Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


O’PKA VENTILYATSIYASI, HAJM VA SIG’IMLARI



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

O’PKA VENTILYATSIYASI, HAJM VA SIG’IMLARI
Vaqt birligida o’pkadan o’tayotgan havo miqdori – o’pka ventilyatsiyasi
nafas olishning chuqurligi va tezligiga bog’liq. Tashqi nafasning bu ikki
ko’rsatkichi ancha keng doirada o’zgarib turadi.
Tinch holatda katta yoshli odam 500 ml ga yaqin havoni nafasga oladi va
chiqaradi (42-rasm). Havoning bu hajmi nafas havosi, deb ataladi. Odatdagicha
nafas olingandan keyin yana qo’shimcha ravishda anchagina havo olinishi
mumkin. Bu hajm nafas olishninh qo’shimcha hajmi, deyiladi va 2000-2500 ml
ni tashkil qiladi.
Tinch nafas chiqarilgandan keyin yana qariyb 1500 ml havoni nafasdan
chiqarish mumkin. Bu hajm nafas chiqarishning qo’shimcha hajmi, deyiladi.
Qo’shimcha hajmlar mavjudligi zarur bo’lganda nafasning chuqurlashishiga
imkon beradi.
Nafas havosi, nafas olishning qo’shimcha hajmi va nafas chiqarishning
qo’shimcha hajmlari yig’indisi o’pkaning tiriklik sig’imini (O’TS) tashkil
qiladi. Uning hajmi taxminan 4000-4500 ml. Bu sig’imni birdan o’lchash
mumkin. Buning uchun odam atmosferadan iloji boricha chuqur nafas olib,
havoni o’pkasidan oxirigacha spirometrga chiqarishi kerak.
O’pkaning tiriklik sig’imi o’pka va ko’krak qafasining kengayish qobiliyati
ko’rsatkichi hisoblanadi. Ko’rsatkich miqdori o’zgaruvchan bo’lib, odamning
yoshi, jinsi, tananing katta-kichikligi, fazodagi holati va jismoniy ish bajarishga
moslashishga bog’liq. O’TS odamning yoshi 40 dan oshgandan keyin sezilarli
darajada kamayadi. Ayollarda O’TS erkaklardagi ko’rsatkichdan 25% kam.
Odam tik turganda O’TS yotgandagiga qaraganda ko’proq. Mashq qilganlarda
O’TS jismoniy ish bilan shug’ullanmaganlarnikidan ko’proq bo’ladi.


Oxirigacha nafas chiqarilgandan keyin ham o’pkada 1000-1500 ml havo
qoladi. U qoldiq havo deb ataladi.
Funksional qoldiq sig’im ham tafovut qilinadi. Bu sig’im tinch nafas
chiqarilgandan keyin o’pkada qolgan havo hajmini ko’rsatadi. Funksional qoldiq
sig’imning fiziologik ahamiyati alveolyar havoning gaz tarkibida nafas olib,
nafas chiqarishga bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni maromlab turishda. Atmosfera
havosi alveolalarga bevosita kirib-chiqqanda, alveola havosi tarkibidagi O
2
va
CO
2
miqdori nafas bosqichlariga bog’liq holda keskin o’zgarib turadi. Tinch
holatda nafas hajmi (500 ml) funksional qoldiq sig’imdan bir necha marta kam.
Kislorodga boy, karbonat angidridi kam bo’lgan oz miqdordagi nafas havosi
anchagina katta bo’lgan funksional qoldiq sig’im bilan aralashganda, alveolyar
havo tarkibi uncha o’zgarmaydi. Alveolyar havo bilan qon o’rtasida gazlar
almashinuvi mo’tadil bo’lishi uchun buning ahamiyati katta. Tiriklik sig’imi va
qoldiq havo yig’indisi o’pkaning umumiy sig’imini tashkil qiladi va u 5500-
6000 ml.
O’pkaning tiriklik sig’imini, uni tashkil qiluvchi nafas havosini va nafas olish
hamda nafas chiqarishning qo’shimcha hajmlarini spirometr yordamida bevosita
aniqlash, spirograf yordamida qog’ozga yozib olish mumkin.
Qoldiq havoni, o’pkaning funksional qoldiq sig’imini bevosita o’lchab
bo’lmaydi. Ular odatda inert gazlar yordamida vositali yo’l bilan aniqlanadi.
Katta yoshdagi odam tinch holatda bir daqiqada 16-20 marta nafas oladi.
Nafas hajmi 500 ml ga teng bo’lsa, o’pkadan shu vaqt ichida 8-10 litr havo
o’tadi yoki o’pka ventilyatsiyasi 8-10 litrga teng bo’ladi. Ammo o’pka
ventilyatsiyasining hajmi nafas olishning qanchalik samarali ekanligi to’g’risida
axborot bermaydi. Buni quyidagi misol bilan ko’rsatish mumkin. Kimdir nafas
hajmi 300 ml bo’lgan holda 1 daqiqada 20 marta nafas oladi. O’pkaning
ventilyatsiyasi 6000 ml bo’ladi. Boshqa bir odam 1 daqiqada 10 marta nafas
oladi, uning nafas hajmi 600 ml. Bu odamning o’pka ventilyatsiyasi hajmi ham
6000 ml. Ammo ikkinchi shaxsning nafasi opkada gazlar almashinuvini
e’tiborga olganda samaraliroq. Gap shundaki, nafasga olingan havoning bir
qismi alveolalarga yetib bormay, zararli bo’shliqda qoladi. Zararli bo’shliq
hajmi taxminan 140 ml. Demak, birinchi shaxs nafasga olingan 300 ml havodan
alveolalarga 160 ml, ikkinchisining alveolalariga 460 ml (600 ml - 140 ml = 460
ml) havo yetib boradi. Ularning alveolyar ventilyatsiyasi (bir daqiqada
alveolalardan o’tgan havoninhg hajmi) quyidagicha bo’ladi:
Birinchi shaxsniki – 160 ml x 20 = 3200 ml,
Ikkinchi shaxsniki – 460 ml x 10 = 4600 ml.
Misoldan ko’rinib turibdiki, siyrak, lekin chuqur nafas olish ancha samarali.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish