“AVESTO” MUHIM TARIXIY MANBA
REJA:
Kirish
“Avesto” tarixiy manba sifatida
«Avesto»da inson va uning ma’naviyati masalalari.
Moniylik va mazdakizm ta’limotlarida ma’naviyat masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
“Avesto” – muqaddas kitobi
Vatanimiz hududida yashab kelayotgan xalqlar dunyoning eng qadimiy madaniyatiga ega bo`lgan xalqlardan biri ekanligini tarixda “Avesto” nomi bilan ma’lum bo`lgan muqaddas kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik, ya’ni otashparastlik, zoroastrizm dinidir. “Avesto” ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda Markaziy Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy halqlar, fors-tojik, ozarbayjon, afg`on va boshqa xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o`z aksini topgan. Manbalarda “Avesto” kitobining muallifi Zardusht bo`lganligi qayd etiladi. U hayotda yashab o`tgan tarixiy shaxs. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” oynomasining 1992 yil 11-12 (23-24) sonlarida chop etilgan “Zardushtiylik haqida haqiqat” maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589-512 yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o`tganligini yozadi. Olimlarning ta’kidlashiga, Zardusht Spitoma Markaziy Osiyo hududida faoliyati ko`rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo`lgan. Zardusht 40 yoshga yetganda o`zigacha bo`lgan ko`p xudolilik diniy aqidalariga hamda tabiat hodisalariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi diniy kitob “Avesto”ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg`ambari sifatida tan olgan va e’tirof etilgan. Olim E.Brezinning fikricha, zardushtiylik dini “Xind-Eron qabilasi dinidan kelib chiqqan”- deb aytgan. Olimlarning katta bir guruhi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da yakkayu yagona xudo – Oxuromazda yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan.
“Avesto” kitobida Yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o`ralganligi, nomlari keltirilgan mamlakatlardja xudo Oxuramazda ezgulik qonunlari Zardusht orqali vahiy qilganligi haqida yozilgan.
“Avesto” tarixiy manba sifatida
Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o`zi bizgacha yetib kelmagan. Zardusht yashagan davrda kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana berdi. Ko`chmanchilikkka asoslangan Markaziy Osiyo, sug`orioladigan dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, qishloqlar paydo bo`la boshladi.
Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to`plami “Avesto” Iskandar Zulkarnayn hokimiyati inqirozga yuz tutgach, milodimizdan burungi 250 yillarda, arshoxiylar davrida yana tiklana boshlagan va yangi matnlar bilan to`ldirilgan. “Avesto”ning 3 ta kitobi qadimgi tilda va bittasi pahlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob “Videvdat”, ya’ni devlarga qarshi qonun deb ataladi. “Yesin va Visparad” ni qo`shganda u “Videvat” – “Sade” deb ham yuritiladi. Ikkinchi kitob “Yosin” bo`lib, Zardusht hat nomalari uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo`lib, Oxuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar bor. Diniy sohada ezgulikni qaror toptirish ruhi bilan yovuzlik ruhi o`rtasida keskin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik ruhi bo`lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzliklarga boshlayveradi. Imonli-e’tiqodli odam albatta ezgulik, yaxshilik sari intiladi. Yovuz ruhlar – dev, pari, iblis va boshqa gunohlar, adashishlar, yolg`onlar, kasalliklar timsoli sifatida muhim o`rin tutadi. Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o`zini chetga olishga da’vat etadi.
“Avesto”da shaxsning ahloqiy xislatlari, haqgo`ylik, adolatlik ulug`lanadi. Bunday ezgu sifatlariga Oxuramazdaning o`zi ham ega bo`lib, u shu bilan birga ezgulikka zid bo`lgan yovuzlikka murasasiz dushmandir. Asarda Oxuramazda tilidan bunday deyiladi:
“Men borliqni Qo`riqchisiman
nomdir menga tag`in Himoyat
yana bir nom bilguvchilikdir
voqiflikdir yana bir tarzim,
mening nomim Haqgo`ylik erur
mening nomim Asraguvchidir”
“Avesto” kitobida materialistik dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bulg`ash, ifloslantirish eng og`ir gunohlar qatoriga qo`shiladi. Bashoratlarning birida: “Bug`doy o`stirila boshlasa, devlarni ter bosadi, sovrilgan bug`doy tayyor bo`lsa, devlar zaiflashib qoladi. Un tayyor bo`lgach, devlar nolayu fig`on chekishadi. Devlarni mag`lub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo`lishi lozim. Bu ovqatni odam yegandan so`ng, devlar juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi”.
Oxuramazda qonunlari quruq va bo`z yerlarni o`zlashtirish, uni jamoa o`rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan biri bo`lib hisoblangan.
Zardushtiylik o`gitlarda ona zaminga, dehqonchilikka, xunarmandchilik, chorvachilik, vatan va xalqqa ulug` muhabbat ruhi markaziy o`rinni egallaydi. Buni biz zardushtiylikning Navro`z, Ro`za, Mehr va boshqa barcha marosimlarida ochiq-oydin ko`ramiz va bir qarashda oddiygina ko`rinadigan bu so`zlarda juda katta falsafiy ma’nolar, tarbiyaviy o`gitlarborligiga amin bo`lamiz.
Bashoratdagi odam Ato haqidagi fikrlar o`ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda ta’kidlanishiga, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko`ra 900 yil yashaydi va u shu davrda odamlarni,hayvon va qushlarni parvarish qiladi, qizil shu’lali olovni ko`paytiradi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani yerga sanchib yerni kengaytirishni iltijo qilib, xudodan so`rab va erishadi. Oxuramazda Odam Atoga yerga sovuq ofat kelayotganini va uni olish lozimligini aytadi. Iyim o`ziga bir uy qurib hayvonot va o`simlik zotlarining eng yaxshilardan bir juftdan olib, ularni saqlab qoladi. Shu tariqa Odam Ato tirik, tabiatni ofatdan saqlab qolishga erishadi.
Ammo Odam Ato o`z qilgan ishlaridan mag`rurlanib, xudo tomonidan taqiqlangan ne’mat qoramol go`shtidan iste’mol qilib qo`yadi. U xudoning qahriga uchrab, abadiylikdan judo qilinadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog`liq. olib borilgan 3000 yillik kurashlardan so`ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik, osoyishtalik va forovonlik yuzaga keladi. Yomonlik va yovuqlik kuchlari timsoli bo`lgan dev-Axriman yengiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim – kechirlishilari bo`yicha unga hisobot beradilar. Xudoni aldab bo`lmaydi.
“Avesto”ning uchinchi kitobi “Vasparad” deb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid pandu nasihatlar o`rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig`indisi bo`lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob “Bundaxash”, qadimiy Eron tili pahlaviy tilidan yozilgan. Zardushtnomalar sig`inishni qoralaydi va yakka xudolikka da’vat qiladi. Bu yakka xudolikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo`nalishi ko`p xudolikdan iborat bo`lgan mazdaniylik bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha ham Oxura, Mitra, Mazda va boshqa xudolar haqida fikrlar bo`lgan. Ammo u xudolar xuddi odamlardek hayot kechirishgan. Zardusht talqinidagi Xudo-Oxuramazda esa oliy ibtido bo`lgan, uning bola chaqalari yo`q. u hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo`lib, barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos solgan yakka xudolik dini Eronda Axmoniylar hokimiyat tepasiga kelib, ular Markaziy Osiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. “Kichik Avesto”da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib o`rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy xudolarni birlashtiruvchi bosh xudoga aylanib qoldi. Ahamoniylar Yunonistonni bosib olish uchun borgan urushlari hamda yunonlarning Eron va Turonni ishg`ol qilishlari oqibatida Oxuramazda Yunonistonda bosh xudo-Zevs, Zardusht esa Aflotun sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar zardushtiylikni o`z e’tiqodlariga bo`ysundirsalar, Iskandar Zulqarnayn bu dinni butunlay yo`q qilib tashlamoqchi bo`ldi, bu dinga oid kitoblarni butunlay yoqtirib yuboradi.
O`lkamiz arab xalifaligi qo`shinlari tomonidan fath etilib, islom dinning tarqalishi davrida ham zardushtiylik va uning muqaddas kitobi “Avesto” qattiq ta’qib ostiga olindi. Zardushtiylik Markaziy Osiyoda vujudga kelganligi va uning jahon madaniyatiga ko`rsatgan ijobiy ta’sirini inkor etib bo`lmaydi. “Avesto”ning bizgacha yetib kelganligi uchun eng avvalo ingliz va fransuz olimlaridan minnatdor bo`lishmiz kerak chunki, 1755 yilda fransuz olimi A.Dyupperon Hindistonga ilmiy safar qilib, ularning ibodatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishgan va “Avesto”ni fransuz tiliga tarjima qildi. “Avesto” G`arbiyyuvropa, Eron va Hindiston orqali bizga yetib kelganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga to`g`ri kelmaydi.
Beruniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya podshohi Vishtasp huzuriga kelib, “Avesto”ni unga tortiq qiladi. O`ng va so`l tomonlari kesilgan ko`ylak kiygan, yuziga parda tortilgan, qo`lida bir eski qog`ozni ko`kragiga mahkam bosganicha Zardusht kunduzgi uyqudan uyg`onib ketadi. Zardusht “Avesto” kitobini Vishtasp oldiga qo`ydi va xudoga iltijo qiladi. “Avesto” agar shu kitob haqiqatdan seniki bo`lsa, sen shu kitob bilan meni podshoh huzuriga yuborgan bo`lsang, meni misning zararidan saqlagin dedi. So`ng uning iltijosiga ko`ra, qizdirib eritilgan misni keltirildi, uni Zardushtning ko`kragiga va qorni ustiga qo`ydilar. Mis tanasi ustidan oqib tuklarga donachalar bo`lib, yopishdi, lekin kuydirmadi. Shu mahaldan e’tiboran Kavi Vistasp Zardusht e’tiqodini qabul qildi va o`ziga tobe o`lkalarga diniy bu e’tiqodni qabul qilishni buyurdi.
Tarixdan ma’lumki, zardushtiylik miloddan avvalgi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qariyb ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o`lkalardan diniy e’tiqod sifatida yashadi. Zardusht yashagan va “Avesto” kitobi yozilgan davrda Markaziy Osiyoda aholining asosiy qismi o`troq hayotga, dehqonchilik, xunarmandchilikka o`ta boshlagan,ko`chmanchi chorvachilikka e’tibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari Sug`diyona, Marg`iyona, Baqtriya, Parfiya, Xorazmning shakllanishi jarayoni kechayotgan pallasi edi. Vatanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlar uning taraqqiyoti yo`liga g`ov bo`layotgan mafkurani chigilashni, yangi jamiyat talablariga javob bera oladigan diniy islohiyatni amalga oshirishni talab etar edi. “Avesto”da ana shu islohiy talab o`z ifodasini topdi.
“Avesto” asarida patriarxal urug` jamoasi haqida, uning so`nggi qismi Videvdotda iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqidagi muammolar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to`g`risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Shunday qilib, “Avesto” miloddan avvalgi IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g`oyatda muhim ma’lumotlar beruvchi halqimizning merosi, ma’naviy boyligidir.
Uning uch o`g`il va bir qizi bo`lgan. Imonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholigining markaziy Nisoya va Midiyaning eng katta shahri Raga kiritiladi. Foro tadqiqotchisi Kapadia fikricha, Zardushtning ilohiy faoliyati Vishpasp podsholigining poytaxti Balx shahri bilan bog`liqdir. U podshohlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg`ambariga aylanganligiga diqqat-e’tiborini qaratadi. Zardushtiylik bo`yicha ilgarigi ko`pxudolik dinidan rasm-odat bo`lib qolgan murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marhum suyaklarini maxsus ostadonlarga solib, ko`mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan. Bunday ostadonlar tadqiqotchi YU.A.Rapoportning ta’kidlashiga, asosan Markaziy Osiyo hududlari yer ostidan topilayotir, Eron hududida esa bitta-yarimta uchramoqda, xolos. Bu hol zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyo deb aytish uchun tarixiy asos bo`la oladi.
Zardusht yashagan davrda o`troq yashash turmush tarzining afzalliklarni ko`rsata bordi. Ana shu o`troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko`chmachilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini amalga yetkazish davrining asosiy muammosi bo`lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan oldin ko`ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, farovonlikka erishtirishning birdan-bir yo`li yakka xudolik vahdoniyatga o`tish, deb bildi va o`zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag`ishlab, yakka xudolik uchun olib borilgan urush (jihld)dafzi ham halok bo`ldi.
Kitobda poklanish, yovuzlikni qarg`ayotgan vaqtda tanani qanday maromda tutishlik, shayton-iblislarni haydashga qaratilgan harakatlar, gunohdan forig` bo`lishlik uchun quyidagi duo tavsiya qilinadi: “Ey, olamning xukmdori Oxuramazda! Men barcha gunohlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun senga so`z beraman, har qanday niyatlardan ya’ni yomon fikrlardan voz kechaman, men fikrlagan va gapirgan yoki qilmoqchi bo`lgan va qila boshlagan va qilgan hamma nojo`ya ishlarimdan voz kechaman, qilgan gunohlarimni keng karaming ila kechirgil, tanam va jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim”. Zardusht Oxuramazdadan o`z ahloqiy qonun-qoidalarini ma’lum qilishni so`raydi. Oxuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi-ezgulik va yovuzlik to`g`risida vahiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bu boshlang`ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo`lib, ular hayot va o`lim, osmon va jahannam ma’nolarini bildiradi. Jahannam Oxuramazda vahiysida “Hayotning eng yomon onlari”, osmon esa ruhning eng yuksak holati sifatida gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillilik hodisalar va ularning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo`lib, imonli kishilarning faolligi tufayligina bunga erishiladi, imonli kishilar Oxuramazda yuborgan qonun-qoidalar, tartibotlar, nasihat va o`gitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g`alabaga erishib boraveradi.Kitobda qayd etilishicha, olam qarama-qarshiliklar asosida qurilgan: jismoniy narsalarda yorug`lik bilan zulmat, jonli tabiatda hayot bilan o`lim, ma’naviy olamda ezgulik bilan yovuzlik, ijtimoiy hayotda odalatli qonunlar bilan qonunsiliklar o`rtasidagi doimiy qarama-qarshiliklar bor. Kitobning 30-bashoratida ta’kidlashicha, ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo`q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonidan ishtirok etishga majbur. Shu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim o`rin tutadi.
Imon-e’tiqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan farqlash imkonini beradi.
Yosinning 14-bashoratida xudo: “Men ezgu fikrlarni, ezgu so`zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman. Men mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni ulug`layman” - dedi. Bundan ko`rinadiki, zardushtiylik imoni uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odamlarni o`z istaklarida xolis bo`lib, bir-birlari bilan murosa qilib yashashni odam o`rtasida hasadgo`ylik, shuhratparastlik, qonunsiz ishlardan o`zlarini tiyib yurishlarini, bergan so`zlarining ustidan chiqishni, unga sodiq qolish, qarzni vaqtida to`lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo`lish imonlik alomatidir. Imonli odam o`g`rilik va talonchilikdan, o`z-o`ziga xiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o`zini saqlay biladigan komil insondir.
“Avesto”da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo`lsak, miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi choragida Markaziy Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi yetirilib, yangi, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonning guvohi bo`lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |