Tibbiyot instituti talabalari uchun


Margumush bilan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Margumush bilan zaharlanish.
Tibbiyotda uning har xil neorganik va 
organik birikmalari qo’llaniladi. Toza holda zaharli emas. Margumush angidridi 
(As
2
O
3
) ning amaliy ahamiyati katta. Hidsiz, tamsiz bo’lgani xamda yuqori 
zaharliligini hisobga olib ilgarilari bu zaharli moddadan o’z-o’zini o’ldirish va 
odam o’ldirishda foydalanilgani ham ma’lum. Hozirgi davrda margumush 
yordamida odam o’ldirish yoki o’zini o’zi o’ldirish deyarli uchramaydi. Ko’pincha 
shu zaharli moddalar bilan aloqa qiluvchilar (farmatsevtlar, kimyoviy 
laboratoriyalarning xodimlari) orasida zaharlanish uchrashi mumkin.
Margumush to’qimalarga kam muddatda ta’sir qilgan joyida yallig’lanishga 
xos o’zgarishlarni chaqirsa, uzoq muddatda ta’sir qilganda esa nekroz kuzatiladi. U 
qonga so’rilgach, markaziy nerv sistemasini jarohatlab ko’pincha qorin bo’shlig’i 
organlari kapillyarlarini falajlanishiga sababchi bo’ladi. Organizmdan, asosan, 
buyrak orqali, oshqozon va ichaklar shilliq qavatlari, ter orqali, o’t va so’lak orqali 
ancha sekinlik bilan ajraladi.
Margumush bilan o’tkir zaharlanishning 2 turi farqlanadi: 1) oshqozon-
ichak; 2) nerv yoki paralitik.
Oshqozon-ichak turi ancha ko’p uchrab, aziatik vabo shaklida o’tadi. Zaharli 
309


moddani katta dozada qabul qilganda yoki parenteral yo’l bilan yuborilganda 
zaharlanishning paralitik turi rivojlanib, bunda kuchli bosh og’rishi, hushini 
yo’qotishi, komatoz holatlar ko’zga tashlanadi. Zaharlanishdan keyin birinchi 
soatda o’lim sodir bo’lishi mumkin.
Murdani kesib ko’rilganda topilgan patomorfologik o’zgarishlar 
zaharlanishning turlariga bog’liq. Oshqozon-ichak turida terisini qurishi, 
elastikligini yo’qolishi ko’rinib, yurak va qon tomiri bo’shlig’idagi qon 
quyuqlashgan va xira bo’ladi. Oshqozonda qo’yuq cho’ziluvchan shilliq massa 
miqdorining ko’payishi, shilliq pardasining bo’kkanligi va unda mayda qon 
quyilishlar ko’zga tashlanadi. Ba’zan shilliq qavat burmalari orasida zaharli modda 
bo’lakchalari topiladi. Bu erda shilliq qavati nekrozga uchrab, yaralanganligi 
ko’rinadi. Ichakdagi suyuq massalar orasida oqimtir parchalar paydo bo’lganligi, 
shilliq qavati, limfa tuguni shishganligi aniqlaniladi. Ichakning seroz qavati 
yopishqoq, fibrin cho’kkanligi tufayli qizg’ish rangli bo’ladi. Nerv sistemasida 
patologoanatomik o’zgarishlar kamroq uchraydi. Bu miya pardasi va bosh 
miyaning to’laqonligi hamda shishishi bilan xarakterlanadi.
Oshqozondagi narsalar va ichki organlari sud kimyoviy tekshiruvidan 
o’tkaziladi. Margumush murda ko’milgandan uzoq vaqt o’tganda ham aniqlanilishi 
mumkin. Murda tanasida yumshoq to’qimalar umuman chirib, yo’qolib ketgan 
taqdirda uning sochi va tirnoqlaridan margumush aniqlaniladi. Margumushning 
o’ldiruvchi dozasi 0,1-0,2 g ga yaqindir.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish