Reja:
Ibob. Muammoni o‘rganish holati.
1.1 Maxsus pedagogik, defektologik va metodik adabiyotlarda muammoni yoritilishi.
1.2. Aqli zaif bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari
II bob. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini shakllantirish 2.1. Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ularni jamoaga moslashtirish yo‘llarini eksperimental o‘rganish xamda tahlil etish
2.2. Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar
Xulosa
Kirish
О‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim tо‘g‘risida"gi qonunida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek, maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich maktab konsepsiyalarida ta’lim tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq tamoyillarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish hamda bu boradagi islohotlarni quyi bosqichdan boshlash lozimligi alohida ta’kidlangan. Ta’lim tizimining samaradorligiga esa о‘qitishdagi ilg‘or usullarni aniqlash va maktabgacha yoshdagi bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlash muammosini tо‘g‘ri hal etish orqali erishish mumkin. Ayniqsa, aqli zaif bolalarni о‘qitishning samarali usullarini amaliyotga tadbiq etish soha mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalardan biri bо‘lib turibdi. Shunga bog‘liq ravishda aqli zaif bolalarning psixik rivojlanishini har tomonlama о‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Shu о‘rinda alohida qayd etish zarurki, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida kо‘plab ishlar amalga oshirilyapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. YA’ni zamon talabiga javob beradagan yuksak ma’naviyatli, bilimdon insonlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yо‘nalishiga aylanmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’ruzasida “Biz о‘z iste’dodli, fidoyi bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb chо‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak zero, sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”, - deb aytgan.
О‘zbekiston Respublikasi о‘z mustaqiligiga erishgach, mamlaktimizda alohida yordamga muhtoj bolalarga moddiy, tibbiy psixologik-pedagogik ijtimoiy yordam kо‘rsatish masalalariga e’tibor kuchaydi.
О‘zbekiston Respublikasining nogironlarga nisbatan olib boriladigan davlat siyosati “О‘zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanishi tо‘g‘risidagi” qonun 1991-yili bilan belgilandi. Bu qonun aholining mazkur guruhiga boshqa fuqorolar bilan teng asosda tо‘laqonli hayot kechirish, jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashish, shuningdek, о‘zining fuqorolik majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha tadbirlar tizimini kо‘zda tutadi.
Oilada farzand tug‘ilishi – baxt. Bu oilaning yanada mustahkam bо‘lishiga zamin degani. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishida nuqson kuzatilsa, ota-onalar о‘z farzandlarining xulqi hamda aqliy kamolotidagi kamchiliklar sabab tengdoshlaridan orqada qolayotganini kо‘rib bundan nihoyatda qayg‘uradilar.
Davlatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy hamda ijtimoiy yordam kafolatlangan bо‘lib, respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalar ulardagi nuqson turiga kо‘ra, toifalarga bо‘lgan holda ta’limga jalb etiladi. Shunday toifa bolalarning bir guruhini aqli zaif bolalar tashkil etadi. О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yо‘nalishlariga kо‘ra, respublikamizda 86 ta maxsus maktab va maktab-internatlar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalarning bir tarmog‘ini aqli zaif о‘quvchilar uchun mо‘ljallangan yordamchi maktablar, maktab-internatlar tashkil etadi. Aqli zaif bolalar yordamchi maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya olish bilan bir qatorda, maxsus dastur asosida kasbiy mehnat malakalarini ham egallab boradilar.
Afsuski, bu yaratilgan sharoitlardan qandaydir sabablarga kо‘ra hamma ham birdek foydalana olmayotganini aytib о‘tish joiz. Bolalarni maxsus ta’limga kech, katta yoshda jalb etilishi yoki umuman ta’lim bilan qamrab olinmasligi holatlarining uchrab turishi bugungi kunning muhim muammolaridandir. Imkoniyati cheklangan farzandlarini ta’limga jalb etish, ularni nuqsonlariga kо‘ra maxsus muassasalarga yо‘naltirish ota-onalar oldidagi mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Taassufki, alohida yordamga muhtoj farzandlari bor ota-onalarning hammasida ham nuqsonli bolani tarbiyalash uchun zaruriy savodxonlik yetarli emas. Zero, oilada aqliy jihatdan nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onalarning korreksion-pedagogik savodxonligini oshirish mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunda ham о‘z dolzarbligini yо‘qotmagan masalalardan sanaladi.
Yordamchi maktab tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ota-onalarning aksariyati oilada aqli zaif farzandlariga tarbiya berishning samarali usullarini yaxshi bilmaganliklari sababli, ular bolaga nihoyatda e’tiborlilik bilan qarab, g‘amxо‘rlik qiladilar. Bolani oilasi va о‘zi uchun zarur bо‘lgan va qо‘lidan keladigan vazifalardan ham ozod etishadi. Bunday ota-onalarni ayblash mumkin emas, ammo ularning rahmdilliklari bola uchun foyda keltirmaydi. Aksincha, haddan tashqari ezgulik mustaqillikka, murakkab hayot sharoitiga yetarli darajada moslashish qobiliyatidan mahrum qiladi.
Shu о‘rinda qayd etish kerakki, aqli zaif bolani oilada tо‘g‘ri, korreksion yо‘nalishda tarbiyalashni ota-onalarga о‘rgatish yordamchi maktablar zimmasidagi vazifalardan biri hisoblanadi. Aqli zaif bola yordamchi maktabda tahsil olar ekan, о‘z-о‘zidan oila va maktab hamkorligi yо‘lga qо‘yiladi. Bu hamkorlik aqliy jihatdan nuqsonli bolani tarbiyalayotgan ota-onalarning tibbiy, pedagogik, psixologik savodxonligini oshirishda qulay imkoniyatdir.
Respublikamizda aqli zaif bolasi bor ota-onalarning savodxonligini oshirish mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunda о‘z yechimini kutayotgan muammolardan ekan, jamoatchilik tashkilotlari, mahallalar, imkoniyati cheklangan, alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus muassasalar о‘z tashabbuslarini kо‘rsatishlari lozim deb hisoblaymiz. Mahallalarda, oilaviy shifoxonalarda ota-onalarga birlamchi korreksion-pedagogik kо‘nikmani berishda shifokor, defektolog, psixolog yordamini tashkil etish alohida yordamga muhtoj bolalarni ota-onalarining savodxonligini oshirishda zaruriy va muhim manba bо‘lib xizmat qiladi.
Aqli zaif bolalarni xayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ularni ijtimoiy-maishiy xayotga moslashtirib borish zarur. Shuning uchun xam kurs ishimizning mavzusini yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini shakllantirish deb oldik xamda ushbu mavzuni o‘rganib chiqishni o‘z oldimizga maqsad qilib oldik.
Tadqiqot maqsadi – Yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvi o‘rganish
Tadqiqotning vazifalari:
Aqli zaif bolalarning ijtimoiy-maishiy moslashuvini defektologik, pedagogik va metodik adabiyotlarni nazariy axamiyatini o‘rganish;
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotning maqsad va vazifalariga muvofiq quyidagi metodlardan foydalandik: tadqiqot mavzusiga oid pedagogik, defektologik va metodik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish;
Tadqiqotning obekti – Yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuv jarayoni.
Tadqiqot predmeti – Yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvi bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |