Bundan tashqari, ish vaqtida o’pka ventilyatsiyasining kuchayishiga sabab
qisqarayotgan muskullar proprioretseptorlaridan kelib chiquvchi afferent
impulsatsiyaga ham bog’liq. Oyoq muskullari
passiv harakatlanganda
kuzatiladigan giperventilyatsiya buning isboti bo'’ishi mumkin.
Ish davom etaversa, o’pka ventilyatsiyasini yuqori darajada saqlab turish
mexanizmi o’zgaradi. Endi chetdagi va markaziy xemoretseptorlarning
qo’zg’alishi nafas markaziga sezilarli ta’sir o’tkaza boshlaydi. Agar
bajarilayotgan ish uncha og’ir bo’lmasa, o’pka
ventilyatsiyasining oshishi
qonning gaz tarkibi deyarli bir me’yorda bo’lishini va kislota-asos muvozanat
saqlanishini ta’minlaydi. Tabiiyki, bu sharoitda qon aylanishi ham yetarli
darajada jadallashishi kerak.
Organizm bunga yurakning urish tezligini bir daqiqada 70 dan 150-200
gacha, sistolik hajmni 70 ml dan 200 ml gacha ko’paytirish yo’li bilan erishadi.
Natijada tinch holatda 4-5 litrga teng bo’lgan qonning minutlik hajmi 25-30
litrga yetadi. Ishlayotgan muskullarning
qon tomirlari kengayib, qon bilan
ta’minlanishi yaxshilanadi.
Ayni vaqtda qonning kislorod sig’imi ham ortadi, chunki zahiralardan
eritrotsitlarga boy qon tomirlarga o’tadi.
Ishlab turgan muskullarning kislorod bilan ta’minlanishini
yaxshilashda
to’qimalardagi oksigemoglobinning parchalanishini tezlashishi ham ahamiyatga
ega. Faol muskul to’qimasida kislorod miqdori keskin kamayadi, CO
2
va sut
kislota miqdori ortishi tufayli muhit pH kislotali tomonga suriladi, to’qimaning
harorati ko’tariladi. Bu o’zgarishlarning barchasi oksigemoglobinning
parchalanishini tezlashtiradi. Natijada jismoniy ish vaqtida kislorodni
o’zlashtirish koeffitsiyenti 30-40% dan 50-60% gacha ko’tariladi.
Agar bajarilayotgan ish juda og’ir bo’lsa, tashqi
nafas va qon aylanishi
qanchalik tezlashmasin, organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji to’la
qondirilmaydi. Kislorod qarzdorligi vujudga keladi. Shuning uchun ish
tugagandan keyin ham ma’lum vaqt davomida o’pka ventilyatsiyasi va qon
aylanishi yuqori darajada saqlanib qoladi. Bu
davrda organizm kislorodni
keragidan ko’proq o’zlashtirib, kislorod tanqisligini qoplaydi. Kislorodning
ortiqcha qismi ish vaqtida qonda to’planib qolgan sut kislotani oksidlanishi
uchun sarflanadi. Sut kislotaning bir qismidan dam olish vaqtida glyukoza qayta
sintezlanadi.
Doimo jismoniy ish bilan shug’ullanadigan odamlarda o’pkaning tiriklik
sig’imi ko’payadi. Tinch holatda nafas siyrak va chuqur bo’ladi,
qonning
kislorod va bufer sig’imi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: