2. Ma‟ruzaning texnologik kartasi
Ish
bosqishlari va
vaqti.
Ta‘lim beruvshi
Ta‘lim oluvshilar
Tayyorgarlik
bosqishi
(5 daqiqa)
1.Mavzu bo‘yisha o‘quv mazmunini tayyorlash.
2. Ma‘ruzasi ushun taqdimot slaydalarini tayyorlash
3. Fanni o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar
ro‘yhatini ishlab shiqish
1. Mavzuga
kirish
(10 daqiqa)
1. Mavzu maqsadi va vazifasi bilan tanishtiradi
2. Mavzu bo‘yisha savollar beradi.
Tinglaydilar
Talabalar savollarga
javob beradilar
2 – asosiy
bosqish
(55 daqiqa)
1. Mavzuni tushuntirib beradi, slaydalar namoyish
qilish
2. Ko‘rgazmali plakatlardan foydalanadi
Tinglaydilar
Tinglaydilar
7-
Yakuniy
bosqish
(10 daqiqa)
1. Yakunlovchi xulosa qiladi
2. Mustaqil ish beradi
3. Uyga vazifa beradi
Tinglaydi
Yozib oladi
Yozib oladi
Axloqshunoslik
bir necha ming yillik tarixga ega bo‗lgan qadimiy fan. U bizda ―Ilmi
ravish‖, ―Ilmi axloq‖; ―Axloq.‖, ―Odobnoma‖ singari nomlar bilan atab kelinran. Ovro‗poda esa
―Etika‖ nomi bilan mashhur, biz xam yaqin-yaqingacha shu atamani qo‗llar edik. Uni birinchi
bo‗lib, yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch
rupuhra bo‗ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi rupuhra u falsafa, matematika va fizikani;
Ikkinchi rupuhra - etika va siyosatni; uchinchi rupuhra esa - san‘at, hunarmandchilik va amaliy
fanlarni kiritadi. SHunday qilib, kadimgi yunonlar axloq xaqidagi ta‘limotni fan darajasiga
ko‗targanlar va ―Etika‖ deb ataganlar.Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai
nazaridan ―Axloqshunoslik‖ deb atashni maqsadra muvofiq deb o‗ylaymiz. Axloqshunoslik
axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini
135
o‗pganadi. ―Axloq‖ so‗zi arabchadan-olingan bo‗lib, ―xulq‖ so‗zining ko‗plik shaklidir. ―Axloq‖
iborasi ikki xil ma‘noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob‘ektini anglatsa,
muayyan tushuncha sifatida inson fe‘l-atvori va xatti-xarakatining eng qamrovli qismini
bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatda olib, uni doira shaklida aks etgiradigan bo‗lsak,
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattapoq qismini hulq, eng qamrovli qismini axloq
egallaydi.
Odob
- inson xaqida yoqimli taassurot uyg‗otadigan, lekin jamoa, jamiyar va insoniyat
hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‗lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli
hatti-harakatlarni o‗z ichiga oladi.
Xulq
- oila, jamoa, mahalla - miqyosida ahamiyatli bo‗lgan, ammo jamiyat va insoniyat
hayotira sezilarli ta‘sir ko‗rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq
esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‗la oladigan ijobiy xatti-
harakatlar yig‗idisidir.
Bu fikrlarimizni misollar misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik metroda
yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‗tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi, chiqib,
unning ro‗parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: ―O‗tiring, otaxon!‖ deb joy bo‗shatsa, u
chiroyli a‘mol qilgan bo‗ladi, chetdan qarab turganlar unra ich-ichidan minnatdorchilik bildirib,
―Baraka topgur, odobli yigitcha ekan‖, deb qo‗yadi. Aksincha, talaba yo teckari qarab olsa, yoki
o‗zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‗shatmasa, g‗ashimiz keladi, ko‗nglimizdan: ―Buncha
beodob, surbet ekan!‖ degan fikr, o‗tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taaccurot uyg‗otadi. Lekin,
ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‗shatgani eki bo‗shatmagani oqibatida vagondagi
yo‗lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o‗zgarish po‗y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri
imkon boricha qo‗ni-ko‗shnilarning barcha ma‘rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‗lidan
kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‗ngil, ochiq qo‗l, doimo uz bilimini oshirib borishga
intiladi, tirishqoq oila a‘zolariga mehribon va h.q Unday odamni biz xushhulq inson deymiz va
unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‗lsa, u qo‗ni qo‗shnilar
bilan qo‗pol muomala qilsa, to‗y-ma‘rakalarda janjal ko‗tarsa, sal gapga o‗dag‗aylab, musht
o‗qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning
badxulqliligidan oilasi, ba‘zi shaxslar jabr ko‗radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin
xatti-harakatlar
jamiyat ijtimoiy hayotiga
yoki insoniyat tarixiga biror ta‘sir
o‗tkazmaydi.Axloqqa kelsa, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik bir tuman yoxud viloyat
prokurori o‗zi mas‘ul hududda qonun ustuvorlirini, adolat qapop topishini ko‗zlab ish yuritadi,
lozim bo‗lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga
erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‗z kasbini e‘zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq
posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi, u – umpni millat, vatan va inson manfaatira
bag‗ishlagan yuksak axloq egasi; u, o‗zi yashayotgan, jamiyat uchun namuna bo‗laroq o‗sha
jamiyatning yanada taraqqiy topishira xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha. Qonun
himoyachisi bo‗la turib, o‗zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‗lida oqni qora, qorani oq deb
tursa, u axloqsizlik qilgan bo‗ladi: oddiy fuqaro nazdida boshqa kishi prokuror-amaldor emas,
balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‗onadi. va tasavvurning muntazam
kuchayib borishi esa, oxir-oqi6at o‗sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har
uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. CHunonchi, hozirgina misol
keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan yakka xukmronligi yo‗lida millionlab
begunoh insonlarni o‗limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitler, Pol Pot singari shaxslar orasida
farq bor: agar prokurorning axloqsizliri bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar
tuzum humdorlari xatti-harakatlari umum6ashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi. Bu o‗rinda
shuni alohida ta‘kidlash joizki, axloqiy tar6iya natijasida odoblilik-xushxuqlilikka, xushxulqlilik
- yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‗lga qo‗yilmagan joyda muayyan shaxs,
vaqti kelib, odobsizlikdan- badxulqlilikka, badxulqllidan - axloqsizlikka o‗tishi mumkin.
SHunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va
nisbiylikda o‗rganadi.
136
Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim mign yil avval dunyodagi
birinchi yozuv bo‗lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (SHumer)
alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma‘budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik
tarafdorlari bo‗lganlari uchun xam madx ztiladi. CHunonchi, yosh ma‘budi Utu axloqiy
me‘yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma‘buda Nanshe esa, ba‘zi matnlarda haqiqat
adolat va shafqat xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma‘budlar tomonidan.
o‗rnatilran. ―Me‖ deb atalran qonunlar ro‗yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr
to‗xtovsiz va uyg‗un bo‗lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan
birralikda – ―yolg‗on‖, ‖nifoq‖, ―gina‖, ―kudupat‖, ―qo‗rquv‖ tushunchalari xam o‗rin olgan.
SHuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning
ko‗pchiliri umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko‗tarilgan va SHarqda bir oz boshqacharoq
shaklda hozir qo‗llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa ―Gilgamesh‖ eposi
dostonlarida ko‗tarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |