3. Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish
prinsipi Pryezidyent va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining
Moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va
mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini kо‘rib chiqish va
qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq О‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bо‘yicha mamlakat byudjetini
qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat о‘rnatadi. Xalq dyeputatlari Kengashlari ayrim
mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy
byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim
tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish
Yuklatilishi mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyentiga
davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitusiyasi
93-moddasining 8-bandiga muvofiq Pryezidyent ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat
Moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi,
Davlat soliq qо‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.
Davlat Moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan
2
. U mustaqil va
ob’yektiv organ bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga hisob beradi.
2
Бу палата Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2002 йил 21 июндаги Фармони
билан ташкил этилган.
Hisob palatasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va
tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish Yuklatilgan:
makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit paramyetrlarining shakllanish
jarayonlarini tizimli о‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish;
davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy paramyetrlari va
moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
davlat byudjetini ijro etish, soliq tuShumlari va pul kо‘rsatkichlari bо‘yicha tasdiqlangan
paramyetrlarni tuzatish bо‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy
kо‘rsatkichlarga ta’sirini kо‘rib chiqish;
mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va
fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan
mahalliy byudjetlar о‘rtasidagi о‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bо‘yicha takliflarni
tahlil qilish va baholash;
mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bо‘yicha tasdiqlangan paramyetrlar hisobidan davlat
mablag’larini xarajat qilish bо‘yicha chyetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar
о‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suistye’mol-liklarning oldini olish
Yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bо‘yicha manbalar,
soliq va bojxona organlaridan tо‘lovlarning kelib tushishi tо‘liqligi Yuzasidan monitoringni
amalga oshirish;
byudjet jarayonida chyetga chiqishlarni tahlil qilish va о‘rganish, ularni bartaraf etish va
byudjet qonunchiligini takomillashtirish Yuzasidan takliflar tayyorlash;
milliy valYutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy о‘sish va
narxlar barqarorligi kо‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bо‘yicha takliflarni kо‘rib
chiqish va baholash;
oltin-valYuta zahiralari, Shu jumladan qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlarni
ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan opyerasiyalarni nazorat etish, yо‘qotishlar va
suistye’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yо‘qotish maqsadida davlat oltin-valYuta
zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash;
tashqi aktivlarni boshqarish bо‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish,
oltin-valYuta zahiralarini chyet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirish asoslanganligi
va samaraliligini nazorat qilish;
davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring о‘rnatish va ularga birinchi
navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bо‘yicha о‘z vaqtida
xizmat kо‘rsatilishini nazorat etish;
eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekporti prognozlarini bajarish,
mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va tо‘lov balanslari ijobiy qoldig’ini
ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish;
chyet davlatlarda davlat mulkini realizasiya qilish bilan bog’liq bо‘lgan masalalar
bо‘yicha tahlil о‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash;
respublikada qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan
foydalanish Yuzasidan chyet el kompaniyalarining takliflarini kо‘rib chiqish;
О‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chyet el kreditlari va
qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro Moliya bozorlariga respublika
qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish;
olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valYuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir
kо‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspyertiza qilish;
vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga
kiruvchi masalalar bо‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hisob palatasi zimmasiga Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bо‘yicha
tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va о‘tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash
hamda ularni kо‘rib chiqish uchun О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish.
Kо‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar
berilgan:
1)
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar,
banklardan о‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha axborot, ma’lumotlar va hujjatlarni
belgilangan tartibda sо‘rash va olish;
2)
zarur bо‘lgan hollarda о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun
tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bо‘yicha ijro etilishi majburiy bо‘lgan
kо‘rsatmalarni jо‘natish;
3)
о‘z vakolati doirasida tekshiruvlar о‘tkazish vaqtida davlat organlari va ularning vakillari,
nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish;
4)
Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bо‘lgan barcha masalalar Yuzasidan tyegishli
xulosalar berish;
5)
qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini
yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bо‘yicha takliflar kiritish.
Moliyaviy nazorat bо‘yicha muhim vazifa va funksiyalar О‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham Yuklatilgan. О‘zbekiston Respublikasining «О‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tо‘g’risida» 1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga
muvofiq u vazirliklar, davlat qо‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xо‘jalik boshqaruv
organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat Moliyaviy nazoratini amalga
oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Hisob-kitoblar mexanizmini
takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat
komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan bо‘lib, ularga
davlat Moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan.
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini
mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkyent shahrida о‘zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan
uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va
boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi
sub’yektlar hamda ularning birlashmalari (xо‘jalik uYushmalari), mansabdor shaxslar va
fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini
mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning
asosiy vazifalari dyeb belgilangan:
- iqtisodiyot tarmoqlari va syektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va
barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va tijorat banklari tomonidan tо‘lov intizomini
mustahkamlash va hisob-kitoblarni о‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy tо‘lovlarni
tо‘liq tо‘lash bо‘yicha amaldagi qonunchilik mye’yorlariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan
nazoratni ta’minlash;
- korxonalarning dyebitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati о‘tgan dyebitorlik va
kreditorlik qarzlari, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha
boqimandalarini qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish,
Shuningdyek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tyegishli soliqlar va majburiy
tо‘lovlarning tо‘liq undirib olinishini ta’minlash;
- korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag’larining ajratib olinishi, Shu jumladan tayyor
mahsulot zahiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yо‘nalishlarini aniqlash
hamda ularni qisqartirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bо‘lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xо‘jalik uYushmalari,
korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining dyebitorlik va kreditorlik
qarzlari, soliq va tо‘lov intizomining ahvoli tо‘g’risidagi masalalar bо‘yicha hisobotlarini eshitib
borish;
boqimandalarni tо‘lash, pyenya hisoblanishini tugatish bо‘yicha muddatlarni
kyechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar va tо‘lovlar bо‘yicha
pyenyalarni hisobdan chiqarish;
belgilangan tartibda Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil
etish, Komissiya zimmasiga Yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur
bо‘lgan axborot, ma’lumotlarni vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, uYushmalar, davlat boshqaruvi
mahalliy organlaridan olish;
bankrotlik va korxonalarni sanasiyalash masalalari bо‘yicha Hukumat komissiyasiga
korxonalarni sanasiyalash yoki muntazam ravishda dyebitorlik va kreditorlik qarzlariga yо‘l
qо‘Yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot dyeb e’lon qilish uchun matyeriallarni xо‘jalik
sudiga berish tо‘g’risida qarorlar qabul qilish Yuzasidan takliflar berish;
soliq solish tizimi va xalq xо‘jaligida hisob-kitoblarni yaxshilash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |