Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

O’PKADA GAZLAR DIFFUZIYASI
Alveola – alveolyar yo’llar devorining yarim sharsimon bo’rtig’i (43-rasm).
Diametri 150300 mkm. Odamning har bir o’pkasidagi alveolalar soni 400 mln
chamasida. Alveola devorining tashqi yuzasi kapillyarlar bilan qoplangan.
Kapillyarlar bilan qoplangan yuzaning umumiy sathi 90-100 m
2
. O’pka
kapillyarlaridagi qonni alveolalar ichidagi havodan aerogematik to’siq ajratib
turadi (44-rasm). Bu to’siq alveolalarning ichki yuzasini qoplagan surfaktant
qavatidan, alveolyar epiteliydan, ular ostidagi asosiy membranadan,
kapillyarlarning devoridagi asosiy membranadan va endotelial hujayralar
qavatidan iborat. Gazlar almashinuvi jarayonida ana shu 5 qavat to’siqdan va
eritrotsit membranasidan o’tishi kerak.
Kislorodni alveolyar havodan qonga, karbonat angidridni esa qondan
alveolyar havoga o’tishi faqay diffuziya yo’li bilan yuzaga chiqadi. Diffuziya
sodir bo’lishi uchun aerogematik to’siqning ikki tomonidagi gazlarning parsial
bosimida farq bo’lishi zarur.
Gazlar aralashmasining umumiy bosimidan shu aralashmani hosil qiluvchi
gazlarning har birini hissasiga to’g’ri keladigan qismi shu gazning parsial
bosimini tashkil qiladi. Aralashmaning umumiy bosimini va uning foiz


hisobidagi tarkibini bilsak, har qaysi gazning parsial bosimini hisoblash oson
bo’ladi.
Alveolyar havo kislorod, azot, karbonat angidrid va suv bug’idan iborat
aralashma. Uning umumiy bisimi 760 mm.s.u. ga teng bo’lib, shundan 47
mm.s.u. suv bug’iga to’g’ri keladi. Qolgan 713 mm.s.u. kislorod, azot va
karbonat angidridlar bosimi. Aralashmada bu gazlarning foiz nisbati 14,4; 5,6 va
80. Demak, alveolyar havodagi kislorodning parsial bosimi 713 mm ni 14,4%
ini, ya’ni 102 mm ni, karbonat angidridning parsial bosimi 713 mm ni 5,6% ini,
ya’ni 40 mm ni tashkil qiladi.
Aralashmadagi gazlar suyuqlikka duch kelganda, suyuqlikda gazlar o’z
parsial bosimiga bog’liq holda eriydi. Ma’lum vaqtdan keyin gaz aralashmasi va
suyuqlik o’rtasida dinamik muvozanat vujudga keladi; vaqt birligida suyuqlikka
o’tgan gaz miqdori undan chiqqan gaz miqdoriga tenglashadi. Bu sharoitda
suyuqlikdagi gazning parsial tarangligi shu gazlar aralashmasidagi parsial
bisimga teng bo’ladi.
Alveola va kapillyar devori bo’lmish aerogematik to’siqning bir tomonida
gazlar aralashmasi – alveolyar havo, ikkinchi tomonida suyuqlik – qon. Kislorod
va karbonat angidrid bu to’siqdan erigan holda diffuziya yo’li bilan o’tadi.
Kislorodning surfaktantda eruvchanligi yuqori bo’lganligi gaz diffuziyasini
yengillashtiradi. Diffuziyani gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi va
shu gazlarning qondagi parsial tarangligi o’rtasidagi farq ta’minlaydi.
Alveolyar havoda kislorodning parsial bosimi 102 mm.s.u va karbonat
angidridning parsial bosimi 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu gaz bilan
aerogematik to’siq orqalo o’zaro munasabatda bo’ladigan suyuqlik – venoz
qonda ham ma’lum miqdor kislorod va karbonat angidrid bor. Kislorodning bu
qondagi tarangligi 40 mm.s.u.ni tashkil qiladi. Karbonat angidridning tarangligi
esa 46 mm.s.u. ga teng (45-rasm).
Kislorodning alveolyar havodagi parsial bosimi va uning venoz qondagi
parsial tarangligi o’rtasidagi farq 60 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu kuch havodan
qonga qaratilgani uchun kislorodni alveola bbo’shlig’idan qonga haydaydi.
Karbonat angidridning parsial bosimi va parsial tarangligi o’rtasida ham 6
mm.s.u. ga teng farq bor. Ammo bu kuch qondan alveola bo’shlig’iga
qaratilgan. U karbonat angidridni qondan alveolyar havoga diffuziyasini
ta’minlaydi. Karbonat angidridning alveolyar membranada eruvchanligi yuqori
bo’lganidan bosimlar farqi oz bo’lsada, qon o’pka kapillyarlaridan o’tayotganda
butunlay diffuziyalanib bo’ladi.
Qon o’pka kapillyarlaridan o’rta hisobda 0,7 sekundda o’tadi. Shu vaqt
davomida gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi qondagi parsial
tarangligiga tenglashadi hamda kislorod uchun 100 mm.s.u. ni, karbonat
angidrid uchun 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish