NAFASNING BOSHQARILISHI
Nafasni boshqaruvchi murakkab mexanizmlar organizmning kislorodga
nisbatan o’zgaruvchan ehtiyojini to’la qondirishi kerak. Bundan tashqari, arterial
qonda karbonat angidridning doimiuy tarangligini saqlash (bu vazifani ham
asosan nafas tizimi bajaradi) kislotali-ishqoriy muvozanat uchun muhim.
Nafas minutlk ventilyatsiyani o’zgartirish yo’li bilan o’zgaruvchan sharoitga
moslashadi. Bunga nafas chuqurligini yoki tezligini, yohud har ikkala
ko’rsatkichni ayni bir vaqtda o’zgartirish bilan erishish mumkin. Nafasni
boshqaruvchi mexanizmlar moslashishni energiya sarfi nuqtai nazaridan tejamli
bo’lishini ta’minlashi zarur. Buning uchun nafas chuqurligi va tezligi o’rtasida
yaxshi nisbat saqlanishi kerak. Nafasning turli sharoitga moslashishi nafas
markazining faoliyati o’zgarishi natijasida yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |