(intrakardial zaharli moddalar) va boshqalarga ta’sir qilishi mumkin.
Zaharli moddalar organizmga birlamchi va birin ketin ta’sir ko’rsatishiga
ham bo’linadi.
Birlamchisida zaharli moddalar to’g’ridan to’g’ri qandaydir organ yoki
to’qimalarga ta’sir qilib o’zgarishlar
chaqirsa, ikkilamchisida birlamchi
jarohatlanish tufayli boshqa organlar va to’qimalar funktsiyasining ham buzilishiga
sababchi bo’ladi. Masalan, qonning gemolizi gemolitik zaharli moddaning
birlamchi ta’siridan sodir bo’lsa, buyrak funktsiyasining
buzilishi va siydik
ajralishining o’zgarishi ularning birin ketin ta’siri natijasida rivojlanadi.
Odatda zaharlanishda uzoqlashgan asoratlari kuzatilib, bular zaharli
moddalarning metatoksik ta’siri tufayli yuzaga keladi. Ular organizmda bo’lgan
zaharli moddalarning to’qimalarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qilishi bilan bog’liq.
Sulemaning metatoksik ta’siri zaharlanishdan bir necha kun o’tgach, zaharli modda
organizmdan chiqarilgandan keyin buyrakning uzoq davom etadigan jarohatlanishi
va buyrak etishmovchiligi bilan xarakterlanadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar zaharli modda bilan organizmning o’zaro
aloqasini faqat umumiy ko’rinishini belgilaydi. Ko’pchilik zaharli moddalar yuqori
biologik aktivlik xususiyatiga ega. Bu zaharli moddalarning saralab ta’sir qilishi,
organizmda sodir bo’ladigan ayrim nozik bioximik jarayonlarga ta’sir
qilishiga
bog’liq. Masalan margumushning ta’sir qilishi to’qimalarda fermentlar
sistemasining sulfgidril guruhining blokadasi tufayli oksidlanish jarayonining
buzilishiga asoslangan, tsianid kislotasi to’qima tsitoxromoksidazasi bilan o’zaro
ta’sir qilib to’qimada nafas olish fermentlari faoliyatini susaytirishi; fosfor organik
moddalar xolinesteraza fermentiga ta’sir qilib, nerv orqali qo’zg’alish
jarayoni
berilishiga ta’siri va boshqalar bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham zaharli
moddalarning ta’sir qilish nuqtasi har xil bo’ladi. Masalan, bir xil sinoptik zaharli
moddalar aksonlarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatib, nerv impulsi berilishini
bo’zsa (tetradotoksin), boshqalari akson ohirlarida atsetilxolin ajralishini
susaytiradi (botulotoksin), uchinchilari mushakda atsetilxolin
kontaktini buzadi
(kurare) va nihoyat, to’rtinchilari atsetilxolin emirilishini tormozlaydi (zarin).
291
Zaharli moddalar organizmga tushgach, odatda u yo bu darajada
neytlarlanadi, oksidlanadi va qaytarilib, boshqa moddalar bilan birikadi. Bir necha
moddalar organizmga kirganda ularning har birini ta’sirini
kuchaytirishi
(sinergistlar) yoki susaytirishi (antagonistlar) mumkin.
Masalan, uyqu dorilari va alkogol, bir xil eritmada qabul qilinganda bir
birini ta’sirini kuchaytirishi, kislotalar va ishqorlar bir birini ta’sirini susaytirishi
mumkin.
Zaharli moddalar organizmdan kirgandan keyin
birdaniga chiqarilishi
(qusish orqali, oshqozonini yuvish orqali) yoki chiqaruv organlari: buyrak (suvda
eruvchi va parlanmaydigan moddalar), jigar (margumush, narkotiklar, spirtlar),
o’pka ( gazsimon va uchuvchi moddalar), oshqozon shilliq pardasi orqali (morfin,
strixnin), ichaklar devori orqali (simob, margumush), so’lak bezlari (og’ir metal
tuzlari, pilokarpin, bertolet tuzi), ter orqali (fenol, galoidlar), ko’krak suti orqali
(morfin, alkogol, margumush) va boshqalar ajralishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: