soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sirini
kuchaytirish maqsadida:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, Moliyaviy va mehnat
resurslaridan, tо‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini
oshirish;
- korxonalar zimmasidagi soliq Yukini kamaytirish, qо‘shilgan qiymat va foyda
solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va Shu asosda ishlab chiqarishni
jonlantirishga turtki berish;
- soliq tuShumlari tarkibini tubdan о‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini
oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish.
mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bо‘lgan respublika soliqlari bilan mahalliy
soliqlar о‘rtasida aniq chyegara о‘tkazish;
Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy
byudjetlarning
daromad manbalarini mustahkamlash;
soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tyegishli
Moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;
va boshqalar.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot (davr)
bilan hamnafasligini ta’minlash, uning davlatimiz rivojlanishining о‘zgargan sharoitlariga tyezda
moslasha bilishini ta’minlash, о‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli
usullarni о‘z vaqtida topa bilish, stratyegik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag’larga
qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini
qondirishning Moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondaShuvidan (usulidan)
ijtimoiy xarajatlarning adryesliligini ta’minlashga о‘tish kabi tadbirlar kiradi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat Moliya siyosati konsepsiyasining maqsadi
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar
bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat.
Moliya stratyegiyasining ijtimoiy yо‘naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga Yuboriladigan
Moliya resurslarini kо‘paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bо‘libgina qolmay,
balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoShuvda ham namoyon
bо‘ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning о‘sishini Moliya resurslardan
samarali foydalanish yо‘nalishlarini belgilaydi.
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, Shuningdyek, byudjet
tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng
avvalo, daromadlarni indyeksasiyalash vositasida (yordamida), ya’ni, byudjet mablag’lari
hisobiga, ba’zan esa kompyensasiyalarni istye’mol indyeksiga mufoviq oshirish yо‘li
bilan
ta’minlanadi.
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga Moliyaviy ta’sir о‘tkazishning asosiy
uslublari bо‘lib, soliq solish, Moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish,
Moliyalashtirish, Moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyot hozirgi
bosqichining Moliya siyosati Moliya stratyegiyasi talablari asosida va Yuzaga kyelgan iqtisodiy
shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xо‘jalik Yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab-ehtiyojlarini
yaxshiroq qondirish, resurslarni tyejash, mahsulot assortimyenti va texnika bazasini yangilash,
mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yо‘lida raqobatni rivojlantirish,
tashabbuskorlik kо‘rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yо‘naltiriladigan
Moliya resurslarining
о‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat kо‘rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy sharoit о‘zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo о‘sib boradi. Shu munosabat bilan
hozirgi Moliya siyosati davlat Moliya resurslarining muntazam о‘sishini ta’minlashga qaratilgan
tadbirlarni nazarda tutadi.
Byudjetga tushayotgan tо‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi xо‘jalik bug’inlarining
ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan Moliya siyosatining hayotga tatbiq etilishini talab
qiladi.
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash
amaliyotini tubdan о‘zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, Shuningdyek, Yuqori
tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vyertikal» uslubga qarama-qarshi Moliyaviy resurslarni
Moliya bozori orqali «gorizantal» qayta taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi.
Mablag’larning о‘tkazib turilishi esa Moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan
holda foydalanishni nazarda tutadi.
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va
umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va
jamg’armalarini jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligasiyalari va xazina bilyetlarini
chiqarish ham davlat resurslarining hajmini kо‘paytiradi.
Moliyaviy siyosat real Moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va
tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) Moliya resurslarining kо‘payganidagina о‘sishi mumkin.
Bu,
eng avvalo, ishlab chiqarishni Moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va Moliyaviy
siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga о‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini
berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni
yaratishga qaratilishi kerak.
Moliyaviy siyosatning tubdan о‘zgarishiga mos ravishda Moliya mexanizmi ham qayta
qurilmog’i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, Moliya resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya
mexanizmini qayta qurish
nyegizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xо‘jalik
tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq
foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida Moliyaviy uslublardan foydalanish
zarurati yо‘qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, Moliyaviy
resurslardan foydalanish ustidan ichki xо‘jalik Moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo
g’amxо‘rlik qilishga majbur qiladi. Shu bilan bir vaqtning о‘zida davlat tomonidan bozor
munosabatlarini Moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish
korxonalarga soliq solish, qо‘shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig’ini) kiritish,
mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni
Moliyalashtirish vositasida
amalga oshiriladi. Xо‘jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat
paramyetrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha talablarning sanitariya
norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun Moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar oldidagi Moliyaviy majburiyatlarni о‘z
vaqtida bajarmaslik yoki tо‘liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish ob’yektlarini
yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik
Moliya nazorati keng rivoj topmog’i lozim.
Aholiga ijtimoiy xizmat kо‘rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari va
tashkilotlarida yangi xо‘jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat
kо‘rsatish, xо‘jalik faoliyati bilan Shug’ullanish, olingan daromadlarni mustaqil tasarruf etish
huquqi berilgan.
Davlat Moliya mexanizmiga tub о‘zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirish soliq asosiga о‘tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan
Moliyalashtirish tizimi butunlay о‘zgardi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar tizimi keng tarqaldi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug’urtani tashkil etish va boshqarish
sohasida ijobiy natijalarga olib kyeldi: koopyerativ (shirkat) sug’urtasi rivojlanyapti,
aksionyerlik sug’urta jamiyatlari vujudga kyelyapti, sug’urtaning yangi turlari paydo bо‘layapti.