Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

NAFAS MARKAZI
Uzunchoq miyaning kichik bir sohasi shikastlanganda ham hayvonning
nafasi to’xtashi XVIII arsda ma’lum bo’lgan edi. XIX asr oxirlarida
N.A.Mislavskiy uzunchoq miyaning ayrim nuqtalarini shikastlash va ta’sirlash
usullarini qo’llab, nafas markazining IV qorincha tubida joylashganini aniqladi.
Olim tajribalari natijasida bu markazning juftligi, har yarmi tananing o’z
yarmidagi nafas muskullarini boshqarishi, har qaysi nafas markazi nafas olish va
nafas chiqarishni boshqaruvchi qismlardan iborat ekanligi aniqlandi. Keyingi
vaqtlarda zamonaviy elektrofiziologik usullar yordamida o’tkazilgan tadqiqotlar
N.A.Mislavskiyning bu fikrini isbotladai.
Hozir uzunchoq miyada bir necha guruh nafas neyronlari borligi aniqlangan.
Ularning impuls yuzaga chiqarish faolligi nafas bosqichlariga bog’liq holda
o’zgaradi. Nafas olinganda impuls yuzaga chiqarish faolligi ortadigan inpirator
neyronlar va bu faollik nafas chiqarilganda oshadigan ekspirator neyronlar
tafovut qilinadi. Bundan tashqari, nafas bosqichlari almashganda (nafas olish
to’xtab, nafas chiqarish boshlanganda yoki nafas chiqarish to’xtab, nafas olish
boshlanganda) qo’zg’aladigan neyronlar ham bor.
Nafas neyronlarining deyarli hammasi ikkita yadrolar guruhida joylashgan.
Bu uzunchoq miyaning dorsal va ventral yadrolaridir. Yadrolarning dorsal
guruhini tashkil qiluvchi neyronlarning ko’p qismi inspirator neyronlar.
Ularning aksonlari diafragma nervini hosil qiluvchi motoneyronlarda (orqa
miyaning bo’yin segmentlarida) tugaydi.


Yadrolarning ventral guruhidagi nafas neyronlari inspirator va ekspirator
neyronlardan iborat. Ekspirator neyronlar asosan orqa miyaning ko’krak va bel
segmentlaridagi qovurg’alararo va qorin muskullari faoliyatini boshqaruvchi
motoneyronlarga bog’liq.
Nafasni boshqarishda ishtirok etadigan neyronlar Varoliy ko’prigida ham
bor. Bu neyronlar yig’indisi pnevmotaksis markaz, deb ataladi. Uning vazifasi
nafas 
bosqichlari
almashinishini 
ta’minlashdan 
iborat. 
Pnevmotaksis
markazning shikastlanishi nafas olish bosqichini juda cho’zib yuboradi, nafas
nihoyatda chuqurlashadi.
Nafas markazining faolligiga xemoretseptorlardan va nafas tizimining
mexanoretseptorlaridan keladigan afferent impulslar kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Bu impulslar nafas olish davomida inspirator neyronlar faolligining bir
me’yorda ortishini va nafas olish oxirida bu faollikning to’satdan tugashini
ta’minlaydi.
Xemoretseptorlardan keladigan impulslar qanchalik kuchli bo’lsa, inspirator
neyronlar qo’zg’alishi va nafas olish shunchalik tez rivojlanadi, Nafas olish
bosqichi nafas chiqarish bosqichiga shunchalik tez o’tadi. Natijada nafas olish
chuqurlashib, tezligi ortadi.
Nafas markazi neyronlariga avtomatiya, ya’ni o’z-o’zidan qo’zg’alish xos.
Ammo nafas markazining avtomatiyasi yurak avtomatiyasidan farq qiladi. Nafas
markazi neyronlari o’z-o’zidan qo’zg’alib turishi uchun, birinchidan, ular
o’rtasidagi aloqadorlik saqlangan bo’lishi lozim. Ikkinchidan, nafas
neyronlarining retseptorlarga aloqadorligi saqlangan holda, ularga afferent
impulslar kelib turishi kerak.
Demak, nafas markazi asosan uzunchoq miyada joylashgan va bir me’yorda
nafas olishni, shuningdek bu jarayonni o’zgaruvchan sharoitga moslashishini
ta’minlovchi neyronlar yig’indisidir. Nafas markazi o’z vazifasini orqa miyadagi
nafas muskullari faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlar orqali yuzaga
chiqaradi. Markaz faoliyati uchun periferik retseptorlardan kelib turadigan
afferent impulslarning ahamiyati katta.
Markaziy nerv tizimining yuqori qismlari nafas markazi faoliyatiga uzluksiz
ta’sir ko’rsatib turadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish