Biror-bir yo’l-qurilish jarayonlarini ushbu ko’p vazifali hamda chidamli texnikasiz amalga oshirish juda ham qiyin



Download 37,62 Kb.
bet1/2
Sana13.12.2022
Hajmi37,62 Kb.
#884289
  1   2
Bog'liq
avtogreyder


Kirish.
Taqdim qilinayotgan texnikaning ushbu turi haqiqatdan ham texnik xizmat ko’rsatish jarayonidagi sodda, chidamli hamda ishchan texnikalardan biri hisoblanadi. Gap aynan avtogreyder haqida ketyapti.
Biror-bir yo’l-qurilish jarayonlarini ushbu ko’p vazifali hamda chidamli texnikasiz amalga oshirish juda ham qiyin.
Yo’l-qurilish sohasidagi mutaxassislar avtogreyderni tekislovchi texnika turiga kiritishadi, aslida esa, avtogreyderlar soddagina ko’tarmalarni tekislash ishlaridan tashqari yana ko’plab boshqa vazifalarni ham bajara oladi. Ushbu baquvvat mashinalar boshqa maxsus texnika yordamisiz tuproq ko’tarmalarni barpo qila oladi, shu bilan bir qatorda yo’l qoplamasida kerakli o’lchamdagi tuynuklarni kesadi, yo’l oldi maydonni tozalaydi, yo’l yoqasini yamash vazifasini bajara oladi, yo’llarni qor hamda muzdan tozalash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu vazifalar bu texnika uddalay oladigan ishlarning hali to’liq ro’yxati emas!
Avtogreyder – o’ziyurar mashina hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati, bu old va orqa g’ildiraklarning orasida joylashtirilgan pichoq bilan jihozlangan ag’darma uskunasidir.
Bugungi kunda ishlab chiqaradigan texnikalarining ro’yxatida avtogreyderlar mavjud bo’lgan ko’plab korxonalar mavjud. Ammo, qiziqarli tomoni shundaki, turfa markalarning xususiyatlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi.
Ushbu mashinalarning turli tasniflari mavjud. Ularning biri esa uning vazniga bo’g’liq. Ushbu tasniflarga ko’ra, avtogreyderlarni og’ir, o’rta hamda yengil vaznli uch toifaga ajratish mumkin.
So’nggi toifadagi avtogreyderlar kichik yamash ishlari hamda tuproq ko’tarmali yo’llarni qurish jarayonlarida keng ishlatiladi.

O’rta vazn toifasiga kiruvchi avtogreyderlar qiyinroq yo’l-yamash ishlarida ishtirok etib, tuproq qatlamini barpo etish jarayonlarida ishlatiladi.


Og’ir greyderlar esa yo’l qatlamini yotqizish, yo’llarni qurish jarayonida qurilish aralashmalarini qorishtirish hamda ushbu aralashmalarni taqsimlashda qo’l keladi.

Greyderning ag’darma moslamasi ushbu texnikaning asosiy ishchi qismi hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu qismni deyarli istalgan holatda o’rnatish mumkin. Uning gorizontal holatidagi aylanma burchagi 360 darajaga teng.


Avtogreyderlarning yana bir tasnifi ishchi qismlarni boshqarish tizimlari bilan bog’liqdir: ular gidravlika yordamida hamda mexanik tarzda boshqariladigan avtogreyderlarga bo’linadi. Bundan tashqari avtogreyderlar quvvati bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi.


Yo’l qurilish jarayonlari uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar bozorida avtogreyderlarning har xil turlari taqdim etilayotganligi sababli, to’g’ri tanlovni amalga oshirish – oson ish emas. Ushbu maxsus texnika sohasida ekspert bo’lmasangiz, mutaxassisga murojaat qilishingizga to’g’ri keladi.


Birinchi navbatda esa, o’zining yuqori darajali chidamliligi hisobiga uzoq muddat ichida sizga xizmat qilishga tayyor bo’lgan avtogreyderga nisbatan maqsadlaringiz hamda zaruriyatlaringizni tahlil qilishdan boshlashingiz kerak.


Bunday tahlilga hamda aniq rejaga ega bo’lsangiz, ushbu sohadagi mutaxassisni topib, u bilan birgalikda maqsadlaringizga erishishga yordam beradigan hamda zaruriyatlaringizga to’g’ri keladigan avtogreyderni tanlab olsangiz bas.


Greyderlar va avtogreyderlar yo‘llaming tuproqli polotnolarini qiyalab tekislash (profillash)ga va pardozlashga, yon rezervlardan uncha baland bo`lmagan ko‘tarmalar va dambalar hosil qilishga chuqur bo‘lmagan kanallar qazish hamda ulami qiyalab tekislashga,qiyaliklarda terrasalar qurishga, grant va qurilish materiallarini yoyib tekislash hamda surishga, qattiq gruntlami yumshatishga, shuningdek, yo‘llar va qurilish maydonlarini qordan tozalashga mo`ljallangan.


Greyderlar gusenitsali traktorlarga tirkab ishlatiladigan mashinalardir.
Qanday traktorga tirkalishiga ko‘ra greyderlar ikki tipga tasniflanadi: tortish sinfi
30—40 kN va tezligi 2—4 km/soat bo`lgan traktorlar bilan ishlatishga mo`ljallangan yengil greyderlar; tortish sinfi 100—150 kN va tezligi 2—3,5 km/soat bolgan traktorlar bilan ishlatishga moljallangan og‘ir greyderlar.
Mashinaning o‘qlari orasida joylashgan ag'dargich greydeming ish organi bo lib, u mashinaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan turli vaziyatlami egallashi mumkin. Ag‘dargichining bunday konstruktiv yechimi va uning uzaytirgich hamda nishab hosil qilgich bilan jihozlanishi greydemi universal mashinalar qatoriga qo‘yadi va sun’iy inshootlar qurishda u bilan turli tuproq ishlarini bajarishga imkon beradi.
Avtogreyder (o‘ziyurar mashina), asosiy ish organi — ag‘dargich va yumshatkichdan tashqari, qo‘shimcha ravishda bulldozer ag‘dargichi, greyder-elevator, qor tozalagich (plugli yoki rotorli), yo`lbop freza va hokazolar bilan jihozlanishi mumkin.
Avtogreyderlar konstruktiv massasiga ko‘ra uch tipga tasniflanadi:
yengil — 9 t; o‘rtacha — 13t; og'ir — 19t. Avtogreyderlarning konstruktiv massasida zapravka materiallari (yonilgl, moylash, materiallari, sovituvchi, ish va tormoz suyuqliklari)ning, ehtiyot qismlar, asboblar, qo‘shimcha jihozlarning massasi hisobga
olinmaydi.
Sanoatda ikkita va uchta yetakchi o‘qlari bolgan uch o‘qli avtogreyderlar ishlab chiqariladi yurish qismining konstruksiyasi g‘ildirak chizmasi AxBxC bilan ifodalanadi, bu yerda: A — boshqariladigan g'ildiraklar o‘rnatilgan o‘qlar soni; В — yetakchi g‘ildiraklar o‘rnatilgan o‘qlar soni; С —o‘qlaming umumiy soni.
Tirkalma greyderlar va avtogreyderlar ish organining boshqarilishi tipiga qarab mexanik va gidravlik xillarga tasniflanadi. Tirkalma greyderlar avtogreyderlardan bo‘sh va botqoqlangan gruntlarda o‘tuvchanligi yuqoriligi farq qiladi, ammo boshqa gruntlarda ish unumi, manyovrchanlik va transport tezligi jihatidan ularga tenglasha olmaydi.

Download 37,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish