13.4. O’yuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish
O’yuvchi moddalar ko’zga tashlanuvchi mahalliy ta’sir ko’rsatib, bu zaharli
modda tushgan joyda har xil darajadagi kimyoviy kuyish shaklida namoyon
bo’lishi hamda to’qimalarda to’laqonlikdan to nekrozgacha va hatto to’qimalarning
to’liq, emirilishi bilan xarakterlanadi. Bu moddalar mahalliy ta’sirdan tashqari
qonga so’rilgach modda almashinish jarayonlarining keskin buzilishi natijasida
umumiy ta’sir ham ko’rsatadi. O’yuvchi zaharli moddalarga kislotalar, ishqorlar,
formalin va fenol birikmalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |