133
Masalan, «O`zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi
«O`zbekistonning mustaqil davlat deb e`lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e`tirof etilishi»
kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo`lgan hukmning (antitezisning)
xatoligini ko`rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo`lishiga qarab
apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va
antitezis ( - a ) o`rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud
emas», degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo`lgan «Materiya harakatsiz
mavjud», degan hukm olinadi.
Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va
undan ma`lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so`ngra bu natijalarning xatoligi
ko`rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz
mavjud», degan hukm chin bo`lsa, «Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr
(antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo`ladi. Bizga ma`lumki, moddiy predmetlar
tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o`zaro aloqasisiz) mavjud emas.
Demak, «Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz
mavjud emas», degan fikrning chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz`yunktsiyaning) bir a`zosi
bo`lib, uning chinligi boshqa a`zolarining (antitezisning) xatoligini ko`rsatish orqali asoslanadi.
Masalan, ―Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V
shaxs ham, S shaxs ham sodir etmagan‖ligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir
qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat`iy
sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo`yicha qurilgan.Ayiruvchi isbotlashda barcha
muqobil variantlar to`liq olingandagina xulosa chin bo`ladi,ya`ni tezis isbotlanadi.
Raddiya. Rad etish usullari.
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo`lgan fikrning xatoligini
ko`rsatishdan iborat bo`lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko`rinishi, deb hisoblash
mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo`lgan hukm), argumentlar
(tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstratsiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo`ladi.
Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya`ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs
qatnashchilaridan biri ma`lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi
unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, Munozarali masalalar bo`yicha olib boriladigan
bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy
analiz ham qilinadi.
8-mavzu.
Do'stlaringiz bilan baham: