botanik tekshirishlar
o’tkaziladi, chunki ko’pchilik o’simlik zaharli moddalari
kimyoviy usulda topilmaydi. O’simlik qoldiqlaridan uning tomirlari, mevalari va
sporalaridan ko’pchilik hollarda botanik zaharlanishga sababchi o’simlikni
aniqlash mumkin.
Bioximik tekshiruv usulida zaharlanishning diagnostikasi ko’pchilik zaharli
moddalarning organizm fermentativ sistemasiga saralovchi ta’sir qilishi va
ularning faoliyatini buzilishiga asoslangan. Bu birinchi navbatda qon tarkibida va
eritrotsitlarda xolinesteraza aktivligining buzilishi bilan bog’liq turli tuman
fosfororganik birikmalarga aloqadordir.
Fizik tekshiruv usullari hozirgi davrda zaharlanish diagnostikasida keng
qo’llaniladi. Bunga is gazi va boshqa qonga ta’sir qiluvchi zaharli moddalarni
aniqlashda spektrografik tekshiruv usuli kiradi. Keyingi davrda rentgenografiya,
xromatografiya, kolorimetriya, lyuminestsent mikroskopiyasi va boshqalar ham
qo’llanilayotgani ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |