun
foydalanilgan. Hozirgi nuqtai-nazardan bu munosabatlarni Moliyaga kiritish maqsadga muvofiq
emas. CHunki ular pulli xarakterga ega bо‘lmagan. Biroq, natural munosabatlar ustuvorlik
qilgan iqtisodiy formasiyalardagi (tuzumlardagi) natural soliqlar va shaxsiy tо‘lanmalarning
iqtisodiy mohiyati tovar-pul munosabatlari rivojlangan iqtisodiy formasiyalardagi (tuzumlardagi)
pulli soliqlarning iqtisodiy mohiyati bilan bir xildir.
Moliyaga bag’ishlangan ishning birinchi Yevropalik muallifi Ksyenofont (eramizdan
avvalgi 430-355 yillar) hisoblanadi. Uning Shu xususdagi asari “Afina respublikasining
daromadlari tо‘g’risida” dyeb nomlangan. Aristotyelda (eramizdan avvalgi 384-322 yillar)
Moliya sohasidagi qarashlar uning “Afina davlat tuzilmasi” dyeb nomlangan asarida bayon
qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar tо‘g’risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining
nomi ham fanda ma’lum. Moliya muammolari bilan Shug’ullangan Yevropalik olimlarning
uzoq rо‘yxatini F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) boshlab beradi. U ilk marta qirolning soliqlarni
undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
Moliya bо‘yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Pyetrarka, D.Karaf, Bernardo,
F.Gvichchardini, Dj.Botyero, N.Makiavyeli va boshqa italiyaliklarni kiritish mumkin.
XUP asrda Moliya nazariyasining rivjlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qо‘shgan.
Ularning orasidan T.Myen, Dj.Lokk, T.Gobbs, Gautonlarni alohida ajratib kо‘rsatish kerak.
L. fon Syekyendorf, S.Pufyendorf, I.YUsti va I.Zonnyenfyels kabi nyemis olimlari XUP-
XUSH asrlarda Moliya fanini boyitishga о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shganlar. Ular
adabiyotlarda kamyeralistikaning nyemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.YUsti 1746 yilda
nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida Moliya tо‘g’risidagi kamyeralistik maktab
vakillarining qarashlarini umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta Moliya fani va Moliyaviy
siyosat ajratilib kо‘rsatilgan (chyegaralangan).
Fiziokratlarning о‘tmishdoshlari ham iqtisodiyotni о‘rganganlar. Ularning asarlarida
Moliyaning turli yо‘nalishlari (aspyektlari) tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga
T.Gobbs, Dj.Lokk, D.YUm, V.Pyetti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.StYuartlarni kо‘rsatish mumkin.
Aynan V.Pyetti (1623-1687 yillar) о‘zining “Soliqlar va yig’imlar xususida traktatlar” asari
bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi.
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi (tug’ilishi) va rivojlanishi XUSH asrga
tо‘g’ri kyeladi. Bu maktabning vakillari Moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni
mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar – A.TYurgo, F.Kyene
va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil
bо‘lishiga qaramasdan mumtoz maktab vakillarining Moliya tо‘g’risidagi ta’limotlarini quyidagi
tо‘rtta asosiy yо‘nalishga kyeltirish mumkin:
davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi;
davlatni saqlash (ushlab turish) arzon bо‘lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv
xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;
davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini, buza olmaydi, cheklovchi
bojxona bojlari va monopoliyalarni о‘rnatish yо‘li bilan ham mamlakatning xо‘jalik
hayotiga aralashmasligi kerak;
davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etmog’i lozim:
-
о‘z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq tо‘lashi kerak (bu qoida
ruhoniylar va asozodalarning soliq immunityetiga qarshi yо‘naltirilgan);
-
soliqni oldindan aniq belgilash (aniqlash) zarur;
-
soliqni soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lgan vaqtda undirish lozim;
-
soliqlarning undirilishi (olinishi) arzon bо‘lishi kerak.
Kapitalistik tizimning fyeodalizm ustidan g’alabasi yangi ishlab chiqarish
munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarning
vujudga kelishiga olib kyeldi. SHо‘rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari vulgar
iqtisodchilar guruhiga birlashtirilgan edi. CHunki ular, asosan, davlat daromadlarini
shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini tahlil etish burjua
hukumatlari tо‘g’risida salbiy tasavvur hosil qilishi mumkinligi tо‘g’ri dyeb hisoblagan edilar.
Bu maktabning yetakchi namoyandalaridan biri “Siyosiy iqtisod asoslari” dyeb nomlangan о‘z
asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. X1X asrning oxirlaridagi Moliyachi-olimlar
qatoriga 1877 yilda Moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Lye-rua-Bolyeni va 1892 yilda
“Davlat Moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. X1X asrda Moliya
nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qо‘shib, 1826-1832 yillarda uchinchi qismi tо‘liq
Moliyaga bag’ishlangan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning “Moliya fanining
asosiy boshlanishi” dyeb nomlangan asari 1867 yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada
Moliya fanining rivojlanishiga о‘zining keskin ta’sirini kо‘rsatgan.
X1X asrning birinchi 1/3ida nashr etilgan nyemis olimlaridan Sodyen (1811 yil), YAkob
(1821 yil), Malxus (1830 yil) va SHyenlarning (1832 yil) Moliya tо‘g’risidagi asarlari alohida
mashhurlikka ega bо‘lmagan bо‘lsa-da, Lekin bu ishlar “Moliya” tuShunchasining tarkibiga
birinchi marta mahalliy Moliyani kiritgan L.fon SHtyeyn va Moliya fanining mumtozi
A.Vagnyerlar (uning “Moliya tо‘g’risidagi fan” asari 1880 yilda nashr etilgan)
dunyoqarashlarining shakllanishida katta rol о‘ynadi. X1X asr oxirlarining yetakchi Moliyachi-
olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQSHlik E.Syeligmanni va nihoyat,
“Moliya fani asoslari” dyeb nomlangan asari 1869 yilda (1900 yilda – rus tilida) nashrdan
chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin. XX asr Moliyachilarining qarashlari maxsus
adabiyotlarda yetarli darajada bayon qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir ob’yektiv va sub’yektiv
sabablarga kо‘ra, rus iqtisodiy (Moliyaviy) adabiyotida “Moliya” tuShunchasining genezisini
(taraqqiy etishini) kо‘rib chiqish ham ma’lum bir ahamiyatga egadir.
Moliya sohasidagi bayonning birinchi rus muallifi Ivan Grozniy davrida yashagan
I.S.Pyeryesvyetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina
daromadlarini kо‘paytirish va davlat resurslarini markazlashtirishning tarafdori bо‘lgan.
XUP asrdan bizgacha YU.Krijanich va G.Kotoshixinlarning Moliya xususidagi asarlari
ham yetib kyelgan. YU.Krijanich о‘z asarlarida Yevropalik mualliflarning iqtisod va Moliyaga
oid qarashlari va mulohazalaridan keng foydalanadi, ularni Rossiyaning ehtiyojlariga
“bog’laydi”. U davlatning boyishi usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki
guruhga – boyishning “tо‘g’ri” va “notо‘g’ri” usullariga bо‘ladi va bu narsalarning dunyoda
allaqachan ma’lum ekanligi va ularning yangilarini о‘ylab topmaslik kerak dyeb hisoblaydi.
G.Kotoshixinning 1664 yilda yozilgan va “Alyeksyey Mixaylovich podshohligidagi
Rossiya tо‘g’risida” dyeb nomlangan asari oradan ikki Yuz yil о‘tgandan sо‘ng ma’lum bо‘lgan.
Unda XUP asrning о‘rtalaridagi Rossiyaga tyegishli bо‘lgan katta ma’lumotlar kyeltirilgan.
XUSH asrning boshlarida Moliya nazariyotchilarining yirik vakili I.Pososhkov
hisoblanadi. Uning Moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani
undirayotgan paytda uning tо‘lovchisini xonavayron qilmasdan, tо‘lovchidan tо‘lovni amalga
oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim.
XUSH asrning ikkinchi yarmida Moliya nazariyasiga oid bir nyecha asarlar paydo
bо‘ldi. Ularning orasida yaqqol kо‘zga tashlangani A.Polyenovning “Rossiya dyehqonlarining
kryepostnoylik holati xususida” dyeb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bо‘lib
“soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug’urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning
amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.
A.Narishkin 1767 yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” dyeb nomlangan maqolasida
soliqlarga oid bir nyecha qiziqarli mulohazarlarni oldinga suradi, soliqlar va davlat о‘rtasidagi
bog’liqlikni tahlil qiladi.
Rossiyada “Moliya” atamasining paydo bо‘lishi XUSH asrga borib taqaladi. Bu atama
rus tiliga fransuz tilidan kirib kyelgan bо‘lib, qariyb yarim asr mobaynida “xazina” atamasi bilan
yonma-yon ishlatilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “Moliya” ilmiy tuShunchasi 1767
yilda Moskva univyersityeti tomonidan nashr etilgan “Ensiklopyediyadan tarjimalar” kitobining
sо‘zboshisida ishlatilgan. Bu yerda “Moliya” tuShunchasi “davlat daromadlariga tyegishli
bо‘lgan ish” dyeb talqil qilingan. Uni ilmiy muomalaga birinchi marta Moskva
univyersityetining huquq bо‘yicha profyessori S.Dyesniskiy kiritgan. 1802 yilda Moliya
vazirligining tashkil etilishi bilan bu atama ilmiy muomalalarda mustahkam о‘rin egallay
boshladi. Biroq 1835 yilga qadar, ya’ni rus univyersityetlarida “Moliyaviy huquq” kursi paydo
bо‘lgancha qadar Moliya mustaqil fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning tarkibiy qismi
sifatida qaralgan. Amaliyotda esa, kо‘proq “xazina” atamasi ishlatilgan.
A.Radishyev о‘zining “Jon yig’imi xususida” dyeb nomlangan asarida birinchi marta
soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, turlarini tadqiq etgan.
Moliya tо‘g’risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 yillarda N.Turgenyev
tomonidan yozilgan.
Moliya sohasidagi о‘ziga xos asarlarga graf Spyeranskiyning Moliyaviy Rejasini, Moliya
nazariyasi bо‘yicha birinchi ruscha bо‘lgan I.Gorlovning darsligini, YU.Gagyemaystyer, V.Kuri,
D.Tolstoylarning Moliyaning rivojlanish tarixiga bag’ishlangan tadqiqotlarini, M.Orlovning
davlat krediti tо‘g’risidagi ishlarini kiritish mumkin.
X1X asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va Moliyaning nazariy masalalariga
bag’ishlangan asarlar orasida I.SHilning monografiyasi alohida о‘rin egallaydi. Uning fikricha,
Moliya nazariyasi davlat xazinasi g’oyasiga bо‘ysundirilgan.
Rus fanida F.Milgauzyen birinchi marta Moliya va Moliya fanini chyegaralab bergan. U
birinchilardan bо‘lib, Moliyaning pulli tabiatidan voz kyechgan.
Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov о‘zining о‘tmishdoshlaridan ancha oldinga
kyetgan va u Moliya deyilganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum bir ijtimoiy
munosabatlarni tuShungan.
X1X asrning oxirlarida V.Lyebyedyev, I.YAnjul, L.Xodskiy, S.Vittye va I.Ozyerovlar
asarlari Moliya nazariyasini rivojlantirishga о‘zining munosib hissasini qо‘shgan.
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning Moliya fani akadyemik I.YAnjulning asarlarida о‘z
ifodasini topgan. Uning fikricha, Moliya fanining pryedmyeti davlatning moddiy ehtiyojlarini
eng yaxshi qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi.
Rossiya Moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozyerovning xizmatlari ham katta. U
Moliyaga nisbatan yangicha yondoShuvni asoslab bergan. Uning nazarida Moliya vosita yoki
resurs emas, balki munosabatlardir.
Prof. L.Xodskiy Moliya fanining chyegaralarini biroz kengaytiradi va uning tarkibiga pul
muomalasi masalalarini ham kiritadi.
1882-1885 yillarda о‘zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr ettirgan Sankt-Pyetyerburg
univyersityetining profyessori V.Lyebyedyev ham Moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib
xizmat kо‘rsatgan. U Moliyaning tarkibiga faqat pul daromadlarini kiritibgina qolmasdan,
natural soliqlarni ham kiritadi, davlat xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi.
XX asrning boshlarida Moliyaga oid M.Bogolyepov, V.Tvyerdoxlyebov, A.Bukovyeskiy
va P.Genzyellarning asarlari paydo bо‘ladi.
SHо‘rolar davrida Moliya fanining taraqqiy etishida etishida V.Dyachyenko,
A.Alyeksandrov, A.Birman, E.Voznyesyenskiy, V.CHantladzye, B.Boldiryev, V.Rodionova,
P.Nikolskiylar о‘ziga xos tarzda yondoshganlar. Ularning asarlari hozirgi kunda о‘z talabiga ega
bо‘lmasa-da, bizning fikrimizcha, kyeyingi yillar tadqiqotchilari uchun ular qiziqarli pryedmyet
bо‘lishi, Shubhasiz.
Moliya genezisida (taraqqiyotida) va uning nazariy masalalarini tadqiq etishda
о‘zbekistonlik Moliyachi olimlarning zalvori, ba’zi bir ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga
kо‘ra, Yuqori bо‘lmasa-da, Shunday bо‘lishiga qaramasdan bu borada prof.H.Sobirov,
dos.X.Muratov,
dos.H.Muxamyednazarov,
dos.Q.YAh’yoyev,
prof.O.Olimjonov,
prof.T.Malikov, prof.N.Haydarov, prof.O.Iminov, prof.A.Jо‘rayev, prof. M.Almardonov va
boshqalarning qarashlari ham о‘z о‘rniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |