13.5. Destruktiv zaharli moddalar bilan zaharlanish
Bu moddalarga og’ir metallar va ularning tuzlari, xlororganik
yadoximikatlar, margumush, simob va uning birikmalari, fosfor hamda boshqalar
kiradi. Ularning barchasi tushgan joyida qitiqlovchi va kuydiruvchi ta’sir
ko’rsatibgina qolmasdan, balki har xil ichki organlarda kuchli darajada distrofik,
hatto nekrotik o’zgarishlar bilan xarakterlanadi. Bu guruhdagi ayrim zaharli
moddalar markaziy va periferik nerv sistemasi hamda kapillyarlarni ham
jarohatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |