137
o„zimni butkul ezgu uy, ezgu so„z va ezgu amallarga
baxshida etaman,
Barcha qabih uy, yomon so„z va yomon ishlardan tiyaman,
YUkunchim, maqtovim, ezgu fikrim,
Ezgu so„z (savobli) ezgu ishlarim
“tanamdagi jonim” bilan birga
sidqi dildan Sizlarga (baxshida) bo„lsin,
ey o„lim bilmas Valiylar.
haqni sharaflab (deyman):
“haqiqat – Oliy ne‟mat. Bu ne‟matdan ul kishi
bahramandkim, savob unga bo„lgay,
kim agar xaq yo„lida savob (ishdan) qolmasa,
savob ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa”
―Avesto‖ dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‗liq ekanligi diqqatga sazovor. Undagi
ezgulik ruhi –
yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, YOvuzlik esa, buzish va buzg‗unchilik kuchi
tarzida namoyon bo‗ladi.
Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni inson, hayvonot va nabotot bilan
boyitadi, inson ularni sog‗lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go‗zallik,
farovonlik
yordamida munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi yovuzlik esa, qo‗rg‗oqchilik, ocharchilik,
kasallik, mollar qirg‗inini, jisman va ruhan halokat singari halokalarni keltirib chiqaradi.
―Avesto‖da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari bilan
yashagan odam o‗lgandan so‗ng uning ruhi rohat-farog‗atda bo‗lishi, gunohkor, fosih kishiniki
esa aksincha: azob-uqubat hamda xunuklik komiga mahkum etilishi aytiladi. Buni professor
Tilab Maxmudov o‗zining
―Avesto‖ haqida‖ degan katta maqolasida atroflicha yoritadi: solih odam o‗lgach, ruhining joni
uch kun uning boshida zavq-shavq, rohat-farog‗at og‗ushida turadi, keyin xushbo‗y o‗simliklar
yuziga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. SHabada qo‗ynida 15
yoshar barcha go‗zallikdan ham go‗zal qiz namoyon bo‗ladi. Bu go‗zal
qiz ezgulik va poklik,
savob ishlarning timsoli. U ruhga qarata: ―Muloyim edim, yanada muloyimroq qilding, chiroyli
edim yanada go‗zal qilding, balandda edim, ezgu o‗y, ezgu so‗z va ezgu a‘mol bilan meni
yanada balandga ko‗tarding‖ – deydi. Gunoxkor, yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uch kun
qolib, tengsiz azoblarni boshidan kechiradi. Uch kundan so‗ng u o‗zi yaratgan barcha
yovuzliklar ustida parvoz qiladi. So‗ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha
xunukliklardan ham xunukroq qizni uchratdi, ―Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor –
deydi qiz, - men qiz emasman sening tiriklik paytingda qilgan a‘mollaringman. Sen tirikligingda
Xudoga e‘tiqod qilganlarni ko‗ra – bila turib, devlarga sig‗ingansan. YAqin – uzoqdan kelgan
musofirlarga
bosh pana berganingda, mehnat qildirganingda xayr-sadaqa ulashganingda, ularni
kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ularning yuziga eshigingni yopib
qo‗ygansan. Men – sen o‗ylagan yomon o‗y, sen aytgan yomon so‗z, sen qilgan yomon
a‘mollaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yo‗qotdim, jirkanch edim,
yanada
jirkanchli bo‗ldim, sharmanda edim, battaroq sharmisor bo‗ldim‖. Bu erda ruh va vujud
muammosi ifoda topganini ilg‗ab olish qiyin emas. Zero ―Avecro‖da jon-rux tushunchasi o‗ta
ilohilashtirilmaydi, ma‘lum ma‘noda ―dunyoviy‖lashtipiladi va o‗z erasi bilan muloqot qiluvchi
vijdon sifatida namoyon bo‗ladi.
SHuni aloxida ta‘kidlash joizki, ―Avesto‖da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni
paytda eru ko‗kdagi barcha ne‘matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas burchi
hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigienik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga
ko‗tariladi: suvni, atrof-myhitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‗tkir
suyak yoki
qaynoq ovqat bermaslik - ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‗lishi kerak.
Bularning hammasi ―Avesto‖da ekologik axloqshunoslikning dastlabki kurtaklari ham
mavjudligini ko‗rsatadi. Bu muqaddas kitobdagi turli tuman ma‘budlar, bizning
tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan, temirchilikning piri - hazrati Dovud v.h). Iloh esa-
138
bitta: Axura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavhidni targ‗ib
etishda ham birinchilik ―Avesto‖ga mansub. ―Avesto‖dagi ba‘zi bir urf-odatlar va irimlarning
hozirgi kunda ham saqlanib qolganini ko‗rishimiz mumkin. Isiriq tutatish,
qurbonliq uchun
so‗yilgan jon kallasini davradagi o‗tag‗asilar oldiga qo‗yish odatlari xamda sevimli Navro‗z
bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas, ―Avesto‖ yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning
axloqiy estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizninig o‗ziga xos majmui sifatida qimmatlidir.
Qadimgi SHarq axloqshunosligida Qadimgi Xindiston axlokiy tafakkuri alohida o‗ringa
zga. U tarixan vedachilik, yoga, jaynchilik, buddhachilik, ―Bxagavadgita‖ va ―Artxashastra‖
xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan. Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini
to‗rt tabaqa - varnaga bo‗ladi; braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar
(dexqonlar, kosiblar), shchudralar (qullar). Mashhur ―Manu qonunlari‖da yozilishicha,
brahmanning mashg‗uloti - ta‘lim berish, Vedani o‗rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va
tuhfalar olish, kshatariylar fuqarolarni qo‗riqlaydilar,
vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‗rlik va
dexqonchilik bilan shug‗yllanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi.
―Xotin, o‗g‗il va qul - uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo‗lsa, o‗shaning
qo‗lga kiritgan mulkidir‖ – deyiladi ―Manu qonunlari‖da. Vedachilik axloqiga ko‗ra, braxmanlar
tug‗ma axloqiy yuksak odamlar, shchudralar esa tug‗ma-tuban axloq egalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: