Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

2. Moliyaning funksiyalari 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya quyidagi ikki 
funksiyani bajaradi: 
1.
Taqsimlash; 
2.
Nazorat. 
Bu funksiyalar Moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har qanday (bir) 
Moliyaviy opyerasiya YAIM va MDni taqsimlash va Shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga 
oshirilishini anglatadi. 
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega ekanligi 
uchun, Shunga muvofiq ravishda Moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya 
yordamida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va kо‘p qirrali 
jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi 
taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. 
Moliyaviy myetod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini 
(mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari 
miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli kо‘rinishlarini (xо‘jalik ichida, tarmoq 
ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi kо‘pbosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, Moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki 
birlamchi daromadlar” dyeb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bо‘lganda namoyon 
bо‘ladi. Ularning yig’indisi MDga tyengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish 
ishtirokchilari о‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bо‘linadi: 
1)
moddiy ishlab chiqarish sohasida band bо‘lgan ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi, fyermyer va h.k.larning 
daromadlari; 
2)
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. 
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xо‘jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, 
mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish 
uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar 
bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: 

xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan eng samarali va oqilona 
foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; 

ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog’liqni 
saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan; 

aholining turli ijtimoiy qatlamlari о‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan. 
YUqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar 
tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, 
soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi 
daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish 
uchun xizmat qiladi. 
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, Moliya MDni birlamchi 
taqsimlashda vujudga kyelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga 
transformasiya qilinishiga (aylanishiga, о‘zgarishiga) ta’sir kо‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash 
natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va Moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan 
pul fondlarining о‘lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish 
vositalari va istye’mol pryedmyetlarining hajmi va tuzilmasi о‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi 
kerak. 
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy 
о‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xо‘jaligi, transport, enyergyetika va 
h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pyensionyerlar, 
talabalar, yolg’iz va kо‘p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. 


Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xо‘jalikning ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, 
mulkchilik shakllari va aholining sosial guruhlari о‘rtasida sodir bо‘ladi. 
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va MDni taqsimlash va qayta 
taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning 
bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari 
hayotining Yuqari sifatli bо‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda Moliyaning roli kam 
xarajat qilib eng Yuqori natijalarga erishish, Moliya-xо‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda 
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va 
qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bо‘ysundirilgan. 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga 
emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, istye’mol sohasiga ham о‘z ta’sirini 
kо‘rsatadi. Shu ma’noda, Moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy syektorlarini, ishlab 
chiqarish va sosial infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal 
qiluvchi rolni о‘ynaydi. 
Umuman, Moliyaning taqsimlash funksiyasi:

xо‘jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida 
maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga; 

xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, Shuningdyek ishlab chiqarish 
va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlashni sodir 
etishga; 

xо‘jalik sub’yekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan 
jamg’arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. 
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumyenti sifatida 
Moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda о‘zida aks ettiradi. 
Uning nazorat funksiyasi YAIMni tyegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq 
sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, Moliyaning 
taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. 
Moliya nazorat funksiyasining asosini Moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana 
Shu harakatning xarktyeridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda 
qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kyelayotganligi, xо‘jalik Yurituvchi 
sub’yektlar ixtiyoriga Moliyaviy resurslarning о‘z vaqtida kelib tushishi qanday 
ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. Agar Moliyaning nazorat 
funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, Moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini 
baholashning ham iloji yо‘qki, bu narsa Yuqoridagi har ikki funksiya koordinasiya qilinishining 
(muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g’risida darak berayotir. 
Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida Moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va 
xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini 
jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bug’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga 
yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy 
rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, Moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona 
va tyejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik 
va isrofgarchilikning oldini olish Moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. 
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri Moliyaviy masalalar 
bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi 
Moliyaviy majburiyatlar, Shuningdyek hisob-kitoblar va tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi 
sub’yektlarning о‘zaro majburiyatlari bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish 
hisoblanadi. 
Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali Moliyaning nazorat funksiyasi 
namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari Moliyaviy Rejalashtirish 
jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida Moliyaviy 


nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining 
yо‘nalishi, Moliyaviy nazoratning shakl va myetodlari keskin о‘zgaradi. 
Moliyaning funksiyalari Moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy 
xо‘jalikdagi Moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini
Moliyaviy Rejalashtirish myetodlarini, Moliya va Moliya tizimini boshqarish shakllarini, 
Moliyaviy qonunchilikni о‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat 
jihatidan yangi bо‘lgan Moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik Yurituvchi 
sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari 
va boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tyegishlidir. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish