tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi
Barotov M.
reja:
1. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati
2. O'zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari
3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati
Dunyo mamlakat lari ning jadaJlik bilan rivojlanib borayotganligi. ular o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi hamda iqlisodiy aloqalarning kuchayishi. har bir davlatdan tashqi omiUardan oqilona va samarali foydalanish, milliy iqtisodiyotni tashqi ta'sirlardan himoyalashga qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosat yuritishni talab etadi. Shu bilan birga. mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti bilan ichki bozorning tashqi bozorlar bilan o‘zaro hamkorligi uchun sifat jihalidan yangi negizlarini shakllantiradigan tub bozor o'zgarishlarini amalga oshirish obyektiv ravishda tashqi iqtisodiy omillarni kuchaytirishni taqozo etadi. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati — xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlarni ta’minlash borasidagi davlat faoliyatining yo'nalishi va sohasi, shuningdek, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq chora-tadbirlar yig'indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyati uning davlat va xalqning suvereniletini ta’minlashdan iborat bo'lgan, milliy manfaatlarni himoya qilish bo'yicha mexanizmining butun sa’y-harakati ijtimoiy-iqtisodiy integratsion jarayonlarda milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashda o‘z ifodasini topadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish tartibini belgilashga doir bir niaqsadga yo'naltirilgan faoliyatlaryotadi.Tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlari bo‘lib tashqisavdo siyosati, xorijiy investitsiyalarni jalb eLish va xorijdagi milliy kapital qo'yilmalarni tartibga solish borasidagi siyosat, valuta siyosatilari hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bog'liq bo'lgan alohida davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish ko'rinishlari ham mavjud. Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi. Ko'plab davlatlarda mavjud bo'lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o'z tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo'nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy siyosatiga ham faol ta’sir etish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini savdo-siyosiy mexanizm sifatida ta’riflash mumkin.Tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan belgilash lozim. Unda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini iqtisodiy-huquqiy tartibga solishga asosiy o'rin ajratilgan bo'iib, umummilliy manfaatlarga mos kelishi lozim. Davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosatni normativ tartibga solish negizida milliy hamda xalqaro huquq mc’yorlari yotadi. Biroq, davlatning tashqi iqtisodiy siyosat sohasidagi munosabatlarini tartibga solishda milliy xuquqiy mexanizmlaming ham ahamiyati katta. Bunday mexanizmlar hozirgi kunda davlatning xalqaro maydondagi strategik faoliyat ini belgilashda muhim rol o'ynab kelmoqda.
O'zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari
O'zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari va uni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar sifatida mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o'z oldiga qo'ygan vazifalari mavjud bo'iib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalami bajarilishiga qaratilmog'i kerak. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o'ziga xos xususiyatlariga mos kclishi kerak. Ular orasida eng muhimJari quyidagilar:
- eksportni rivojlantirish va uning tarkibiy tuzilishini yaxshilash;
- importning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish. ya'ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish;
-islilab chiqaruvclii kuchlami sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish;
- mamlkatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, ya’ni ma'ium darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valutani olib chiqish. boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini о‘rnatish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi. xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar; xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq etakchi o’rin tutadi va bu jahon bozorida quyidagi ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi (1-jadval).
1-jadval
Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Regionning eksport kvotasi (KE)
Ke=(E:YaIM)*100
Je=Ke1 : Ke0
E - eksport hajmi
YaIM - yalpi ichki mahsulot
JE – eksport indeksi
KEo va KE1 – bazis va joriy davrlarda eksport kvota darajalari