Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   359
Bog'liq
falsafa

 
Lekin
keyingi oqimlapda, yoga, jaynchilik, ayniqsa, buddhachilik axloqshunosligida, 
axloqiy fazilatlar egasi bo‗lish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning 
shaxsni kamoloti bilan bog‗liq, degan fikr ilgari suriladi. Buddha ta‘limotiga ko‗ra, dunyo 
iztirobga to‗la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo‗lini topish. Naql 
qilinishicha, o‗z tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama 
kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‗radi. Xar bir kishini 
kasallik, qarillik va o‗lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo 
qiladi va to‗rt ezgu haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi.
Inson ham ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo‗ysundirilgan ravishda, 
cheklanadi, ya‘ni nisbiylamadi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruhning betiyiq 
erkin ixtiyori nafaqat boshqa insonlar va gupuhlap, balki nabotot, hayvonot olami, butun dunyo 
uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aqlga 
bo‗ysundirishning asosiy vositasi axloqdir. 
SHunday kilib, axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne‘mat. YA‘ni axloqning kelib 
chiqishi ilohiy manba‘dandir. Ana shu ilohiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish har bir 
insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu bois o‗z-o‗zini va iloji bo‗lsa, o‗zgalarni axloqiy 
tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Ixtiyor erkinliti tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu 
muammo kishida mas‘uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas‘uliyatni, o‗zgalar va o‗z 
vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xohlagan ishga qo‗l urishi mumkin - uni o‗z 
qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u fakat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni 
axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor 
etadi, axloqiy tanlov har bir xatti-xapakat, har bir qilmishning ibtido nuqtasi. 
Umuman, inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, 
tarixdan bir ta‘sirchan voqeani olib ko‗raylik. Bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski 
o‗zbek (turkiy), fors tillarida o‗lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Imoiddin Nasimiyning 
g‗azalini yod o‗qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab, hibsga oladilar. Yigit oldida ikki yo‗ldan 
birini tanlash turardi: yo piri Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‗lish yoki g‗azalni 
o‗zimniki, deb o‗limga tik borish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi yo‗lni tanlaydi. Qozi 
uning terisini shilishga buyuradi. Olomon tomoshabinlar yig‗iladi. SHu payt Nasimiy kelib 
qoladi. Voqeadan xabar topgan Nasimiy oldida ham endi tanlov turardi - tanlamaslikning iloji 
yo‗q edi. YO o‗zini oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo‗lidan qutqazishi va uning o‗rnini 
egallashi, yoki olomon orasidan sekin sirg‗alib chiqib ketib, shogirdining o‗limga mahkum 
etilishi evaziga o‗z jonini asrab qolishi kerak. Buyuk mutasavvif shoir birinchi yo‗lni tanlaydi, 
o‗zini jallod qo‗liga tutqazib, begunoh yigitni ozod etadi. Qozi Nasimiyning terisini shilishga 


139 
buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga qon sachraydi. SHunda qozi odamlarga, nari turinglar, 
bu kofirning tomchi qoni biror eringizga tegsa, o‗sha erni kesib tashlash kerak bo‗ladi, deydi. 
Qozi gapini tugatar-tutatmac, Tangri irodasi bilan bir tomchi qon sachrab kelib uning 
jimjalog‗iga tegadi. Olomon qozidan barmog‗ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozining 
oldida tanlov turardi: yo barmog‗ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi kerak, yoki 
gapidan qaytib, sharmisor bo‗lishi kerak. Qozi axloqiy nopok, qo‗rqoq va xudbin odam sifatida 
gapidan qaytadi. Nasimiy esa qiynoqqa mardonovor chidab, churq etmaydi, aksincha qozining 
ahvolini ko‗rib, istehzoli kuladi va co‗nggi g‗azalini yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati 
asrlardan-asrlarga o‗tdi, ne-ne shoirlarning she‘rlarida madh etildi, o‗zi esa insoniy poklik va 
yuksak axloqiylikning o‗lmas timsoli bo‗lib qoldi. Bir namuna sifatida buyuk turkman shoiri 
Maxtum qulining ―Savol-javob‖ she‘ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin : 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish