Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 
Korxonalarning 
jamg’armalari, 
daromadlari 
hamda 
markazlashtirilgan 
va 
markazlashtirilmagan Moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish 
jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga Moliyaviy oqim 


deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan Moliyaviy 
resurslar fondlarining о‘lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy (Moliyaviy) qudrati qancha 
kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi Moliyaviy resurslar fondi va Moliyaviy oqimlar 
hajmi Shuncha katta (hajmli) bо‘ladi. 
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi Moliyaviy 
resurslar fondining nimaga mо‘ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli Moliyaviy 
oqim bilan korxonaning tuShumini shakllantiruvchi Moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan 
farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish myetodlari ham turlichadir. О‘zining sifat 
mazmuniga kо‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: 

byudjetli-soliqli Moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag’larini 
shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga kyeladi; 

tijorat (tijoriy) Moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xо‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga 
oshiriladi; 

nobyudjet Moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi; 
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: 

qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida; 

nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat 
organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qо‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga 
oshiriladi; 

boshqaruvchanlik – korxona va korporasiyalar, banklar, soliq organlari, Xazinachilik 
apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; 

nadzorchilik – korxonalarning Moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi tо‘g’risidagi 
ishlarni kо‘radigan va bu holda Moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi 
arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. 
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bо‘yicha Yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri 
bilan qо‘shilib kyetib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bо‘lmaydi. 
Agar Moliyaviy oqimlar Moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq 
ravishda, kо‘zda tutilgan tartibda (ryejimda) va Rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va 
sosial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bо‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini
pul mablag’lari bilan tо‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, Moliyaviy 
oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. 
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’larining yetarli bо‘lmagan hajmda va 
о‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning 
doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bо‘lishiga, Moliyaviy-iqtisodiy 
faoliyatda keskin yо‘qotmalarning bо‘lishiga olib kyeladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini 
quyidagicha aniqlash mumkin: 
Hmo 
Ks = ------------------ 
Rmo 
Bu yerda: Ks – Moliyaviy oqim samaradorligining
koeffisiyenti; 
Hmo – davriy koeffisiyentga о‘zgartirilgan (korryek- 
tirovka qilingan) haqiqatdagi Moliyaviy
oqim; 
Rmo - Rejadagi Moliyaviy oqim. 
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini о‘zida aks ettiradi. Ular 
orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporasiyalar va 
boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. 
TuShumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan 
Moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag’larining oqib kyetishini 


xarakterlaydigan Moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning Moliyaviy ahvolini 
mustahkamlash uchun ijobiy Moliyaviy oqimlar salbiy Moliyaviy oqimlardan ancha Yuqori 
bо‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’larining 
о‘lchamini aks ettiruvchi sof Moliyaviy oqimning bо‘lishi ta’minlanadi. Sof Moliyaviy oqim 
korxona Moliyaviy salohiyatining о‘sish, ular daromadlarining kapitalizasiyalaShuvi darajasini 
aniqlash, investision va innovasion imkoniyatlarining manbai bо‘lib hisoblanadi. 
Korxona va korporasiyalar sof Moliyaviy oqimining о‘sishi ular rentabelligi va 
investision samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda Moliyaviy ahvolini 
mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi. 
Makrodarajada Moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir nyecha kо‘rsatkichlar 
mavjud: 

bir ishlovchi tо‘g’ri kyeladigan ishlab chiqarilgan YAIMning miqdori; 

inflyasiya darajasi va dinamikasi; 

davlat byudjetining ahvoli (dyefisit, profisit); 

oltin valYuta zahiralarining miqdori va dinamikasi. 
Davlatning Moliyaviy ahvoli mamlakat sosial-iqtisodiy komplyeksi faoliyatining 
natijasidir. 
Jahon taraqqiyoti tyendyensiyalarining kо‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat Moliyaviy 
ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi ryezyervi ijtimoiy intyellyektning 
(sosial kapitalning) tо‘planishi (jamg’arilishi) va uni iqtisodiy о‘sishning innovasion-investision 
stratyegiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sosial 
xarakterdagi muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, 
turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning 
kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini 
mustahkamlashning muhim shartidir. 
Davlat qarzlarini о‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning Moliyaviy ahvolini 
kо‘rsatuvchi muhim kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab Moliyaviy vaziyatda davlat 
dyefolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro Moliya-kredit majburiyatlardan 
bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning о‘zida davlat qarzlarini ryestrukturizasiya qilish 
va uning qaytarilish muddatlari bо‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni 
ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak. 
Korxonalar, firmalar va korporasiyalar darajasida Moliyaviy ahvol tо‘lovga qobillilik 
bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’yektlari va soliq organlari oldida Moliyaviy 
majburiyatlarini о‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. Tо‘lovga qobillik bu korxona 
barcha pul aktivlari (Pa) va tо‘lov muddati kyelgan (yoki о‘tgan) Moliyaviy majburiyatlar (Mm) 
о‘rtasidagi nisbat dyemakdir. Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun tо‘lovga qobillik 
koeffisiyenti (TQk) doimo birdan Yuqori bо‘lishi kerak: 
Pa 
TQk = ------------- 1 
Mm 
Korxonaning Moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning о‘z 
aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik kо‘rsatkichi va boshqa Shu kabi kо‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. 
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona tо‘lov majburiyatlari va uning Moliyaviy 
imkoniyatlari о‘lchamini balanslashtirishning asosiy myetodi Moliyaviy oqimlar byudjetidir 
(balansidir). U о‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag’lari va korxona 
tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul 
mablag’larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini 
beradi. Ana Shunday byudjet asosida korxonaning tо‘lovga qobilligini boshqarish amalga 
oshiriladi. 


Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona tо‘lovga qobilligining kengaytirilgan 
koeffisiyenti, dyemakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) о‘ng tomoniga tyeng yoki 
undan katta bо‘lsa, unda korxona tо‘lovga qobildir. Agar uning о‘ng tomoni (xarajatlar qismi) 
chap tomonidan oshsa, u holda korxona tо‘lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar 
byudjeti (balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yо‘nalishlari bо‘yicha 
bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lgan Rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bо‘lib, u 
byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) 
xarajatlar byudjeti, investision byudjet va boshqalardan) asoslanadi. 
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati 
ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. 
Myenyejmyentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani Moliyaviy 
boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa Moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot 
realizasiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning 
boshqarilishini kо‘zda tutadi. 
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan 
korxonaning Moliyaviy Rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dyekadalik, oylik, choraklik, 
yillik va uzoq istiqboldagi) Moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning 
tо‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kyelajakda uning Moliyaviy holati 
barqarorligini ta’minlaydi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish