Kislotalarning jarohatlovchi ta’siri ularning to’qimalarga
davomli tegib
turishiga ham bog’liqdir. Bunda pastki to’qimalar nekrozlanib,
qon tomirlarini
emiradi va qon gemoglobini bilan birikib nordon gematin yoki gematoporfirinni
hosil qiladi. Nekrozga uchragan to’qimalar o’zgargan qon bilan shimilib qo’ng’ir
qizg’ish va hatto qora rangga ega bo’ladi. Zararlangan joyning chetlarida
yallig’lanish jarayoni kuzatiladi. Kislotalar qonga so’rilgach, to’qimalarda modda
almashinuvining kuchli buzilishi tufayli ichki organlarning jarohatlanishi ko’zga
tashlanadi.
Organik kislotalar kuchsiz dissotsiatsiyalanish xususiyatiga ega bo’lgani
uchun ularning to’liq molekulasi o’zining jarohatlovchi ta’sirini ko’rsatadi. Odatda
ular ancha ko’zga ko’rinuvchi yallig’lanish reaktsiyasi bilan davom etuvchi yuzaki
nekroz chaqiradi.
Kislotalarning o’ldiruvchi dozasi uning kontsentratsiyasiga bog’liq.
Kontsentrlangan sulfat kislotaning 5 ml, nitrat kislota – 5-10 ml, xlorid kislota –
10-15 ml, sirka kislotaning 15-20 ml o’ldiruvchi dozasi hisoblanadi.
Kontsentrlangan kislotalarni yutganda qizilo’ngach yo’li bo’ylab va
oshqozonda kuchli kuydiruvchi og’riq paydo bo’lib, qon aralash uzluksiz qusish,
ba’zan qusuq massalarida nekrozga uchragan shilliq pardalar bo’lakchalari
kuzatiladi. Umumiy
holati tobora yomonlashib, tomir urishi va nafas olishi
tezlashadi. Harakat ko’zg’aluvchanligi ko’zga tashlanib yurakning kuchsizlanishi
sekin-sekin yuzaga keladi. Kislotalarning bug’lari
va nordon qusuq massalar
yordamida hiqildoq shilliq qavatining ta’sirlanishi tufayli yo’talish paydo bo’lib
hiqildoq shilliq qavatining shishishi va ovoz bog’lami yoriqchasining spazmi
rivojlanishi mumkin.
Zahar qabul qilingandan keyin birinchi soat ichida shokdan, asfiksiya yoki
ichki qon ketishdan o’lim sodir bo’ladi. Ko’pincha o’lim 1-2 sutkadan keyin og’ir
umumiy intoksikatsiya tufayli yuzaga keladi. Biroz keyinroq pnevmoniya, o’tkir
buyrak
etishmasligi, shuningdek qizilo’ngachning teshilishi (mediastenit) yoki
oshqozonning teshilishi (peritonit) dan odam o’lib qolishi mumkin. Tirik qolgan
taqdirda jabrlanuvchi qizilo’ngachi va oshqozonining jarohatlangan joylarida
301
chuqur yaralar paydo bo’lib, keyin chandiqlanishi tufayli ularning bo’shlig’i
torayib ovqatni umuman o’tkazmay qo’yishi kuzatiladi. Buning natijasida unda
kaxeksiya holati rivojlanadi.
Murdani tashqi tekshirishda og’zini atrofida sarg’ish kulrang yoki qo’ng’ir
pergament dog’lari shaklida kimyoviy kuyishning izlari topiladi. Labining
o’ramalari, og’iz bo’shlig’iga zaharli moddaning
tekkan joylaridagi shilliq
qavatlari qattiqlashgan kulrang tusli bo’ladi (85-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: