5-mavzu: Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish
Reja:
1.
Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash
2. Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish
1.
Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash
Har qanday sosial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri
Rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, Rejalashtirish istiqbolga
yо‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bо‘yicha faoliyat dyeb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tuShunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bо‘lgan va
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va
imkoniyatini anglatuvchi “Rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham Rejalashtirish
amaliyotda Rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka
(mutanosiblikka) erishish bо‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, Moliyaviy
resurslarning
balansliligini
(muvozanatini)
va
prorporsionalliligini
(mutanosibligini)
ta’minlashga qaratilgan faoliyatga Moliyaviy Rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bо‘lgan Moliyaviy resurslar va
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida (qо‘lida) qolgan daromadlar о‘rtasidagi optimal
nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xо‘jalik tarmoqlari, mintaqalar
va davlat sub’yektlari bо‘yicha daromadlarning soliq tо‘languncha va soliq tо‘langandan
kyeyingi о‘lchamlari (miqdorlari) о‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana Shu nisbatni
kо‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab
qо‘yishi mumkin.
Umumiy va oddiy kо‘rinishda, Moliyaviy Rejalashtirish deyilganda Moliyaviy Rejalarni
tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy Rejani, xuddi uni ishlab chiqish,
yaratish yoki tuzish jarayoni kabi Moliyaviy kо‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish
va о‘zaro bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tyez-tyez foydalaniladigan
Rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modyelini ishlab chiqish
va Shu asosda Moliyaviy kо‘rsatkichlarning Rejali tizimini aniqlashni, Moliyaviy
Rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki,
Moliyaviy Rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’yekt faoliyat kо‘rsatishi Moliyaviy
ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy Rejalashtirish” tuShunchasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
taraqqiyotning asosiy tyendyensiyalarini aniqlash va Moliyaviy tahlil qilish;
jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bо‘sh turgan mablag’larni joylashtirish
myenyejmyenti;
firma ichidagi Moliyaviy natijalar va pullarni Rejalashtirish, hisobga olish va nazorat
qilish texnologiyasi;
investision myenyejmyent;
kapitallar myenyejmyenti;
faoliyatning boshqa kо‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Quyidagilar Moliyaviy Rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ishlab chiqarish, investision va Moliyaviy faoliyatlarni kerakli bо‘lgan Moliyaviy
resurslar bilan ta’minlash;
pul mablag’laridan iqtisod qilib, tyejab-tyergab foydalanish hisobidan korxonaning
foydasini oshirish bо‘yicha ichki ryezyervlarni qidirib topish;
kapitalni samarali joylashtirish yо‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali
foydalanishni baholash;
kontragentlar bilan optimal Moliyaviy munosabatlarni о‘rnatish;
korxonaning Moliyaviy ahvoli, tо‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat
о‘rnatish.
Bozor munosabatlariga о‘tilganiga qadar Moliyaviy Rejalashtirishning mazmuni
korxonalarda sof opyerativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun
yetarli darajada formal bо‘lgan korxonalarning byesh yillik Moliyaviy Rejalaridagi
kо‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mо‘ljallangan Rejalarning loyihasini baholash,
korxonaning yillik Moliyaviy Rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday
amaliyotning hukm surganligi korxona Moliyaviy xizmatlarining obrо‘yiga obrо‘ qо‘shmas,
chunki ularga hyech narsa bog’liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida Moliyaviy xizmatlarning roli
tubdan о‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning
о‘zida, Shu rivojlanishning yо‘nalishi va sifatini nazorat qiladi.
Hozirgi sharoitdagi Moliyaviy Rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan kо‘zda
tutishgina (kо‘ra bilishgina) emas. Bu tyegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida Yuzaga
chiqishi mumkin bо‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni kо‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta,
xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt о‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana
Shu risklarni samarali oldindan kо‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy Rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy myetodlardan foydalanish
mumkin:
iqtisodiy tahlil myetodi;
normativ myetod;
balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari myetodi;
kо‘p variantlilik myetodi;
iqtisodiy-matyematik modyellashtirish myetodi;
va boshqa myetodlar.
Moliyaviy Rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib kо‘rsatish
mumkin:
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatining Moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
opyerativ Rejalarning о‘zgarishi asosida Moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini
ishlab chiqish;
о‘z Reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning
Moliyaviy resurslarga bо‘lgan konkryet ehtiyojlarini aniqlash;
Moliyalashtirish manbalari (Shu jumladan, о‘z va tashqi manbalarning) va ularning
tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab
turish (qо‘llab-quvvatlash);
shakllantirilgan Rejalarni opyerativ о‘zgartirish tartibini (prosyedurasini) ishlab chiqish.
Moliyaviy Rejalashtirishning ikki turi bо‘lishi mumkin:
stratyegik Moliyaviy Rejalashtirish;
joriy Moliyaviy Rejalashtirish.
Stratyegik Moliyaviy Rejalashtirish о‘z ifodasini stratyegik Moliyaviy Rejalarda topadiki,
u tashqi va ichki muhitda о‘zgarayotgan xо‘jalik Yuritish sub’yekti Moliyaviy taraqqiyotining
kо‘p variantli bashoratidan iboratdir.
Stratyegik Moliyaviy Reja, hyech bо‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog’i
lozim:
xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt uchun talab qilinadigan kapitalning о‘lchami qanday, u
qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
о‘z kuchiga ishongan holda xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt rivojlanishi mumkinmi? Agar
yо‘q bо‘lsa, Moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?
xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt pul mablag’lari tuShumi, ishlab chiqarishning rentabelligi
va investisiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay
muddatlarda?
О‘z navbatida, joriy Moliyaviy Rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan
iborat:
ishlab chiqarish, investision, markyeting, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda
sosial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan Moliyaviy resurslarning hajmi va
ularning manbalarini aniqlash;
mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizasiya qilish tannarxini
Rejalashtirish;
pul oqimlarini Rejalashtirish;
butun xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt doirasida foydani Rejalashtirish (bashoratlash);
investisiyalarning daromadliligini Rejalashtirish.
Moliyaviy Rejalashtirish mamlakat milliy xо‘jaligini Rejalashtirishning tarkibiy qismi
bо‘lib, sosial-iqtisodiy rivojlanish Rejasining kо‘rsatkichlariga tayanadi, Moliya tizimi barcha
organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinasiya qilishga) yо‘naltiriladi. Moliya
tizimi alohida bug’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni о‘zida aks ettiruvchi Moliyaviy
Rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va myetodlarining о‘ziga
xosligi;
Moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bо‘yicha qayta taqsimlash.
Moliyaviy Rejalashtirishning bosh ob’yekti Rejada о‘zining miqdoriy ifodasini oladigan
Moliyaning bug’inlari (Moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkryet pul fondlari
mablag’larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tyegishli Moliyaviy Rejalarda
ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy Rejalar tizimining markazini byudjet Rejasi egallaydiki, unda byudjet
fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari
va myetodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi о‘zining miqdoriy
ifodasini topadi.
Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pyensiya fondi, Sosial sug’urta fondi,
Majburiy tibbiyot sug’urtasi fondi, Yо‘l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning Moliyaviy
Rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida о‘z aks ettiriladi. Ularning
daromadlar qismida Yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari
ifodalanadi. Sug’urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda о‘rnatiladi.
Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag’lari tushishi, mablag’lar yetishmaganda nobyudjet
fondlari bir-birlaridan qarzga mablag’lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari bir-
biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir.
Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi
yо‘qotmalarni tiklash uchun kerak bо‘ladi. Barcha hо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning
ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug’urta fondi ham Rejali tarzda shakllantiriladi va undan
foydalaniladi. Bu yerdagi Moliyaviy Rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida
fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan (byudjet yо‘nalishidagi) mablag’larning tushishi,
xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan kо‘rilgan zararlarni qoplash, sug’urtalanganlarga sug’urta
tо‘lanmalari summasini tо‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug’urta fondini shakllantirish va undan
foydalanishning Rejasi mablag’larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi.
Moliyaviy Rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol
uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar, Moliyaviy balanslar va Shuningdyek, aholi
daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalashtirish iqtisodiy va sosial
taraqqiyot hamda Moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinasiya qilishni) ta’minlash,
Shuningdyek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning Moliyaviy oqibatlarini
komplyeks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tyendyensiyalarni kuzatish va ularga
nisbatan tyegishli choralarni о‘z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar navbatdagi uch yil
uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil Reja davri
hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi.
Istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar mamlakat, uning ma’muriy-
hududiy
tuzilmalari
sosial-iqtisodiy
rivojlani-shining
aniqlashtirilgan о‘rta muddatli
bashoratining kо‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili о‘zgartirilishi (korryektirovka
qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul
muomalasini tartibga solishda davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi)
va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va xarajatlar balansi muhim о‘rinni
egallaydi. Davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning
sub’yektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat kо‘rsatayotgan barcha
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning barcha daromadlari va xarajatlarining jamidan iboratdir. U
о‘tgan yilgi davlatning hisobot yig’ma Moliyaviy balansi ( hisobot Moliyaviy resurslar balansi)
asosida va mamlakat sosial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat kо‘rsatkichlariga muvofiq
ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bо‘lib xizmat qiladi.
Bu Moliyaviy Rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va Moliya tizimining boshqa
bо‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet
fondi, nobyudjet fondlar, sug’urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va
nihoyat, fuqarolarning pul mablag’lari tarkibida Rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi
va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy Rejalashtirishning balans myetodi mamlakat,
uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida Moliyaviy
resurslar defisitini aniqlashga, barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar о‘rtasida mablag’larni
samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig’ma Moliyaviy balansi
(Moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha Moliyaviy Rejalarni yagona tizimga birlashtiradi.
Uning kо‘rsatkichlari byudjet va kredit Rejalarini, Shuningdyek boshqa Moliyaviy Rejalarni
tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining balansi - davlatning
yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) bevosita bog’langandir. Unda naqd pulli
va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati о‘z ifodasini topadi. Balansda aks
ettirilayotgan aholining pul daromadlari о‘zining manbasiga kо‘ra quyidagi uch guruhga
bо‘linadi:
ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mо‘ljallangan
mablag’lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga
oshiriladigan sosial xarakterdagi tо‘lanmalar;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga ishtirok etish,
shaxsiy mulk bilan opyerasiyalar va Moliya-kredit opyerasiyalaridan olinadigan
daromadlar;
sosial transfyertlar - davlat pyensiyalari, nafaqalar, stipyendiyalar va Shunga
о‘xshashlar.
Xuddi Shuningdyek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi
guruhlardan iborat bо‘ladi:
istye’mol xarajatlari;
soliqlar, boshqa majburiy tо‘lovlar va ixtiyoriy badallar;
pul tо‘planmalari va jamg’armalar.
Moliyaviy Reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi
proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pyensiya ta’minotining о‘sganligi, tovarlar taklifi
hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va
xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tuShumlari, kredit
resurslarini Rejalashtirish uchun muhim rol о‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank
va Moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab
chiqiladi.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, Moliyaviy Rejalar quyida ikki guruhga
bо‘linishi mumkin:
uzoq muddatli Moliyaviy Rejalar;
qisqa muddatli Moliyaviy Rejalar.
Uzoq va qisqa muddatli Moliyaviy Rejalar bir-birlaridan nafaqat о‘zining qamrab olish
gorizonti bо‘yicha, balki Rejalashtirish maqsadlariga kо‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli
Moliyaviy Rejalarning (Rejalashtirishning) bosh maqsadi Moliyaviy barqarorlik nuqtai-
nazaridan firma kengayishining yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan sur’atlarini aniqlash bо‘lsa,
qisqa muddatli Moliyaviy Rejalarning (Rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy
tо‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy Rejasi unga tyegishli
bо‘lgan biznyes-Rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda markyeting, opyerativ faoliyat,
mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat kо‘rsatishining boshqa yо‘nalishlari (aspyektlari)
qiymat kо‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy Reja korxona butun faoliyatini Moliyaviy
jihatdan ta’minlashning instrumyenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning о‘zida, Shu
faoliyatning Moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznyes-Rejaning tarkibida Moliyaviy Reja
quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha ishlab chiqiladi:
bozorlarni va kо‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini о‘zlashtirishning loyihaviy
kо‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
tannarxning turli kо‘rinishlarini (tо‘liq, ishlab chiqarish, tо‘g’ri va boshqalar) hisob-kitob
qilish. Bu yerda markyeting tadqiqotlari, ryeklama, bozorlarni о‘zlashtirish xarajatlarini
hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;
pul mablag’larining yillik oqimini loyihalashtirish va Moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu
tuShumlarning kelib tushishi, dyebitorlik va kreditorlik qarzlarining о‘zgarishi, moliq
tо‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bо‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini
taqoza etadi. Shu yerning о‘zida foydaga oid hisob-kitoblar korxonaning joriy
istiqboldagi salohiyati bilan, Shuningdyek biznyes-Rejaning boshqa bо‘limlarida
aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak;
zaruriy investisiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bо‘yicha Moliyaviy
resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;
va boshqalar.
Umuman olganda, Moliyaviy Rejalarning kо‘rsatkichlari davlatning Moliyaviy ahvolini
tahlil qilish uchun boshlang’ich matyerial hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun)
Rejalashtirishning informasion asosi bо‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy Rejalar tizimi Moliyaviy
resurslar manbalarining (jismoniy va Yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi
о‘zgarishlarning ob’yektiv ravishda о‘zaro bog’liqligi va uzoq muddatli tyendyensiyalarini,
Shuningdyek kyelajakda bu tyendyensiyalar rivojlanishiniga ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan
omillarni aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy Rejalashtirishni Moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bо‘lmaydi. U yoki bu
davr mobaynida davlatning mumkin bо‘lgan Moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan kо‘ra bilish
va Moliyaviy Rejalarning kо‘rsatkichlarini asoslashga Moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya
va amaliyotda Moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:
о‘rta muddatli (5-10 yillik) Moliyaviy bashoratlash;
uzoq muddatli (10 yildan ortiq) Moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash Moliyaviy Rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bо‘ladi. Unda
jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan Moliyaviy siyosatning
konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan
davrda haqiqatda mavjud bо‘lishi mumkin bо‘lgan Moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni
shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar
Moliya tizimi organlariga Moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, Moliyaviy
siyosatni amalga oshirish shakllari va myetodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon
beradi. Shu ma’noda, Moliyaviy bashoratlar Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy
elementi va bir vaqtning о‘zida muhim bosqichi bо‘lib hisoblanadi. Ular yordamida Moliya
tizimining barcha sub’yektlari oldida turgan sosial-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal
qilishning) turli ssyenariyalari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash turli myetodlarning qо‘llanilishini taqoza etadi. Ularning eng
asosiylari quyidagilar bо‘lishi mumkin:
iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda Moliyaviy Reja
kо‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonomyetrik modyelni qurish
(yaratish);
korryelyasion-ryegryession tahlil;
bevosita ekspyertli baholash myetodi.
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-
maqsadli yondaShuvdan foydalanadigan Moliyaviy Rejalashtirishning myetodi sifatida
Moliyaviy dasturlashtirish quyidagilarning bо‘lishini kо‘zda tutadi:
yо‘nalishlar bо‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini belgilash (о‘rnatish);
davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda Moliyalashtirishni tо‘xtatish.
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog’liq.
Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud
zahiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potyensial yо‘qotmalar
ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va
choralarni muvofiqlashtirishning muhim myetodi sifatida dasturlashtirishdan Moliyaviy
Rejalashtirishning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda о‘tgan asrning 60-yillaridanoq
foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati byesh yillik “о‘zgarib turadigan” xarajatlar
Rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil Rejasi kо‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi
asosida Reja о‘zgartiriladi (korryektirovka qilinadi). Bunda kо‘rsatkichlar byesh yillik shkala
bо‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan kyeyingi yilga) “kо‘chiriladi”. Oldinda turgan birinchi
yilning Reja kо‘rsatkichlari diryektiv (majburiy), kyeyingi tо‘rt yillik kо‘rsatkichlar esa
mо‘ljalli (oriyentirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda kо‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga,
resurslar va ijrochilar bо‘yicha balanslilikka yо‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xо‘jalik va
boshqa tadbirlar tizimidan iborat bо‘lgan maqsadli komplyeksli dasturlarlardan keng
foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |