Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Hozirgi bosqichdagi Moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

3.Hozirgi bosqichdagi Moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari
 
YAqin о‘tmishda, ya’ni shо‘rolar davrida mamlakatimiz iqtisodiy va sosial taraqqiyotiga, 
ma’lum ma’noda, tо‘sqinlik qilib qolgan Moliyaviy siyosat Yurgizildi. Buning ustiga Shu 
davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol Moliyaviy siyosatning roliga 
yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada 
Moliyaviy munosabatlarning roli buzib kо‘rsatildi. Moliya va Moliyaviy dastaklarning faol roli 
inkor etilib, Moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni 
ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mо‘ljallangan va ilmiy jihatdan 
asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli 
foyda olishni kо‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib kyeldi. 
О‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga Yuz 
tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lgani kabi, Moliya va Moliyaviy 
munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga tо‘g’ri kyeldi. Belgilangan 
stratyegik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy 
iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga 
tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga 
putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg’or texnologiyalar, fan-texnika 
Yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yо‘lidan 
og’ishmay amalga oshirilmoqda. 
О‘zbekistonda Moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 

davlat byudjetidagi dyefisitni yо‘l qо‘yilgan eng kam daraja doirasida (YAIMning 3-4%i 
atrofida) cheklashga yо‘naltirilgan qattiq Moliyaviy siyosatni amalga oshirish; 

davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy о‘zgarishlarni 
amalga oshirish, ishlab chiqarishning о‘sishini kо‘zlab yо‘naltirishni ta’minlash; 

ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, 
aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitusiya bilan kafolatlangan 
huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi Moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va 
ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini kо‘tarish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish; 

ijtimoiy himoyaning adryesli bо‘lishiga, Moliyaviy mablag’larning ijtimoiy yordamga 
haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlash; 

Davlat byudjeti va korxonalar Moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; 

byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; 



soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sirini 
kuchaytirish maqsadida: 
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, Moliyaviy va mehnat 
resurslaridan, tо‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini 
oshirish; 
- korxonalar zimmasidagi soliq Yukini kamaytirish, qо‘shilgan qiymat va foyda 
solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va Shu asosda ishlab chiqarishni 
jonlantirishga turtki berish; 
- soliq tuShumlari tarkibini tubdan о‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini 
oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish. 

mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bо‘lgan respublika soliqlari bilan mahalliy 
soliqlar о‘rtasida aniq chyegara о‘tkazish; 

Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy byudjetlarning 
daromad manbalarini mustahkamlash; 

soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tyegishli 
Moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish; 

va boshqalar. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot (davr) 
bilan hamnafasligini ta’minlash, uning davlatimiz rivojlanishining о‘zgargan sharoitlariga tyezda 
moslasha bilishini ta’minlash, о‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli 
usullarni о‘z vaqtida topa bilish, stratyegik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag’larga 
qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini 
qondirishning Moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondaShuvidan (usulidan) 
ijtimoiy xarajatlarning adryesliligini ta’minlashga о‘tish kabi tadbirlar kiradi. 
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat Moliya siyosati konsepsiyasining maqsadi 
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar 
bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat. 
Moliya stratyegiyasining ijtimoiy yо‘naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga Yuboriladigan 
Moliya resurslarini kо‘paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bо‘libgina qolmay, 
balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoShuvda ham namoyon 
bо‘ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning о‘sishini Moliya resurslardan 
samarali foydalanish yо‘nalishlarini belgilaydi. 
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, Shuningdyek, byudjet 
tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng 
avvalo, daromadlarni indyeksasiyalash vositasida (yordamida), ya’ni, byudjet mablag’lari 
hisobiga, ba’zan esa kompyensasiyalarni istye’mol indyeksiga mufoviq oshirish yо‘li bilan 
ta’minlanadi. 
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga Moliyaviy ta’sir о‘tkazishning asosiy 
uslublari bо‘lib, soliq solish, Moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, 
Moliyalashtirish, Moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyot hozirgi 
bosqichining Moliya siyosati Moliya stratyegiyasi talablari asosida va Yuzaga kyelgan iqtisodiy 
shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xо‘jalik Yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab-ehtiyojlarini 
yaxshiroq qondirish, resurslarni tyejash, mahsulot assortimyenti va texnika bazasini yangilash, 
mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yо‘lida raqobatni rivojlantirish, 
tashabbuskorlik kо‘rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. 
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yо‘naltiriladigan Moliya resurslarining 
о‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat kо‘rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy sharoit о‘zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo о‘sib boradi. Shu munosabat bilan 
hozirgi Moliya siyosati davlat Moliya resurslarining muntazam о‘sishini ta’minlashga qaratilgan 
tadbirlarni nazarda tutadi. 


Byudjetga tushayotgan tо‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi xо‘jalik bug’inlarining 
ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan Moliya siyosatining hayotga tatbiq etilishini talab 
qiladi. 
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash 
amaliyotini tubdan о‘zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, Shuningdyek, Yuqori 
tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vyertikal» uslubga qarama-qarshi Moliyaviy resurslarni 
Moliya bozori orqali «gorizantal» qayta taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. 
Mablag’larning о‘tkazib turilishi esa Moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan 
holda foydalanishni nazarda tutadi. 
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va 
umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va 
jamg’armalarini jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligasiyalari va xazina bilyetlarini 
chiqarish ham davlat resurslarining hajmini kо‘paytiradi. 
Moliyaviy siyosat real Moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va 
tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) Moliya resurslarining kо‘payganidagina о‘sishi mumkin. 
Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni Moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va Moliyaviy 
siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga о‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini 
berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni 
yaratishga qaratilishi kerak. 
Moliyaviy siyosatning tubdan о‘zgarishiga mos ravishda Moliya mexanizmi ham qayta 
qurilmog’i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida 
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, Moliya resurslaridan 
foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish 
nyegizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xо‘jalik 
tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq 
foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida Moliyaviy uslublardan foydalanish 
zarurati yо‘qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, Moliyaviy 
resurslardan foydalanish ustidan ichki xо‘jalik Moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo 
g’amxо‘rlik qilishga majbur qiladi. Shu bilan bir vaqtning о‘zida davlat tomonidan bozor 
munosabatlarini Moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish 
korxonalarga soliq solish, qо‘shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig’ini) kiritish, 
mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni Moliyalashtirish vositasida 
amalga oshiriladi. Xо‘jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat 
paramyetrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha talablarning sanitariya 
norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun Moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. 
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar oldidagi Moliyaviy majburiyatlarni о‘z 
vaqtida bajarmaslik yoki tо‘liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish ob’yektlarini 
yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik 
Moliya nazorati keng rivoj topmog’i lozim. 
Aholiga ijtimoiy xizmat kо‘rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari va 
tashkilotlarida yangi xо‘jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat 
kо‘rsatish, xо‘jalik faoliyati bilan Shug’ullanish, olingan daromadlarni mustaqil tasarruf etish 
huquqi berilgan. 
Davlat Moliya mexanizmiga tub о‘zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirish soliq asosiga о‘tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan 
Moliyalashtirish tizimi butunlay о‘zgardi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar tizimi keng tarqaldi. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug’urtani tashkil etish va boshqarish 
sohasida ijobiy natijalarga olib kyeldi: koopyerativ (shirkat) sug’urtasi rivojlanyapti, 
aksionyerlik sug’urta jamiyatlari vujudga kyelyapti, sug’urtaning yangi turlari paydo bо‘layapti. 


Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tyegishli bazani (asosni) yaratish bilan birga 
sodir bо‘layotir. Oxirgi yillarda Moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratadigan qator 
qonunlar va boshqa mye’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish