i.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy
qismlari (yо‘nalishlari)
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
byudjet siyosati;
soliq siyosati;
pul siyosati;
kredit siyosati;
baho siyosati;
investision siyosat;
sosial Moliyaviy siyosat;
boj siyosati.
О‘z navbatida, Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va sosial siyosatini amalga
oshirishning vositasi bо‘lib hisoblanadi va Shu ma’noda yordamchi rolni о‘ynaydi. Bir vaqtning
о‘zida davlat siyosatining boshqa – milliy, gyeosiyosat, harbiy – yо‘nalishlari ham mavjudligini
esdan chiqarmaslik kerak. Ana Shu barcha byesh yо‘nalishning (iqtisodiy, sosial, milliy,
gyeosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy
instrumyenti sifatida xizmat qiladigan Moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning
Yuqori (oliy) organlariga tyegishlidir. Mamlakatning sub’yektlari darajasida Moliyaviy siyosat
borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy
soliqlar bilan chyegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati,
eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun
ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar
majmuiga muvofiq aniqlanadi. О‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga
qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tyegishli dyeb hisoblash maqsadga
muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari
funksiyalarini, mamlakat sub’yektlari funksiyalarini, byudjet fyedyeralizmi prinsiplarini, byudjet
jarayoni sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq
byudjet siyosati Shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda konsyentrasiya qilinadigan
(tо‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat Yuqori va quyi organlarining о‘zaro
munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar
о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defisitini qoplash
yо‘llarini aniqlashda va h.k.larda ifodalanadi.
Dyemokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda
davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida konsyentrasiya qilingan
(tо‘plangan) pul mablag’larining harakati о‘z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab
beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining
ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan
mablag’lardan kо‘p mablag’ talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning
quyidagi favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy
boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsyessiyalar. Byudjetning daromadlar
qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yо‘qolishiga olib kelishi
mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning
chyegarasini oldindan belgilaydi.
Soliq siyosati Moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi. Byesh
Yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy Moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini
aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi:
soliqlarsiz davlatning faoliyat kо‘satishi mumkin emas;
soliqli undirish qat’iy о‘sish tyendyensiyasiga ega;
oqilona soliq ostonasidan о‘tilganidan sо‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni
buziladi – iqtisodiyotning о‘z-о‘zidan buzilishi (yemirilishi) sodir bо‘ladi;
tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada о‘rnatilmog’i lozim. Buning
natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investision salohiyatni safarbar etish
hisobidan tiklanadi;
soliqning Yuqori ostonasi kapitalning chyetga chiqib kyetishiga olib kyeladi;
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar о‘lchovlarda
sof daromadning 30%dan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy о‘sishi
tо‘xtaydi;
soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bо‘lishi va barcha takror ishlab chiqarish
sub’yektlari uchun tyeng bо‘lishi kerak;
soliq tizimi konfiskasion xarakterga ega bо‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual
daromadlarning о‘sishida ifodalangan milliy boylikning о‘sishi soliqqa tortiladigan
bazaning (asosning) barqaror о‘sishini ta’minlashi mumkin;
qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning
summar о‘lchovi barqaror о‘sish tyendyensiyasiga ega bо‘ladi. Barqarorlik kafolati
sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona
iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini)
qisqartiravyeradi;
soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog’i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish
ob’yektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish
bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va pirovardida,
mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod dyeb e’lon qilish va h.k. yо‘llar orqali
iqtisodiyotning yemirilishiga olib kyeladi;
soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish
nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi
asosiy qismining qashshoqlanishiga olib kyeladi. CHunki bunday soliqlarning Yuki
tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) istye’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni
yashash minimumi darajasida yoki sosial tirikchilik darajasida daromadga ega bо‘lgan
aholining 80-90% qismiga Yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida
istye’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;
egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi Shundaki, bu tizimda aholining asosiy
qismidan jamg’armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi
Moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kyechgan
AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
egri (bilvosita) soliqlarni sog’liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zyebu-ziynat buYumlari,
ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha о‘ziga xos
bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib hisoblanishi
(xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan qurmoq
lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining
samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolavyeradi. Soliqlar bozor
iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag’batlantirilishini (motivasiya qilinishini) olib qо‘yadi, ya’ni
mehnat daromad kyeltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita
namoyon bо‘ladi – Yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investision
imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda istye’mol darajasi pasayadi va bu narsa, о‘z
navbatida, ishlab chiqarish va xizmat syektorlarining о‘sish bazalarining (asoslarining)
pasayishiga olib kyeladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir.
Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tyezligini hisobga
olgan holda) mos kyelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati)
hisobidan yoki xorijiy valYuta hisobidan tо‘ldiriladi (tiklanadi). Va aksincha, agar pul massasi
unga bо‘lgan talabdan ortiq bо‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chyetga chiqishi (oqishi)
yoki milliy valYutaning qadrsizlanishi sodir bо‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi
mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita bog’liq – mamlakatda xorijiy valYutaning
muomalada bо‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yо‘qmi, milliy valYuta konvyertasiya qilinadimi
yoki yо‘qmi? va h.k.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga
nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib kyeladi.
Emissiya siyosati va milliy valYutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir
(yо‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bо‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan
tashqari yana boshqa bir yо‘nalishga ega. Bu yо‘nalish byudjet daromadlarini kо‘paytirishdir.
Ana Shu yо‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. CHunki ma’lum bir miqdoriy chyegaradan
о‘tilganidan sо‘ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta’sirchan) bо‘lib qoladi, ya’ni byudjet
daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bо‘lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga kо‘ra
davlat о‘z pul tizimini tartibga solishga qodir bо‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga
putur yetadi. CHunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valYutasi boshqa kuchli
valYutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bо‘lib qolish
mumkin (о‘zaro hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va h.k.lar orqali).
Kredit siyosati ham Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) bо‘lib, uning
namoyon bо‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda
kapitalining faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi. О‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni
tо‘ldirish va investisiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning
kredit syektori о‘rtacha foyda normasini tyenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz
stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. U asossiz
darajada Yuqori bо‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
kreditlarning qaytarilmasligi;
ishlab chiqarish syektori va xizmatlar syektorida mahsulotlar narxining о‘sishi;
qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa
tortiladigan bazaning qisqarishi;
ishlab chiqarishning qisqarishi;
takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlariningpasayishi natijasida ichki
istye’mol bozorining torayishi.
Aksincha, kreditning arzonlaShuvi ishlab chiqarishning sog’lomlaShuviga, tovarlar
massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana Shularning natijasida
esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish
bazasining kengayishiga va buning oqibatida byudjet daromadlarining kо‘payishiga olib kyeladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning baho siyosati
monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining korryektivka qilinishi (о‘zgartirilishi) orqali
ifodalanadi. YEr, osti boyliklari, suv havzalari, tyemir yо‘llar, elyektr uzatish tarmoqlari, nyeft
va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari
bahosining о‘sishi (ortishi) milliy xо‘jalik barcha boshqa syektorlarida baholarning о‘sishiga
olib kyeladi. Bu yerda bog’lanish Shunchalik ayonki, hyech qanday izohga hojat yо‘q. Shuning
uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bо‘lib hisoblanadi.
Investisiya siyosati Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) biri
bо‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real syektoriga о‘z va xorijiy investisiyalarni
jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bо‘yicha tadbirlar komplyeksidan iborat. Bu siyosat davlat
boshqaruvi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasini boshqarishning turli darajalarida
amalga oshiriladi. Investision siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar
tomonidan Moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning “qochib”
kyetmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun
sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.
Sosial Moliyaviy siyosat Konstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini
Moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda bu siyosat, о‘z navbatida, pyensiya
siyosati, immigrasion siyosat, aholi ayrim sosial guruhlariga Moliyaviy yordam kо‘rsatish
siyosati va boshqa siyosatlarni о‘z ichiga oladi.
Boj siyosatini Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida qarash bilan
birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. CHunki
soliqlar va bojlar (boj yig’imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bir
vaqtning о‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos bо‘lgan
usuliga ham egadir. Usulning о‘ziga xosligi Shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki
bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi
tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga
tо‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda о‘xshashi bо‘lmagan texnologik asbob-
uskunani import qilishga 20% li boj yig’imi о‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab
chiqaruvchilarning investision imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning о‘sish
sur’atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmog’ini oshiradi.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumyerang harakatiga egadir. CHunki boj
undirishning cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi xuddi Shunday javob
choralarining qо‘llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati yо‘nalishining tanlanishi mamlakatning
iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj
tovarlarining import qilinishiga bog’liq bо‘lsak, bu boj stavkalarida о‘z aksini topmog’i lozim.
Ammo boj stavkalari rag’batlantiruvchi bо‘lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar
xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va
tо‘lovlarini oshirishga yо‘naltirilgan byudjet siyosatiga bog’liq bо‘ladi.
Xullas, Moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) ilmiy jihatdan
asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab
chiqarish sub’yektlarining manfaatlariga zid bо‘lmaydigan bо‘lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlarining kamayishiga, davlatning oltin-valYuta
zahiralarining ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defisitining kamayishiga, YAIM
kо‘payishiga, mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kyelmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |