6-mavzu: Moliyaviy nazorat
Reja:
1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, pryedmyeti, tizimi, vazifalari,
prinsiplari.
2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va myetodlari.
3. Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari.
4. Nodavlat Moliyaviy nazorat
1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, pryedmyeti, tizimi, vazifalari,
prinsiplari
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida Moliyaga ob’yektiv xos bо‘lgan nazorat
xususiyatining amalda namoyon bо‘lishidir. Odatda, Moliyaviy nazorat quyidagi ikki
yо‘nalishda (aspyektda) qaraladi:
barcha iqtisodiy sub’yektlarning Moliyaviy qonunchilik va Moliyaviy intizomga rioya
qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq ryeglamyentasiya
qilingan (tartibga solingan) faoliyati;
Moliyaviy opyerasiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash
maqsadida makro- va mikrodarajada Moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning
ajralmas elyenmyenti.
Moliyaviy nazoratning har ikki yо‘nalishi (aspyekti) bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lsa-
da, nazoratning maqsadi, myetodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar
birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda
Moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi.
Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) Moliyaviy faoliyati
ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, Shuningdyek maxsus
tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga Moliyaviy nazorat
deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida
Moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, Moliyaviy-xо‘jalik opyerasiyalarining
samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan
nazoratni о‘z ichiga oladi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, Moliyaviy nazorat u yoki bu
Moliyaviy harakat sodir bо‘lishining baholashni о‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u
о‘zining analitik yо‘nalishiga (aspyektiga) egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bо‘lganligi uchun
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari
harakatining barcha jarayonlarida, Shu jumladan, Moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida
ham kuzatiladi. Shuning uchun ham Moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari
hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning pryedmyeti quyidagi Moliyaviy kо‘rsatkichlardan iborat:
turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
soliq tо‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, о‘lchamlari);
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning daromadlari;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari;
tannarx va foyda;
uy xо‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
va boshqalar.
Moliyaviy nazoratning pryedmyeti hisoblangan Yuqoridagi kо‘satkichlarning kо‘plari
hisobli kо‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, о‘z navbatida, ularning amaldagi normativ
hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining tо‘g’riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat
qilishni) taqoza etadi.
Moliyaviy nazorat Moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bо‘lib xizmat qiladi.
U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini
ta’minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat, bir tomondan, о‘zaro
ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bо‘lgan) ikki sohaga bо‘linadi:
davlat Moliyaviy nazorati;
nodavlat Moliyaviy nazorati.
Davlat Moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat
hamda boshqaruv konkryet organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining komplyeksli va maqsadga
yо‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitusiyasi hal
qiluvchi rolni о‘ynaydi. Uning huquqiy ryeglamyenti davlatning tipiga, uning sosial-siyosiy
yо‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq.
Davlat Moliyaviy nazorati YAIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga
qaratilgan. Bu nazorat davlat Moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning tо‘liq va о‘z vaqtida
tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan pul resurslari harakatining
barcha kanallariga (tarqatiladi) tyegishli hisoblanadi.
Davlat Moliyaviy nazorati davlatning Moliya siyosatini amalga oshirishga va Moliyaviy
barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi
byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish,
korxona va tashkilotlar, banklar va Moliyaviy korporasiyalarning Moliyaviy faoliyati ustidan
nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan)
bо‘lsa, davlat Moliyaviy nazoratchilari ham davlat syektorida va ham xususiy hamda korporativ
biznyes syektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq
iqtisodiyotning nodavlat syektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat
faqat soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni ham qо‘shib olgan holda davlat oldidagi pul
majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini
sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va Shuningdyek, hukumat
tomonidan о‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgaltyeriya hisobi va
hisobotni Yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat Moliyaviy nazorati ikkiga bо‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi
(auditorlik).
Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (kо‘rinishlari, turlari) nazoratni
amalga oshirish myetodlarining о‘xshashligiga qaramasdan, о‘zlarining pirovard maqsadlari
bо‘yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat Moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat
xazinasiga resurslarni tuShurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini
minimallashtirish bо‘lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat Moliyaviy nazoratning
(ayniqsa, firma ichidagi Moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda
normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni
minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning о‘zida Moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi
qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qо‘yilgan.
Pul munosabatlari, Moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta
taqsimlash jarayonlari, Shu jumladan, barcha darajalardagi va xо‘jalikning barcha bug’inlaridagi
pul fondlari shaklidagi Moliyaviy resurslar Moliyaviy nazoratning ob’yekti hisoblanadi.
Tekshiruvlarning bevosita pryedmyeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala
xarajatlari kabi qiymat kо‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim
hollarda pulsiz (masalan, bartyer bitimlari) amalga oshiriladigan opryeasiyalarning barchasi
Moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat о‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:
iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash
porporsiyalarining optimalligi);
byudjet Rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tyegishli bо‘lgan mehnat, moddiy va
Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
о‘zaro soliq munosabatlari.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bо‘lib,
quyidagi elementlardan tashkil topadi:
bevosita mamlakatning parlamyenti yoki pryezidyentiga bо‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu
tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni
о‘rnatishdir;
asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va
mamlakat pryezidyenti, hukumati yoki Moliya vazirligiga bо‘ysunuvchi soliq muassasi;
quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi
nazorat qiluvchi organlar;
hisobot hujjatlarining ishonchliligini va Moliyaviy opyerasiyalarning qonuniyligini
tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari;
asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, Moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani
oshirish bо‘lgan ichki nazorat xizmatlari.
О‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir
maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana Shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat
bojxona qо‘mitasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
pul fondlarining о‘lchami va Moliyaviy resurslarga bо‘lgan ehtiyoj о‘rtasidagi
mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir kо‘rsatish;
davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning о‘z vaqtida va tо‘liq bajarilishini ta’minlash;
Moliyaviy resurslarni kо‘paytirishning ichki xо‘jalik ryezyervlarini qidirib topish;
va boshqalar.
Jahon hamjamiyati kо‘p yillik tajriba asosida Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy
prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir
sivilizasiyalashgan davlati intiladi. Bu prinsiplar INTOSAIning Lima dyeklarasiyasida о‘z aksini
topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
mustaqillik;
ob’yektivlik;
kompyetyentlik (layoqatlilik, qodirlik);
oshkoralik.
Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining Moliyaviy jihatdan mustaqilligi,
nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlamyent muddatlaridan uzoqligi,
Shuningdyek ularning konstitusion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’yektivlik va
kompyetyentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka sо‘zsiz
itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan (о‘rnatilgan) standartlariga
(andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining Yuqori kasbiy darajada bо‘lishini
taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan doimiy aloqada bо‘lishini kо‘zda tutadi.
Ana Shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi Moliyaviy nazoratning
quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin:
natijalilik;
nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi;
nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi;
tekshirish va taftish aktlarida kyeltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va
isbotlanganligi;
pryevyentivlik (Moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi);
Moliyaviy jinoyatlar bо‘yicha Shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha)
pryezumpsiyasi;
turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi;
va boshqalar.
Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir kо‘rsatuvchi
qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, Yuqoridagi prinsiplarga tayanadi (asoslanadi).
Bir vaqtning о‘zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining о‘z ryeglamyenti (tartibi va kyetma-
kyetligi) mavjud bо‘lib, bu narsa pirovardida Moliyaviy nazoratning natijalariga о‘z ta’sirini,
albatta, kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |