Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
 
 
2-mavzu: Moliyaviy siyosat 
Reja: 
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari 
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy
qismlari (yо‘nalishlari) 
3.Hozirgi bosqichdagi Moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari
 
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari 
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. 
Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element 
hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil 


faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga 
oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. 
Sosial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa 
sosial ehtiyojlarning rivojlanishi tuShunilibgina qolmasdan jamiyatning sosial tuzilmasi ham 
tuShuniladi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qо‘yish 
maqsadga muvofiq emas. 
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti 
hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sosial, madaniy 
yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g’risida gapiriladi. 
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning 
о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim 
vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro 
munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas. 
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: 

bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos 
qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan istiqboldagi va yaqin 
kunlardagi vazifalarni konkryetlashtirish; 

yordamida qо‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va 
istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning myetodlari, 
vositalari va konkryet shakllarini ishlab chiqish; 

qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish, 
ularning bajarilishini tashkil qilish. 
Dyemak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror 
ishlab chiqarish jarayonini Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni 
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yо‘naltiriladigan maqsad va 
vazifalarning yechilishini aniqlashga Moliyaviy siyosat deyiladi. 
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: Moliyadan 
foydalanishning myetodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va myetodologik 
prinsiplarining majmuiga (yig’indisiga) Moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda Moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi uchun 
Moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan davlat organlarining ma’lum bir 
faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir nyecha xavfni mujassam etadi. Buning 
boisi Shundaki, milliy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g’risidagi jamiyatda hukmron 
bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham о‘zgaradi, 
transformasiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralaShuvi, aholi turmush 
darajasi sosial-iqtisodiy sharoitlarini tyenglashtirish va Shunga о‘xshash davlatning funksiyalari 
va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. 
Buning ustiga, Moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi 
(instrumyenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish 
organlari bilan Moliya tizimining boshqa sub’yektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va 
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlari manfaatlari о‘rtasida qarama-qarshiliklarni kyeltirib chiqadi. 
Masalan, kо‘plab mutaxassislar, Shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari 
tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznyesning ayrim sohalari 
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan 
asoslansa-Yu, Moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida о‘zgarmasdan qolavyersa, amalga 
oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini о‘zgartirmasa, bunday holda davlatning 
Moliyaviy sisati davlat hokimiyatining tyegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga 
tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining Moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi. 
YUqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: 

birinchidan, Moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan hokimiyat 
organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumyenti emas, balki jamiyatning 
sosial-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak; 



ikkinchidan, davlatning Moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, 
balki Moliya tizimi barcha sub’yektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; 

uchinchidan, davlat Moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining Moliyaviy 
siyosatini farqlash zarur. 
Shunday qilib, davlat Moliyaviy siyosatini mamlakat Moliya tizimining barcha 
bug’inlarida Moliyaviy resurslarning о‘sishini balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda 
ta’minlash bо‘yicha davlat sosial-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy 
tajribalarning kо‘rsatishicha, Moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) 
holda о‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat Moliya tizimining о‘zini 
dyegradasiyalaShuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bо‘lishiga olib kyeladi. 
Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati Shundan iboratki, bu 
siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga 
uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining 
turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini kо‘paytirib, Moliyaviy 
xо‘jalikka nisbatan eng Yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana Shunga 
yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning 
sosial-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun Moliyaviy 
sharoitlarni yaratish Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. 
Agar gap korxonalarning Moliyaviy siyosati xususida kyetadigan bо‘lsa, bu narsa 
korxona Moliyaviy myenyejyerlarining biznyesni Yuritish maqsadlariga erishish borasidagi 
maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona Moliyaviy siyosatining maqsadi 
quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: 

raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot kyechirishiga (faoliyat 
kо‘rsatishiga) erishish; 

yirik Moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib 
qutilish; 

raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lidyer bо‘lishga) erishish; 

korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; 

korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish; 

ishlab chiqarish va realizasiya hajmini oshirish; 

foydani maksimallashtirish; 

xarajatlarni minimallashtirish; 

rentabelli faoliyatni ta’minlash 

va boshqalar. 
Korxona Moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, 
biznyesni Yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qо‘yilgan maqsadlarga 
erishish uchun tyegishli Moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. 
Moliyaviy siyosat Moliyaning о‘zida (boshqaruv ob’yektlarida) bevosita mujassam 
bо‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning konkryet myetodlari, Moliya 
tizimining (boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga 
imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida Moliyaviy siyosat Moliya tizimi orqali amalga 
oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi: 

Moliya tizimi bug’inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib Moliyaviy 
boshqaruvni amalga oshirish; 

barcha Moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; 

barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. 
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy 
myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: 

pirovard maqsadga bog’liqlik; 

xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, 
mutanosibligi); 



jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi); 

real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. 
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari va 
dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun Moliyaviy resurslarni mobilizasiya 
qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining 
majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida Moliyaviy munosabatlarning shakllari va 
normalarini huquqiy ryeglamyentasiya qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi. 
О‘z-о‘zidan Moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bо‘lishi mumkin emas. Uning yaxshi 
yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining) manfaatlariga qanchalik 
muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qanchalik 
ta’sir kо‘rsatganligi bilan belgilanadi. 
Hukumatning Moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni о‘zgartirish (korryektirovka 
qilish) bо‘yicha ryekomyendasiya (tavsiya) berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat 
manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda jamiyat 
taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bо‘lgan masalalarning muddatlari va 
myetodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega 
bо‘lmoq lozim. Faqat ana Shunday sharoitdagina Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning 
konkryet mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’yektiv (xolisona) baho berish mumkin. 
Agar Moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun 
qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, konkryet tarixiy sharoitni va hayotning 
о‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik kо‘p (Yuqori darajada) hisobga oladigan bо‘lsa, uning 
natijaliligi Shuncha Yuqori bо‘ladi. 
Bir vaqtning о‘zida, Moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati)
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari 
manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bо‘lgan ob’yektiv 
imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat sosial tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va 
psixologiya holatidagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda Moliyaviy siyosatning amalga 
oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir kо‘rsatuvchi omillarning ta’siridan 
har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga bevosita bog’liq. 
Moliyaviy 
siyosat, 
eng 
avvalo, 
Moliyaviy 
resurslarning 
maksimal 
hajmini 
shakllantirishga yо‘naltirilgan (qaratilgan) bо‘lishi kerak. CHunki aynan Moliyaviy resurslar har 
qanday о‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda Moliyaviy 
siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning Moliyaviy ahvoli tо‘g’risida ishonchli 
ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy dyemokratik davlatda Moliyaviy statistikaning kо‘rsatkichlari 
keng jamoatchilikka ham tyegishli bо‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, о‘z vaqtida 
beriladigan, hamma olishi mumkin bо‘lgan va eng asosiysi ishonchli bо‘lmog’i lozim. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan Moliyaviy 
munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy komplyeksi bilan belgilanadi. Ularning 
tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: 

Moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, 
vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali myetodlarini) ishlab chiqish; 

makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’yektlari darajasida iqtisodiy о‘sishni 
rag’batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos (adyekvat) bо‘lgan dinamik 
holdagi Moliya mexanizmini shakllantirish; 

markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va Moliyaviy oqimlarning samarali 
boshqarilishini oshirish bо‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli ryestrukturizasiya qishlishdagi 
roliga muvofiq ravishda sosial iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bо‘yicha 
Moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish; 

iqtisodiy о‘sishning joriy va istiqboldagi Moliyaviy salohiyatini shakllantirish. 
Shuningdyek, Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yо‘nalishlari jamiyat 
taraqqiyotida davlatning roli tо‘g’risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni 


boshqarishda davlat ishtirokining darajasini aniqlaydigan tyegishli nazariy konsepsiyalarga, 
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida instrumyentlaridan foydalanishda, ya’ni 
Moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning konkryet shakllarida namoyon bо‘ladi. Shunga 
asosan ta’kidlash joizki, yigirmanchi Yuz yillikda jamiyatning taraqqiyotida davlatning roli
tо‘g’risidagi masala bо‘yicha Moliya nazariyasining asosiy yо‘nalishlari mumtoz burjuaziya 
siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi 
J.Kyeyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. 
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bо‘lgan A.Smit va D.Rikardolar konsepsiyalarining 
mohiyati Shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin konkuryensiyani 
(raqobatni) saqlamog’i lozim va jamiyat xо‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor 
mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak. Ana Shu prinsiplarni inobatga olgan holda 
yigirmanchi Yuz yillikning 20-yillari oxiriga qadar Moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va 
soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga 
qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda Moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, 
harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan 
Moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet 
daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida (hisobidan) shakllantirildi. 
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab kyeynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila 
boshlab, unga kо‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish 
jarayonining siklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi 
asoslandi. Bunday Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy instrumyenti sifatida yangi 
ish joylarini yaratishga yо‘naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning 
о‘zida bir nyecha iqtisodiy va sosial vazifalarning yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik 
darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati о‘sdi; qо‘shimcha talab 
shakllantirildi; MD kо‘paydi (ortdi); sosial ehtiyojlarni Moliyalashtirishda katta imkoniyatlar 
paydo bо‘ldi va h.k. 
Davlatning iqtisodiyotga aralaShuvi Davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga olib kyeldi 
va Shunga muvofiq ravishda bir vaqtning о‘zida davlat daromadlarining oshirilishini 
ta’minlashga qaratilgan Moliyaviy choralar kо‘rildi. Daromad solig’i davlat daromadlarini 
oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari 
qо‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib 
kyeldi. 
Moliyaviy yо‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar о‘rtasidagi farq mohiyatan 
byudjet defisitini turli xilda (ravishda, tarzda) baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi 
konsepsiya dyefisitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib 
chiqqan bо‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defisitining bо‘lishi mumkinligiga yо‘l qо‘ygan 
va buning ustiga iqtisodiy о‘sishni rag’batlantirishda byudjet defisitiga faol rol ajratgan. 
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida kyeynscha Moliyaviy siyosat dyeb nom 
olgan siyosat g’arb mamlakatlarida о‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga 
aralaShuvining kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida 
Moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini dyefisitli 
Moliyalashtirish siyosati davlat kreditining rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va о‘rta muddatli 
qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib kyeldi va о‘zining ahamiyati 
bо‘yicha davlat Moliyaviy resurslarini shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning 
natijasida MDni qayta taqsimlashda Moliyaning roli yanada kuchaydi. 
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning nyeoklassik yо‘nalishi Moliyaviy 
siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga 
soluvchi rolidan voz kyechmasa-da, Lekin uning iqtisodiyotga va sosial sohaga aralaShuvi 
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralaShuvi kamaymadi va aksincha biroz 
kuchaydi. CHunki bunday aralaShuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va 
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valYuta kursini, ssuda 
kapitallari va qimmatli qog’ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning 


natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi.
Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurilish tuzilmasiga va sosial omillariga о‘zining 
ta’sirini kо‘rsatdi. 
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning Moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar 
ostida bо‘lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining konvyergensiyasidan 
(qо‘shilib kyetganligidan, aralaShuvidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar 
davlat tomonidan tartibga solishning ham kyeynschilik va ham nyeokyeynschilik tizimining
turli-tuman elementlaridan foydalanadilar. 
Sovyet davlatida va sosialistik oriyentasiyada (yо‘nalishda) bо‘lgan barcha 
mamlakatlarda Moliyaviy siyosat K.Marks (1818-1881) va V.I.Lyeninning (1870-1924) nazariy 
konsepsiyalari ta’sirida shakllandi. Sosialistik davlatning mohiyati va funksiyalari haqidagi 
markscha-lyenincha nazariya sovyet davlati Moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini – 
Moliyaviy markazlashtirishni – belgilab berdi. 
Faqat davlatning ixtiyorida Moliyaviy resurslar katta qismining tо‘planishinigina
(konsyentrasiya qilinishinigina) emas, balki Moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda davlatning 
monopolligini (yakka hokimligini) kо‘zda tutivchi Moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga 
aylandi. CHunki davlatning funksiyalari Shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari 
xо‘jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bо‘lib qoldi. 
Sovyet davlati iqtisodiyot va sosial sohaning ehtiyojlarini byudjetdan tо‘liq 
Moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi. CHunki 
iqtisodiy va sosial rivojlanishning davlat Rejalari yordamida u ijtimoiy faoliyatning barcha 
sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat (umumxalq) 
mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning 
soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida tо‘g’ridan-tо‘g’ri taqsimlashga va Davlat byudjeti 
orqali qayta taqsimlashga о‘tdi. 
Moliyaviy markazlashtirish yana Shunda namoyon bо‘ldiki, davlat bevosita va monopol 
ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini
ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun ishlab 
chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda 
birlashtirildi. 
Bunaqangi Moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi uchun 
mutlaqo yangi bо‘lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga о‘tilishini, sovyet davlati oldida 
turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kyelgan sosial-iqtisodiy muamolarning 
yechilishini kafolatladi. Bu Moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali bо‘lgan Moliyaviy 
siyosat deyish mumkin. CHunki chor Rsssiyasidan, Fuqarolar urushidan, chyet el harbiy 
intyervyensiyasidan myeros bо‘lib qolgan favquloddagi murakkab Moliyaviy vaziyatga 
qaramasdan fashistlar Gyermaniyasi bilan urush arafasida Sovyet davlati yetarli darajada kuchli 
iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bо‘ldi, urushda g’alaba qozondi va qiyosiy qisqa 
muddatlarda urushdan vayron bо‘lgan xalq xо‘jaligini tikladi. 
P Jahon urushidan kyeyingi yillarda Sovyet davlatining Moliyaviy siyosati g’arb 
mamlakatlari va eng avvalo, AQSH bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi 
musobaqani (raqobatni) Moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi. 
Bir vaqtning о‘zida sosialistik lagyer mamlakatlariga juda katta miqdordagi Moliyaviy 
yordamlar kо‘rsatildi: 

ularning taraqqiyotida sosialistik oriyentasiyani (yо‘nalishni) ta’minlash uchun; 

sosialistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun; 

kuchli 
harbiy 
ittifoqchilarni 
shakllantirish va umuman 
mudofa qobiliyatini 
mustahkamlash uchun. 
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, nyeft va gaz qazib 
chiqarishni Yuqori tyezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. YAngi qazilma-
boyliklarini о‘zlashtirish (ularning gyeografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya 
boshladi) juda katta miqdordagi Moliya resurslarning bо‘lishini taqoza etdi. CHunki bu narsalar 


faqatgina yangi hududlarni о‘zlashtirish, о‘sha tumanlarga ishchi kuchining migrasiyasining 
(mehnatga haq tо‘lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) zarurligi bilan kuzatilmasdan, 
balki nyeft va gaz quvurlarini qurish bilan birgalikda davom etdi. Xalqaro bozorda nyeft va 
gazning bahosi Yuqori bо‘lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada 
qoplagan edi. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, bunday Moliyaviy siyosatni amalga oshirish 
MDni tyegishli tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-
sanoat komplyeksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi. 
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan kyeyingi davrning 
Moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini nosamarali dyeb aytish unchalik tо‘g’ri 
bо‘lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasi oshganligining dyeklarasiya 
qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bо‘lishiga qaramasdan aholining turmush darajasi 
mehnatga haq tо‘lashning darajasiga va qishloq xо‘jaligi, oziq-ovqat va yengil sanoat, fuqarolik 
qurilishi va istye’mol pryedmyetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga 
bog’liq. Agar harbiy-sanoat komplyeksida (mamlakat aholisining kattagina qismi Shu sohada 
band edi) mehnatga haq tо‘lashning darajasi qiyosiy jihatdan Yuqoriroq bо‘lishiga qaramasdan, 
hatto unga band bо‘lgan aholi ham о‘zining istye’mol talablarini qondirish imkoniyatiga ega 
emas edi. Shuning uchun ham istye’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan 
kyeyingi davrda sovyet davlati Moliya siyosatining samaradorligini salbiy baholashning 
sababidir. 
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta 
taqsimlashning nyegizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir: 

taqsimlash munosabatlarining sub’yektlarini tanlash, ya’ni Moliyaviy resurslarning 
egalari va taqsimlovchilarini tanlash; 

Yuridik shaxslar va aholining о‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va 
davlatning funksiyalariga bog’liq ravishda davlat ixtiyoridagi Moliyaviy resurslarning 
markazlashtirilish darajasini aniqlash; 

birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va Shularga 
mos ravishda Moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash; 

Moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va myetodlarini tanlash. 
Moliyaviy siyosat kо‘p о‘lchamli(dir) tuShuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning 
sohasi 
jamiyat 
taraqqiyotining 
alohida 
bosqichlarida 
hukmronlik 
qilgan 
nazariy 
konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sosial sohalarni boshqarishda davlatning 
ishtirok etish paramyetrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elementlari 
bо‘yicha diffyeryensiasiya qilinishi (tabaqalanishi) Moliya tizimining rivojlanganligiga va uning 
ayrim (alohida) bug’inlarining mustaqilligiga bog’liq bо‘ladi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish