3. Takror ishlab chiqarish va Moliya
Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kyechak, uy-joy va sosial sohani doimiy ravishda
takror ishlab chiqarmasdan hayot kyechirishi (amal qilishi) mumkin emas. Planyetamiz
aholisining о‘sishi va uning urbanizasiyalaShuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va
ular о‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlani va
boshqa bir qancha omillar bilan “hayot kyechirish”ni yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish
kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti bо‘lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti Yuqori
texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan
mamlakatlarda Moliyaviy kapitalning konsyentra-siyalaShuviga (tо‘planishiga) olib kyelmoqda.
Eng kambag’al mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib chiqarish va qishloq xо‘jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarish bilan Shug’ullanmoqda. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda
ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni о‘zgarmasdan qolayotir. Faqat qо‘shimcha
mahsulotning konsyentrasiyalaShuv (tо‘planish) joyi о‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va
baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda “chо‘kmoqda”
va ularga kyelgusida ham taqsimlashni о‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti.
Takror ishlab chiqarish jarayoni о‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
ishlab chiqarish;
almaShuv;
taqsimlash;
istye’mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bо‘lib, hatto
ularning birisiz takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir
nyecha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bо‘lishi mumkin. Masalan, baho
kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almaShuv bosqichida markaziy о‘rinni egallaydi. Biroq,
baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar
xizmat qilishiga qaramasdan, istye’mol bosqichida bevosita namoyon bо‘ladi. Davlat
Moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligidan (davlatning о‘z funksiyalarini bajarishini
ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib chiqiladigan bо‘lsa,
taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol kо‘rinadi. Takror ishlab
chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va Shunga
muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bо‘ladi.
Istye’molga kyetadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab
chiqarishning oldingi (о‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari va pryedmyetlarini tiklash
uchun mо‘ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi siklida ham
uning Shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag’lar)ning egasi va
ishchilar о‘rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash proporsiyalari (nisbatlari) asrlar davomida
shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri о‘ziga tyegishli bо‘lgan qismni ortirish (kо‘paytirish)
maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bо‘ladilar. Shunday qilib, jamiyatda
yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan sо‘ng esa almaShuv va
istye’mol bosqichlarini bosib о‘tadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi
о‘ziga tyegishli bо‘lgan daromadni quyidagi ikki qismga bо‘ladi:
istye’mol fondi;
jamg’arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar,
sug’urta tо‘lovlari (badallari) kabi iqtisodiy instrumyentlardan foydalangan holda individual va
jamoa daromadlaridan о‘zining hissasini (о‘ziga tyegishli bо‘lgan qismni) ajratib oladi.
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning “ostonasi”ni aniqlashda jamiyat
ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va Shunga о‘xshashlar orqali, qonunchilik
va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yо‘li bilan davlat faoliyatining chyegarasini aniqlashga
harakat qiladi. О‘z navbatida, davlat ham о‘zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga
harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bо‘lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining Shuncha
katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan istye’mol proporsiyalari
(nisbatlari) ham о‘zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog’liqni saqlash, sosial ta’minot
xarajatlarining bir qismini о‘z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchining bahosida va dyemak,
mehnat haqining darajasida о‘z aksini topadi.
Bu yerda ijtimoiy istye’mol fondlarining hissasi qancha Yuqori bо‘lsa, shaxsiy istye’mol
fondlarining hissasi Shuncha past bо‘lishi bilan xarakterlanadigan tyendyensiyani tuShunish juda
muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy
samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon tо‘xtaganicha yо‘q. Har bir davlat uchun ma’lum
bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng qatlami) qancha boy
bо‘lsa, davlatning о‘zi ham Shuncha boy bо‘ladi, degan tuShunchadan kelib chiqib, aniq
tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. CHunki daromadning Yuqori darajasi Yuqori
istye’mol talabini, sog’lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga kyeltiradi. Shunga mos
ravishda soliqqa tortiladigan baza (asos) о‘sadi va jamg’armalar hissasi oshadi. Jamg’armalar
ssuda kapitalining asosini tashkil etib, о‘z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga о‘z ijobiy ta’sirini kо‘rsatadi.
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chyegaralab (cheklab) qо‘ygan
mamlakatlarda iqtisodiyot о‘sish bazasiga (asosiga) ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma’lum
bir vaqt о‘tganidan sо‘ng nisbatan boyroq bо‘lgan mamlakatlarning ta’siri ostida bо‘lib qoladi.
CHunki mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarzga olishlar evaziga qoplanadi. О‘z
navbatida, tashqi qarzlarni qaytarishning manbai bо‘lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat
qilishi mumkin.
Taqsimlash jarayoniga davlat aralaShuvining balanslashtirilgan chyegaralari buzilsa,
butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi (izdan chiqadi). Bularning barchasini iqtisodiyotni
tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish dyeb atash mumkin. Agar ijtimoiy
portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag’al qatlamlarini qо‘llab-quvvatlash
bо‘yicha qо‘shimcha ravishda majburiyatlarni о‘z zimmasiga olsa, bu ham sog’lom takror ishlab
chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning real
harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chyegaralanish kerak emas. Bundan
tashqari, kapitalning milliy chyegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. CHunki
bunga faqat birja va bank sohalarining о‘ziga xos xususiyatlari emas, balki transmilliy
kompaniyalarning keng rivojlanishi ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Taqsimlash jarayonida Moliyaning roli va о‘rnini kо‘rsatish uchun JIMning о‘rniga
YAIMdan foydalanish mumkin. CHunki har ikki kо‘rsatkichlar о‘zlarining afzalliklari va
kamchiliklariga ega. Masalan, YAIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan
moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning о‘zida esa, JIMning tarkibi noishlab chiqarish
xizmatlarisiz bо‘lib, ularning salmog’i Yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat
jarajatlarining1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning kо‘pqadamli ekanligi inobatga
olinadigan bо‘lsa, JIM kо‘rsatkichi Yuqoridagi maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega
ekanligi ma’lum bо‘ladi. CHunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bо‘lgan moddiy
ishlab chiqarish sohasini о‘zida tо‘liqroq aks ettiradi.
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat
qurollari va mehnat pryedmyetlari);
milliy daromad (ishchi kuchi va qо‘shimcha mahsulotning qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan
foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chyetda
shakllanadi. JIMning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizasiya
ajratmalari, matyeriallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg’i
elyektroenyergiyani xarib qilish kо‘rinishlarida va h.k.) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin
emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. CHunki usiz
jamiyatning bо‘lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu JIMni taqsimlash
jarayonidir.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona (alohidalashgan) tizim sifatida qabul
qilinsa, u holda kyeyingi qayta taqsimlash MDdan faqat soliqlarni tо‘lashga borib tugar edi.
Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan,
balki xizmat kо‘rsatish sfyerasi, maorif, sohliqni saqlash, bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi.
Davlat о‘z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjet sohasining xodimlariga
ish haqi tо‘laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, о‘z navbatida, Davlat byudjetining
daromadlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan soliqlarni tо‘laydilar. Fuqarolar о‘zlarining shaxsiy
daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini tо‘laydilar, sug’urta fondlariga ajratmalar
(badallar) qiladilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qaytaradilar. Korxonalar
xizmat kо‘rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar tо‘laydilarki, ular byudjet
daromadlarini shakllantirishga yо‘naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha
munosabatlar ham Moliya bо‘lavyermaydi. Lekin taqsimlashning chyegarasidan chyetda Moliya
mavjud emas.
JIMning ikkiga bо‘linishi bilan xarakterlanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan
sо‘ng ikkinchi bosqich boshlanadiki, unga muvofiq MD jamg’arish fondi va istye’mol fondiga
bо‘linadi.
Jamg’arish fondi ikki qismdan iborat bо‘lib, uning bir qismi takror ishlab chiqarishni
kengaytirish va ikkinchi qismi esa ryezyerv fondlarini shakllantirishga mо‘ljallangandir.
Taqsimlashning bu bosqichida Moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat quyilmalarini
joylashtirish (kiritish), davlat ryezyervlarini shakllantirish va sug’urta fondlarini tashkil qilish
orqali namoyon bо‘ladi. Bunda tyegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan
oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tyegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin.
CHunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida (chyegarasida)
amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan (sivilizasiyali)mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega
bо‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini о‘rganayotgan paytda daromad va
xarajatlarning kyetma-kyetligiga e’tibor bermaslikka imkon beradi. Kо‘pchilik hollarda
amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bо‘ladi (daromadlar
shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga kyeladi). Daromad va
xarajatlarning muddatlari bо‘yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun (yoki Shu muammoni hal
etish uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi.
Jamg’arish fondi va istye’mol fondi о‘rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab
chiqarish jarayonining alohida olingan sub’yektlari (davlat bilan ham birgalikda) о‘rtasida ham
juda alohidadir. Istye’molning darajasiga texnologiya darajasi, kommunikasiyalar, davlat
tuzilmasi, partiya va harakatlarning obо‘si va boshqa Shu kabi kо‘plab omillar о‘z ta’sirini
kо‘rsatadi.
Xuddi Shunga о‘xshash ravishda jamg’arish fondi va istye’mol fondi о‘rtasidagi
nisbatlarning tyendyensiyasini aniqlashning ham iloji yо‘q. Istye’mol fondining yetarli Yuqori
darajadasida noishlab chiqarish syektorida jamg’arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy
jamg’armalar о‘sadi). Agar MDda istye’molning nisbiy hissasi kamroq bо‘lsa, korporativ
jamg’armalar о‘sadi. CHunki yaratilgan MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa
emasdir. Butun takror ishlab chiqarish jarayonining nyegizida о‘ziga xos tovar bо‘lgan ishchi
kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi о‘zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq
bо‘lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy
qismlariga – mehnat qurollari va mehnat pryedmyetlari – xos emas.
О‘z navbatida, istyemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
ijtimoiy istye’mol fondlari;
shaxsiy istye’mol fondlari.
Alohida olingan mamlakatlar bо‘yicha ular о‘rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga,
an’analarga va h.k.larga bog’liq. Hokimiyat tyepasida kommunistik yoki sosialistik partiyalar
turgan mamlakatlarda ijtimoiy istye’mol fondlari istye’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy
о‘rinni egallaydi. CHunki ijtimoiy istye’mol fondlari orqali davlat maorif, sog’liqni saqlash va
ijtimoiy yordam kо‘rsatish jarayonlarini Moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy istye’mol
fondlarining salmog’i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan Yuqori bо‘lib, bu fondlar orqali
boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xо‘jaligi va h.k.larni Moliyalashtirish qо‘llab-
quvvatlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy istye’mol fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanishni Moliyasiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Boshqa hyech qanday iqtisodiy
kategoriyalarning hyech biri bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani sо‘zma-
sо‘z tuShunish kerak emas. CHunki, masalan, buxgaltyeriya hisobi tizimi soliqlar va
ajratmalarning о‘lchamini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizasiya ajratmalari tizimi
esa foyda summasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Biroq ijtimoiy istye’mol fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat Moliya xizmat qiladi.
Ijtimoiy istye’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu
fondlarning bir qismi sosial sug’urta va sosial ta’minot fondlarini shakllantirishga sarflanadi.
Bozor iqtisodiyoti xos bо‘lgan dunyoning kо‘pchilik mamlakatlarida sosial sug’urta va sosial
ta’minot fondlarini shakllantirishda о‘zining tо‘lovlari bilan ham ish beruvchilar va yollanma
mehnat xodimlari ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy istye’mol fondini shakllantirishga
shaxsiy istye’mol fondining bir qismi yо‘naltiriladi. SHaxsiy istye’mol fondining qolgan qismi
quyidagi ikki qismga bо‘linadi:
shaxsiy jamg’arma fondlari;
istye’mol fondlari.
Aynan shaxsiy istye’mol fondining ana Shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat
kо‘rsatishi uchun tyegishli sharoitni yaratadi.
Istye’mol fondi va jamg’arish fondi о‘rtasidagi nisbat hamda ularning fizik hajmi bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar
kо‘rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini olib qо‘ysa, u Shu bilan iqtisodiyotning
rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv organi sifatida
davlatning xususiyatiga borib taqaladi – uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati
xarajatlarini Moliyalashtirish tо‘g’risida gap kyetayapti), yo nosamarali (iqtisodiyotga
qilinadigan xarajatlar qismi) yo nooqilona (sosial soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bо‘lib,
ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag’batlantirmaydi) bо‘lishi mumkin. Agar davlat
soliqlar kо‘rinishida MDning 30% dan ortiqrog’ini oladigan bо‘lsa, u holda iqtisodiyotni
о‘stirish va modernizasiya qilish uchun ichki ryezyervlar yetarli darajada bо‘lmay qolishi
mumkin. Albatta, soliqli olib qо‘yish darajasi 30%dan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Biroq,
bunday hollarda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat о‘z
zimmasiga olishi kerak. Soliq ostonasi Yuqori bо‘lgan sharoitda soliqni tо‘lashdan bosh tortish
tyendyensiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish xarajatlari ham ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |